“Metrologiya, standartlashtirish va sertifikatlash asoslari”




Download 3,8 Mb.
Pdf ko'rish
bet6/230
Sana08.01.2024
Hajmi3,8 Mb.
#132465
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   230
Bog'liq
portal.guldu.uz-O`quv-uslubiy majmua

metrologiya — o‘lchovlar, ularning yagona birlikda bo‘lishini ta‘minlash usullari va vositalari 
hamda talab qilinadigan aniqlikka erishish yullari xaqidagi fan; 
yagona o‘lchov birligi — o‘lchashlarning natijalari qonunlashtirilgan birliklarda aks ettirilgan va 
xatoliklari berilgan ehtimollikda ma‘lum bo‘lgan o‘lchash holati; 
o‘lchash vositasi — o‘lchashlar uchun foydalaniladigan va normalangan metrologik xususiyatga 
ega bo‘lgan texnika vositasi; 
birlik etaloni — o‘lcham birligini boshqa o‘lchash vositalariga o‘tkazish maqsadida uni qayta hosil 
qilish va saqlash uchun mo‘ljallangan o‘lchash vositasi; 
davlat etaloni — vakolat berilgan milliy organning qarori bilan O‘zbekistan Respublikasi hududida 
o‘lchash birliligining o‘lchami sifatida e‘tirof etilgan etalon; 
metrologiya xizmati — davlat organlari va yuridik shaxslarning metrologiya xizmatlari tarmog‘i 
hamda ularning o‘lchovlar yagona birlikda bo‘lishini ta‘minlashga qaratilgan faoliyati
davlat metrologiya nazorati — metrologiya qoidalariga rioya etilishini tekshirish maqsadida 
davlat metrologiya xizmati organlari amalga oshiradigan faoliyat; 
o‘lchash vositalarini tekshiruvdan o‘tkazish — o‘lchash vositalarining belgilab quyilgan texnik 
talablarga muvofiqligini aniqlash va tasdiqlash maqsadida davlat metrologiya xizmati organlari 
(vakolat berilgan boshqa organlar, tashkilotlar) tomonidan bajariladigan operatsiyalar majmui
o‘lchashlarning bajarilish uslubiyatlarini metrologik attestatsiya qilish — o‘lchashlarni 
bajarish uslubiyatining unga qo‘yilgan metrologiya talablariga mosligini baholash hamda tasdiqlash 
maqsadida tadqiqot o‘tkazish; 
o‘lchashlarning bajarilish uslubiyati — operatsiyalar va qoidalar majmui bo‘lib, ularning 
bajarilishi xatolari ma‘lum bo‘lgan o‘lchash natijalarini olishni ta‘minlaydi; 
sinov vositalarini metrologik attestatsiya qilish — sinov vositalarining normalangan texnik 
tavsiflari texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlar talablariga muvofiqligini 
aniqlash; 
Qonunga kura, respublikada metrologiyaga oid faoliyatni davlat tomonidan boshqarishni 
metrologiya 
bo‘yicha 
milliy 
organ 
— 
O‘zbekistan 
standartlashtirish, 
metrologiya 
va 
sertifikatlashtirish agentligi («O‘zstandart») amalga oshiradi. 
«O‘zstandart» agentligi vakolatiga: 
metrologiya sohasida yagona davlat siyosatini amalga oshirish, metrologiyaga oid faoliyatni 
mintaqalararo va tarmoqlararo muvofiqlashtirish; 
milliy etalonlarni yaratish, tasdiqlash, saqlash va qo‘llab-quvvatlash hamda ularning xalqaro 
darajada solishtirilishini ta‘minlash qoidalarini belgilash; 
o‘lchash vositalari, usullari va natijalariga qo‘yiladigan umumiy metrologik talablarni aniqlash; 
davlat metrologiya tekshiruvi va nazoratini amalga oshirish; 
metrologiya masalalari bo‘yicha normativ-huquqiy hujjatlarni va normativ hujjatlarni qabul qilish, 
shu jumladan davlatning boshqa boshqaruv organlari bilan hamkorlikda qabul qilish;
metrologiya sohasida ilmiy va muhandis-texnik kadrlar tayyorlash
O‘zbekistan Respublikasining o‘lchovlarning yagona birlikda bo‘lishini ta‘minlash tizimi faoliyat 
olib borishi va rivojlanishini hamda uning halkaro o‘lchov tizimi va boshka mamlakatlarning 
o‘lchovlar tizimlari bilan uyg‘unlashuvini ta‘minlash; 



iste‘molchilar huquqlarini, fuqarolarning sog‘ligi va xavfsizligini, atrof-muhitni hamda davlat 
manfaatlarini notug‘ri o‘lchash natijalarining salbiy oqibatlaridan muhofaza qilishga doir chora-
tadbirlarni amalga oshirish kiradi. 
Quyidagilar davlat metrologiya tekshiruvi va nazoratining ob‘ektlari hisoblanadi: etalonlar;
o‘lchash vositalari;
sinov vositalari; 
moddalar va materiallar tarkibi hamda xossalarinint standart namunalari;
axborot-o‘lchash tizimlari;
o‘lchashlarni bajarish uslubiyatlari;
metrologiya normalari va qoidalarida nazarda tutilgan o‘zga ob‘ektlar. 
Davlat metrologiya nazorati: 
o‘lchash vositalarini tayyorlash, ta‘mirlash, ularning ijarasi bilan shug‘ullanish, ularni realizatsiya 
qilish, ularning holati va qo‘llanilishi (o‘lchamlar birliklari etalonlarini, moddalar va materiallar 
tarkibi hamda xossalarining standart namunalarini, o‘lchash tizimlarini qushgan holda); 
o‘lchashlarning bajarilish uslubiyatlarining qo‘llanilishi; 
belgilangan metrologiya normalari va qoidalariga rioya etilishi hamda akkreditatsiya qilingan
metrologiya xizmatlari, markazlari, laboratoriyalari faoliyati ustidan amalga oshiriladi. 
Qonunning 
metrologiya 
normalari 
va 
qoidalarini 
buzganlik 
uchun yuridik va jismoniy 
shaxslarning javobgarligi belgilangan. 

Download 3,8 Mb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   230




Download 3,8 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



“Metrologiya, standartlashtirish va sertifikatlash asoslari”

Download 3,8 Mb.
Pdf ko'rish