I.Bob. MEXANIK TEBRANISHLAR
1.1.
ERKIN VA MAJBURIY TEBRANISHLAR
Тurli xil mexanik harakatlar orasida takrorlanib turadigan harakatlar
ham uchraydi. Masalan, moddiy nuqtaning aylana bo‘ylab
tekis harakati
takrorlanuvchi harakatdir: tekis aylanayotgan moddiy nuqta har bir yangi
aylanishida bir xil vaziyatlardan o‘tadi, shu bilan birga,
avvalgi tartibda
va o‘shanday tezlik bilan o‘tadi. Ana shunday takrorlanuvchanlik
harakatga soat mayatnigining
tebranishi, ko‘priklarning,
musiqa
asboblarida torlarning titrashi, yurak urishi va nafas olish,
paroxodlarning suv to‘lqinlarida tebranishi, o‘zgaruvchan tok va uning
elektromagnit maydoni, atomda elektronlarning harakati,
qattiq jism kristall
panjarasi tugunlaridagi ionlarning harakati va h. z. misol bo’ladi.
Тeng vaqtlar ichida takrorlanib turadigan harakatlar