Fanning vazifalari - mamlakatda joriy etilgan milliy, mintaqaviy va xalqaro standartlarning bir
biriga uyg‘unlashganini tahlil qilishni, qishloq xo‘jalik mahsulotlarini etishtirish, saqlash, tashish
va qayta ishlashda samarali, kam chiqimli ekologik toza innovatsion texnologiyalarni tadbiq etishni,
standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish sohasida barcha ishlarni xalqaro miqyosda
uyg‘unlashtirish, me‘yorlash, o‘lchash va tekshirish usul va vositalarini belgilash, shu bilan bir
qatorda amalda qo‘llashni o‘rganishdan iborat.
Fan bo‘yicha talabalarning bilim, ko‘nikma va malakalariga quyidagi talablar qo‘yiladi. Talaba:
Qishloq xo‘jaligida standartlashtirishning maqsad va vazifalari, hamda tamoyillari;
standartlashtirish ob‘ektlari va usullari, standartlar ustidagi asosiy amallar to‘g‘risida
tasavvurga ega bo’lishi kerak;
sifat va raqobatbardoshlikni oshirishni;
o‘lchov vositalarining ish tamoyillarini bilishi va ulardan to’g’ri foydalana olishi;
qishloq xo‘jalik mahsulotlari sifatiga qo‘yiladigan asosiy talablar;
etishtirishda mahsulot sifatini oshirish va unga ta‘sir etuvchi omillar;
qayta ishlashda mahsulotlarning sifati, raqobatbardoshligi va eksportbopligi to‘g‘risida;
sifat va eksport jarayonini uyg‘unlashtirish yuzasidan ko’nikmalarga ega bo’lishi kerak.
5
Reja: 1.Fanning maqsadi va vazifalari.
2. Metrologiyaning qisqa tarixi, asosiy atama va tushunchalari.
3. O‘zbekiston Respublikasining «Metrologiya tug‘risida»gi Qonuni.