12
lozim va bu metrologik xossalar davriy ravishda tekshirilib turiladi. O‘lchash amalida
o‘lchanayotgan kattalikning qiymati to‘g‘ri aniqlanishi aynan mana shu o‘lchash vositasining
to‘g‘ri tanlanishiga va ishlashiga bog‘liq.
O‘lchash vositalarining namoyondalari sifatida quyidagilarni keltirishimiz mumkin:
*
o‘lchovlar;
*
o‘lchash asboblari;
*
o‘lchash o‘zgartkichlari;
*
o‘lchash qurilmalari;
*
o‘lchash tizimlari.
O‘lchovlar - keng tarqalgan o‘lchash vositalaridan hisoblanadi.
O‘lchov deb, kattalikning aniq bir qiymatini hosil qiladigan, saqlaydigan o‘lchash vositasiga
aytiladi. Masalan, tarozi toshi, elektr qarshiligi, kondensatori va shu kabilarni o‘lchovlarga misol
qilib olishimiz mumkin.
O‘lchovlarning ham turlari va xillari ko‘p. Standart namunalar va namunaviy moddalar ham
o‘lchovlar turkumiga kiritilgan.