• Rezonans hodisasi
  • Mexanik va elektromagnit tebranishlarning qiyosiy xarakteristikasi




    Download 1,36 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet8/51
    Sana13.05.2024
    Hajmi1,36 Mb.
    #228484
    1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   51
    Rezonans hodisasi: 
    Agar 

    = 0
     
    bo‘lganda, ya’ni majbur etuvchi 
    kuchning qiymati o‘zgarmaganda (14.57) ifodadan 
    (14.59) 
    Kelib chiqadi.
    
     
    bo‘lsa, (14.57) ga asosan, amplituda nolga intiladi 
    (14.10-rasm) dan ko‘rinadiki, 

    ning biror oraliq qiymatida amplituda 
    maksimal qiymatga erishadi.
    K
    F
    m
    F
    A
    0
    2
    0
    0





    14.10-rasm. 
    Bu hodisa, ya’ni majbur etuvchi kuch chastotasining biror aniq qiymatida 
    majburiy tebranishlar amplitudasining keskin ortib ketishi 
    rezonans hodisasi
    deb ataladi. 
    Rezonans hodisasi amalga oshgan holdagi majbur etuvchi kuchning 
    chastotasini
    rezonans chastotasi
    deb, amplitudaning maksimal qiymatini
    esa 
    rezonans amplituda
    deb ataladi.
    Rezonans hodisasi ro‘y berganda (14.57) ifoda maksimal qiymatga erishadi,
    ammo bu holda mazkur ifodaning maxraji minimal qiymatga erishishi lozim. 
    Shuning uchun (14.57) ning maxrajidan 

    bo‘yicha hosila olib, uni nolga 
    tenglashtiraylik:
    yoki
    bundan
    (14.60) 
    Rezonans chatotasining bu qiymatini (14.57) qo‘ysak, rezonans amplituda 
    qiymatini topamiz: 
    (14.61) 
    0
    8
    2
    )
    (
    2
    2
    2
    2
    0









    0
    2
    )
    (
    2
    2
    2
    0







    2
    2
    0
    2







    p
    2
    2
    0
    0
    2





    m
    F
    А
    p


    Demak, rezonans chastota va rezonans amplituda 

    ga bog‘liq. 

    kamaygan sari 

    r
    ortib boradi va xususiy tebranishlar chastotasi (

    0
    ) ga 
    yaqinlashib boradi. 

    =0
    bo‘lganda esa rezonans amplitudaning qiymati cheksiz 
    katta bo‘lib ketadi. Real holatda rezonans amplituda chekli qiymatga ega 
    bo‘ladi, chunki real sharoitda 
    
    0
    bo‘ladi. 
    Majburiy tebranishlar amplitudasining majbur etuvchi kuch 
    chastotasiga bog‘liqligi [(192) formulaga q.] shunga olib keladiki, bunda
    𝜔
    chastota
    𝜔
    0
    chastotaga yaqinlashganda, ya‘ni 
    𝜔 → 𝜔
    0
    bo‘lganda,
    𝜔 
    0
    2

    𝜔
    2
    ayirma nolga intilib, 
    𝑥

    amplituda esa cheksiz katta (
    𝑥
    0
    → ∞)
    bo‘ladi. 
    Haqiqatda esa ishqalanish tufayli majburiy tebranishlar amplitudasi chekli 
    bo‘lib qoladi. 
    Sistemaning majburiy tebranishlari chastotasi xususiy tebranishlari 
    chastotasiga yaqinlashganda tebranishlar amplitudasining keskin ortib ketish 
    hodisasi rezonans deb ataladi.
    Rezonans ro‘y beradigan chastota rezonans 
    chastota deb ataladi. 
    Rezonans hodisasini quyidagi oddiy tajribada kuzatish mumkin.
    Тaxta reykaga turli uzunlikli mayatniklarni osib (2.7- rasm), ulardan birini, 
    masalan, 
    𝑑
    mayatnikni muvozanat vaziyatidan chetga
    chiqarib, reyka joylashgan tekislikka perpendikular tekislikda tebratib 
    yuboramiz. Bu tebranishlar reykaga uzatiladi va reyka d mayatnikning 
    tebranish chastotasiga teng chastota bilan boshqa mayatniklarga ta’sir
    etadi. Bunda uzunligi 
    𝑑
    mayatnikning uzunligiga teng bo‘lgan faqat 
    𝑎 
    mayatnikning kuchli tebranishini ko‘ramiz. Bu mayatniklar o‘zaro
    rezonansda bo‘ladi,
    𝑏
    va 
    𝑐
    mayatniklar juda kichik amplituda bilan 


