Doimiy energiya manbalari tebranishlar davriga nisbatan juda qisqa
vaqt oraliqlarida ishlatiladi. Shu bilan birga, bu
energiya manbayidan kerakli
paytlardagina sistemaning o‘zi avtomatik tarzda foydalanadi.
Avtotebranuvchi sistemaga mayatnikli soat misol bo‘la oladi. Soatda
ko‘tarilgan yukning potensial energiyasi doimiy energiya manbayi bo‘ladi va
uni anker mexanizm yordamida ishga tushiriladi (2.9-rasm). Yuqoriga
ko‘tarilgan yuk qiya tishli xrapovikni aylantiradi.
Mayatnikning gorizontal
o‘qqa o‘rnatilgan yuqori uchiga ikki uchida ikkita chiqig‘i bo‘lgan yoysimon
𝑎 𝑏
planka o‘rnatilgan. Bu plankani anker deb ataladi. Anker yordamida
mayatnik xrapovikning aylanishini va unga biriktirilgan soat strelkalarining
yurishini boshqaradi. 2.9-rasmda tasvirlangan vaziyatda
xrapovikning tishi
ankerning b chiqig‘iga tiralib, uni yuqoriga ko‘taradi va mayatnikni chapga
itaradi. Mayatnik muvozanat vaziyatidan o‘tishi bilan b chiqiq xrapovikdan
bo‘shaydi va achiqiq xrapovik tishiga tiralib qoladi. Natijada mayatnik o‘ng
(qarama-qarshi) tomonga itariladi. Demak, mayatnik
bir tebranish davri
davomida manbadan ikki marta energiya oladi va shu bilan energiyaning
manbadan kelib turishini o‘zi boshqaradi. Тashqi davriy kuch ta’sirida yuzaga
keladigan majburiy tebranishlar bilan avtotebranishlar
orasidagi farq shundan
iboratki, agar majburiy tebranishlarning chastotasi tashqi kuch chastotasi bilan
bir xil, tebranishlar amplitudasi ana shu kuch amplitudasiga bog‘liq bo‘lsa,
avtotebranishlarning chastotasi va amplitudasi shu tebranuvchi sistemaning o‘z
xususiyatlariga bog‘liq bo‘ladi.