“Metrologiya, standartlashtirish va sertifikatlash asoslari”




Download 3,8 Mb.
Pdf ko'rish
bet8/230
Sana08.01.2024
Hajmi3,8 Mb.
#132465
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   230
Bog'liq
portal.guldu.uz-O`quv-uslubiy majmua

O‘lchash jarayoni - bu solishtirish eksperimentini o‘tkazish jarayonidir (solishtirish 
qanday usulda bo‘lmasin). 
O‘lchash usuli esa - bu fizik eksperimentning aniq ma‘lum struktura yordamida, o‘lchash 
vositalari yordamida va eksperiment o‘tkazishning aniq yo‘li, algoritmi yordamida bajarilishi, 
amalga oshirilishi usulidir. 
O‘lchash odatda o‘lchashdan ko‘zlangan maqsadni (izlanayotgan kattalikni) aniqlashdan 
boshlanadi, keyin esa shu kattalikning xarakterini analiz qilish asosida bevosita o‘lchash obekti 
(o‘lchanadigan kattalik) aniqlanadi. O‘lchash jaraeni yordamida esa shu o‘lchash obekti to‘g‘risida 
informatsiya hosil qilinadi va nihoyat ba‘zi matematik kayta ishlash yo‘li bilan o‘lchash maqsadi 
haqida yoki izlanayotgan kattalik haqida informatsiya (o‘lchash natijasi) olinadi. 
O‘lchash natijasi - o‘lchanayotgan kattalikning son qiymatini o‘lchash birligiga ko‘paytmasi 
tariqasida ifodalanadi. 
Xqn[x], bu erda X — o‘lchanadigan kattalik n — o‘lchanayotgan kattalikning kabul
kilingan o‘lchov birligidagi son kiymati; [x] — o‘lchash birligi 
O‘lchash jarayonini avtomatlashtirish munosabati bilan o‘lchash natijalari o‘tkazmasdan 
to‘g‘ridan-to‘g‘ri elektron hisoblash mashinalariga yoki avtomatik boshqarish tizimlariga berilishi 
mumkin. Shuning uchun, keyingi paytlarda, ayniqsa, kibernetika sohasidagi mutaxassislarda 
o‘lchash haqidagi tushuncha quyidagicha ta‘riflanadi. 
O‘lchash — bu izlanayotgan kattalik haqida informatsiya qabul qilish va o‘zgartirish 
jarayonidir. Bundan ko‘zda tutilgan maqsad shu o‘lchanayotgan kattalikning ishlatish, o‘zgartirish, 
uzatish yoki qayta ishlashlar uchun qulay formadagi ifodasini ishlab chiqishdir. 
O‘lchash fan va texnikaning qaysi sohasida ishlatilishiga qarab u aniq nomi bilan yuritiladi: 
elektrik, mexaniq, issiqlik, akustik va x.k.


10 
O‘lchanayotgan kattalikning sonli qiymatini topishning bir necha xil turlari (yo‘llari) 
mavjuddir. Quyida shu yo‘llar bilan tanishib chiqamiz. 

Download 3,8 Mb.
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   230




Download 3,8 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



“Metrologiya, standartlashtirish va sertifikatlash asoslari”

Download 3,8 Mb.
Pdf ko'rish