Mexanik va elektromagnit tebranishlarning qiyosiy xarakteristikasi




Download 1,36 Mb.
Pdf ko'rish
bet4/51
Sana13.05.2024
Hajmi1,36 Mb.
#228484
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   51
davriy harakat 
deyiladi.

Harakati o‘rganilayotgan sistemada jismlar orasidagi o‘zaro ta’sir 


kuchlarini
ichki kuchlar
deyiladi. Sistemadagi jismlarga shu sistemadan 
tashqaridagi jismlarning ta’sir
kuchi tashqi kuchlar
deb ataladi.
Тebranma harakat qila oladigan sistema shunday bir vaziyatga egaki
u o‘z holicha bu vaziyatda qoldirilganda istalgancha uzoq vaqt davomida 
bo‘la oladi. Bu muvozanat vaziyatdir.
Sistema to‘g‘ri chiziq yoki yoy bo‘ylab harakatlanib, o‘zining 
muvozanat vaziyatidan goh bir tomonga, goh qarama-qarshi tomonga 
chiqishidan iborat davriy harakat
tebranma harakat
yoki
tebranishlar
deyiladi.
Vaqt o’tishi bilan takrorlanuvchi harakat yoki fizik jarayonlar 
tebranish
lar deb ataladi. 
Тebranayotgan sistemaga ko‘rsatilayotgan ta’sirning xarakteriga qarab, 
tebranishlar 
erkin
(yoki 
xususiy
) va 
majburiy tebranishlar
ga bo‘linadi. Bir 
marta turtki berilgandan yoki muvozanat vaziyatidan chiqarilgandan so‘ng 


ichki kuchlar ta’sirida yuzaga keladigan tebranishlar erkin tebranishlar 
deyiladi. Bunga misol qilib ipga osib qo‘yilgan sharcha (mayatnik)ning 
tebranishini olish mumkin. Тebranishlar vujudga kelishi uchun sharchani turtib 
yuborish yoki uni muvozanat holatidan chetga chiqarib qo‘yib yuborish kifoya. 
Davriy ravishda o‘zgaruvchan tashqi kuchlarning ta’siri ostida bo‘ladigan 
tebranishlar majburiy tebranishlar deb ataladi. Bunga ichki yonuv dvigateli 
silindridagi porshenning tebranishlari, tikuv mashinasi ignasining va mokisining 
tebranishlari, ustidan odamlar tartibli qadam tashlab o‘tayotgan ko‘prikning 
tebranishlari misol bo‘la oladi. Тebranishlar fizik tabiati va murakkablik darajasi 
jihatidan mexanik, elektromagnit, elektromexanik va hokazo tebranishlarga 
bo‘linadi. Bu tebranishlarning hammasi umumiy qonuniyatlar asosida ro‘y 
beradi. Eng sodda tebranish bu garmonik tebranishdir. Garmonik tebranish 
shunday hodisaki, unda tebranuvchi kattalik (masalan, mayatnikning og‘ishi) 
vaqtga bog‘liq ravishda sinus yoki kosinus qonuni bo‘yicha o‘zgaradi. Bu 
turdagi tebranish quyidagi ikki sababga ko‘ra juda muhimdir: birinchidan
tabiatda va texnikada uchraydigan tebranishlar o‘z xarakteri bilan garmonik 
tebranishlarga yaqin; ikkinchidan, boshqacha ko‘rinishdagi (vaqtga qarab 
o‘zgaradigan) davriy tebranishlarni ustma-ust tushgan bir necha garmonik 
tebranishlar sifatida tasavvur qilish mumkin. Biz mexanik garmonik 
tebranishlar ustida to‘xtalib o‘tamiz.

Download 1,36 Mb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   51




Download 1,36 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Mexanik va elektromagnit tebranishlarning qiyosiy xarakteristikasi

Download 1,36 Mb.
Pdf ko'rish