• So‘nuvchi tebranishlar
  • Mexanik va elektromagnit tebranishlarning qiyosiy xarakteristikasi




    Download 1,36 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet6/51
    Sana13.05.2024
    Hajmi1,36 Mb.
    #228484
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   51
    so`nuvchi
    tebranishlar
    deb ataladi.
    Har bir yangi davrda amplituda tobora kamayib boradi va
    ishqalanish kuchi qanchalik katta bo`lsa, amplituda shunchalik tez
    kamayadi.
    1.1-rasm. 
    1.1-rasmda so`nuvchi tebranish grafigi ko`rsatilgan. So`nuvchi
    tebranishlarni garmonik deb hisoblash mumkin emas, chunki
    garmonik tebranishlar uchun amplitudaning doimiyligi xarakterlidir.
    So‘nuvchi tebranishlar:
    Yuqorida ko‘rib o‘tilgan prujinali 
    mayatnikning yoki matematik mayatnikning erkin tebranishlari faqat
    ishqalanish bo‘lmagan taqdirdagina garmonik tebranishlar bo‘la oladi.
    Lekin real tebranuvchi sistemada hamma vaqt ishqalanish, aniqrog‘i
    qarshilik kuchlari mavjud.
    1.2-rasm 1.3-rasm 


    Masalan, mayatnik osib qo‘yilgan joydagi ishqalanish kuchi yoki sistema 
    tebranayotgan muhitning qarshilik kuchi shular jumlasidandir. Qarshilik 
    kuchlarini yengish uchun sistema ish bajaradi va tebranishlar energiyasining bir 
    qismini sarflaydi. Shuning uchun tebranish energiyasi tebranish jarayonida 
    kamayib boradi. Тebranish energiyasi amplituda kvadratiga to‘g‘ri proporsional 
    bo‘lgani uchun ((5) formulaga q.) tebranishlar amplitudasi ham tobora kamayib 
    boradi va energiya zaxirasi tugagach, tebranishlar butunlay to‘xtaydi. Bunday 
    tebranishlar 
    so‘nuvchi tebranish
    lar deb ataladi. 1.2- rasmda so‘nuvchi 
    tebranishlar uchun x siljishning t vaqtga bog‘liqlik grafigi tasvirlangan. Bunday 
    bog‘lanishni qumdonli mayatnik vositasida hosil qilish mumkin (1.3- rasm).
    Тeshigi juda tor bo‘lgan voronkani uzun ipga mayatnik singari osib, unga 
    quruq qum to‘ldiriladi va tebrantirib yuboriladi. Agar voronkaning ostidan 
    keng qog‘oz tasmani uning tebranishlariga perpendikular yo‘nalishda tortib 
    tekis harakatlantirilsa, voronkadan tushayotgan qum oqimi mayatnik 
    siljishining vaqtga bog‘liq o‘zgarishini grafik ravishda tasvirlovchi qum
    izini hosil qiladi. Muhitning qarshiligi qancha katta bo‘lsa, amplituda
    shuncha tez kamayadi va tebranishlar tez to‘xtaydi. Masalan, havoda
    mayatnik ancha uzoq vaqt davomida tebranishi mumkin, biroq o‘shancha
    energiya berilgan o‘sha mayatnikning o‘zi suv ichida bir-ikki martadan
    ortiq tebrana olmaydi. So‘nuvchi tebranishlarda tebranish amplitudasi
    vaqt o‘tishi bilan kamayib borishi sababli harakat to‘la takrorlanmaydi.
    Shuning uchun so‘nuvchi tebranishlar garmonik bo‘lmaydi, ular hatto
    davriy harakat ham bo‘lmaydi. Biroq energiyaning sarflanishi (so‘nish)
    juda sekinlik bilan amalga oshsa, bunday so‘nuvchi tebranishlarni biror
    taqribiylik bilan

    Download 1,36 Mb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   51




    Download 1,36 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Mexanik va elektromagnit tebranishlarning qiyosiy xarakteristikasi

    Download 1,36 Mb.
    Pdf ko'rish