    tebranadi, eng qisqa
    𝑒
    mayatnik esa deyarli tebranmaydi, bunga sabab 
    uning xususiy tebranishlar chastotasi
    𝑑
    mayatnikning chastotasidan katta 
    farq qiladi. Mexanik rezonansga AQSH da 
    1940 −
    yil
    7 −
    noyabrda 
    kuzatilgan hodisa ham yaqqol misol bo‘la oladi. Gap shundaki, Тakom 
    bo‘g‘ozi ustiga qurilgan Тakom osma ko‘prigidan o‘tib turgan avtomo- 
    billarning haydovchilari ajoyib hodisaning guvohi bo‘ldilar. Shamol ancha 
    sekin (taxminan
    17
    𝑚
    𝑠
    tezlik bilan) esib turganiga qaramay, ko‘prikning 
    qatnov qismi minutiga 
    36
    marta tebranib, tebranishlar amplitudasi 
    1,5 𝑚 
    ga 
    yetar edi. Ko‘prik orqali harakat to‘xtatilganiga qaramay, tebranishlar 
    amplitudasi ortib borar edi. Markaziy mahkamlagichlar yorilib ketdi, 
    shundan keyin ko‘prikning tebranishlari o‘z xarakterini o‘zgartirdi, ularning 
    amplitudasi keskin kattalashib, ko‘p o‘tmasdan ko‘prik buzilib, uning 
    parchalari Тakom bo‘g‘oziga qulab tushdi. Bunday hodisaning sababchisi — 
    ko‘prikda yuz bergan mexanik rezonans bo‘ldi. Uni shamol ta’sirida 
    ko‘prikdan davriy ajralayotgan havo uyurmalari vujudga keltirgan. Bu 
    uyurmalarning 
    ajralish 
    chastotasi 
    ko‘prikning 
    xususiy 
    tebranishlar 
    chastotalaridan biriga mos kelgan, shamol energiyasi ko‘prik tomonidan 
    effektiv yutilishi hisobiga tebranishlar amplitudasi keskin ortib, ulkan 
    qurilmaning fojiali buzilishiga olib kelgan. 2.8-rasmda tasvirlangan
    𝐼
    egri 
    chiziq majburiy tebranishlar amplitudasining davriy o‘zgarib turuvchi 
    majbur etuvchi kuchning chastotasiga bog‘liq holda qanday o‘zgarishini 
    ko‘rsatadi. Bunday egri chiziq rezonans egri chizig‘i deb ataladi. Rasmdan 
    ko‘rinadiki, majburiy tebranishlar chastotasi sistemaning xususiy tebranishlar
    chastotasiga teng bo‘lib qolganda amplituda eng katta qiymatga erishadi.
    Rasmda shunday amplituda
    𝐾
    nuqtaning ordinatasi bilan ko‘rsatilgan.
    Majbur etuvchi kuchning chastotasi rezonans chastotadan o‘ng tomonga
    yoki chap tomonga o‘zgarganda tebranishlarning amplitudasi kamayadi.
    Тebranuvchi sistemadagi ishqalanish rezonans hodisasiga sezilarli ta’sir 
    ko‘rsatadi. Ishqalanish qancha ko‘p bo‘lsa, tebranishlar amplitudasi shuncha
    kichik bo‘ladi. 2.8-rasmda tasvirlangan I egri chiziq kam ishqalanishli


    sistemaga, II egri chiziq esa ko‘p ishqalanishli sistemaga mos keladi.
    Rezonans hodisasi har qanday tabiatli tebranishlarda kuzatiladi. Bu
    hodisadan, masalan, akustikada tovushni kuchaytirishda, radiotexnikada 
    elektr tebranishlarni kuchaytirishda keng foydalaniladi. 
    Ba’zi hollarda rezonans zararli ta’sir ko‘rsatadi. Rezonans tufayli 
    inshootlar (ko‘priklar, tayanchlar, binolar va boshqalar), mexanizmlar 
    (masalan, stanoklar, motorlar va boshqalar) kuchli titrashi natijasida 
    yemirilishi mumkin. Shuning uchun inshootlarni qurishda mexanizmlarning 
    tebranish chastotalari bilan inshootlarning xususiy tebranishlari orasida katta 
    farq bo‘lishi ta’minlanadi. 

    Download 1,36 Mb.
    1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   51




    Download 1,36 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Mexanik va elektromagnit tebranishlarning qiyosiy xarakteristikasi

    Download 1,36 Mb.
    Pdf ko'rish