220
ma’lum qilinadi. Ma’lumotlar mnemosxema sifatida ko‘rsatiladi. Ular asosida
nazoratchi qaror qabul qiladi va ijrochi mashinalarga signallarni uzatadi.
Tarkibiy xususiyatlari
Avtomatlashtirilgan jarayonlarni boshqarish tizimi bir necha pog‘onalardan
iborat tuzilmadir. Ularning har birida samaradorlikni oshirishga qaratilgan o‘ziga xos
harakatlar majmui amalga oshiriladi. Quyi va dala pog‘onasi ijro uskunalari bilan
jihozlanadi. O’rta pog‘ona datchiklar orqali uzatiladigan signallarni o‘qish uchun
moslashtiriladi. Yuqorida aytib o‘tilganidek, yuqori pog‘ona operatsiya haqida hisobot
tuzish, ma’lumotlarni qayta ishlash, va arxivlash uchun ishlatiladi.
Ta’riflangan sxema korxonalar rahbarlariga ko‘rsatkichlarni, mahsulot hajmini
oshirish imkonini beradi. Natijada kompaniya foydasi ko‘rish imkoni yaratiladi.
Tuzilishi
Yuqorida aytib o‘tilganidek, TJABT bir necha pog‘onalardan iborat. Ularning
har birining o‘z vazifasi bor. Quyi pog‘onaning vazifasi ma’lumotlarni yig‘ish va
signallarni sanoat kontrollerlariga uzatishdan iborat. Bu ma’lumotlar, o‘z navbatida,
o‘rta pog‘onada hisoblanadi. Bunday uskunalarning maqsadi mashinalarni avtomatik
rejimda ishga tushirish, to‘xtatish, avariya holatlarda o‘chirish va sozlashdan iborat.
Ma’lumotlar serverlarga, shuningdek, operator va muhandislik stansiyalariga
yuboriladi. Bu qurilmalar butun strukturaning asosiy qismlari hisoblanadi. Uni qayta
ishlash va arxivlash kerak bo‘ladi. Ma’lumotlar dispetcher xodimlarga uzatiladi. Ushbu
masʼul shaxsning vazifalari monitoringni, shuningdek mexanikani masofadan
boshqarishni o‘z ichiga oladi.