|
“Metrologiya, standartlashtirish va sertifikatlash asoslari”Bog'liq portal.guldu.uz-O`quv-uslubiy majmuaTayanch
so‘z
va iboralar: standartlashtirish, standarlashtirish ob‘ekti, millliy standart,
standartlashtirish tamoyillari, standartlashtirish usullari.
1.Standartlashtirish — aniq, soxada tartibga solishning optimal darajasiga real mavjud yoki
potentsial vazifalarga nisbatan umumiy yoki takror-takror foydalanish uchun kridalarni urnatish
vositasida erishishga yunaltirilgan faoliyat bulib, bu faoliyat xilma-xillikni boshqarish yoki
birxillashtirish,
bir-biriga
moslashtirish, o‘zaro alma- shishni ta‘minlash, sog‘liqni saqlash,
xavfsizlikni ta‘minlash, atrof-muxitni muhofaza kilish, mahsulotni ximoya kilish, xam fikrlikka
erishish, iqdisodiy ko‘rsatkichlarni yaxshilash, savdo-sotiqni rivojlantirish maqsadlarini ko‘zda
tutadi.
Standartlashtirishning muxim tomoni, uning ommaviyligi, keng qamrovligi va istiqbolligidadir.
Standartlashtirishga mahsulotlar, jarayonlar va xizmatlarga texnik talablarni ixtiyoriy yoki
tasodifiy o‘rnatish faoliyati sifatida emas, aksincha, nafaqat bugungi kunda mavjud fan va texnika
darajasini inobatga olib, balki istiqboldagi rivojlanish xolatini ham inobatga olgan holda optimal
talablarni ishlab chikish va tanlash faoliyati sifatida qarash kerak.
«Metrologiya,
standartlashtirish va sertifikatlashtirish» fanini o‘qitishdan maksad
talabalarda iqtisodiyotimizning texnika-texnologiya, menejment va marketing sohalaridagi ishlab
chiqarish, savdo, nazorat va iste‘mol bilan bog‘liq bo‘lgan turli metrologik, standartlashtirish, sifat
va sifat boshqaruvi, sertifikatlashtirish bo‘yicha masalalar bilan shug‘ullanish xamda me‘yoriy
xujjatlar va standartlar bilan ishlash borasida yo‘nalish profiliga mos etarli bilim, ko‘nikma va
malakalarini shakllantirishdir.
Fanning vazifasi -talabalarga uzluksiz ta‘lim tizimida «Metrologiya, standartlashtirish va
sertifikatlashtirish» buyicha tayyorlashdan kelib chiqib, bunda standartlashtirish, metrologiya,
sertifikatlashtirish va sifatni boshqarish bo‘yicha nazariy, amaliy va me‘yoriy hujjatlar bo‘yicha
ma‘lumotlar o‘rganishdir. Bu borada asosiy masala kilib sifat masalasiga e‘tibor qaratiladi.
«Metrologiya, standartlashtirish va sertifikatlashtirish» fani xalq xo‘jaligi xamda sanoatning
barcha tarmoqlari uchun o‘ta zarur bulgan metrologiya, standartlashtirish, sertifikatlashtirish, sifat
tizimlari va sifat boshqaruvi masalalari xususida etarli va zarur ma‘lumotlarga ega bo‘lgan yuqori
sifatli kadrlarni tayyorlashda muhum o‘rin egallaydi. Shuning uchun ham standartlashtirish,
metrologiya, sertifikatlashtirish asoslarini bilish, sifat boshqaruvi bo‘yicha qoidalarni, talablarni,
me‘yoriy xujjat- larni bilish, uni o‘z mutaxassislik doirasida tushunish va amaliy qo‘llash texnika va
texnologiya soxalaridagi mutaxassislar uchun muhum omillardan biri bulib hisob- lanadi.
|
| |