• 11. Investitsiyalarni boshqarish.
  • Microsoft Word 04 Kishlok xujaligida investitsion jarayonlar




    Download 4,03 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet52/230
    Sana18.12.2023
    Hajmi4,03 Mb.
    #122991
    1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   ...   230
    Bog'liq
    9FGpxRXF4oZVzQ4RAFkIWArGCd7lguGpnEliCPmR

    Nazorat savollari 
    1. Investitsiya dasturi deganda nimani tushunasiz? 
    2. Dasturning aniq ro‘yxati quyidagilardan iborat? 
    3. O‘zbekiston Respublikasi Investitsiya dasturini shakllantirish tartibi qanday bosqichlardan 
    iborat? 
    4. Investitsiya dasturini moliyalashtirish manbalari nimalar? 
    5. Monitoring deganda nimani tushunasiz? 
    6. Monitoringni yuritishda nimalar ko‘zda tutiladi? 
    7. Monitoring olib borish bosqichlari nimalardan iborat? 
    11. Investitsiyalarni boshqarish. 
    Mamlakatda investitsiya muhitini yanada yaxshilash, xususiylashtirish, ishlab chiqarishni 
    modernirzatsiya qilish, texnik jihatdan qayta jihozlash va rekonstruksiya qilish, respublikaning 
    ortiqcha ishchi kuchi mavjud bo‘lgan mintaqalarida yangi ish joylarini yaratish dasturlarini amalga 
    oshirishga to‘g‘ridan-to‘g‘ri xususiy xorijiy investitsiyalarni keng jalb etish, shuningdek, xorijiy 
    investorlar uchun ishonchli huquqiy himoya va kafolatlar bilan ta'minlandi. 


    78 
    2005 yil 11 apreldagi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining "To‘g‘ridan-to‘g‘ri xususiy 
    xorijiy investitsiyalarni jalb etishni rag‘batlantirish borasidagi qo‘shimcha chora-tadbirlar 
    to‘g‘risida"gi Farmoniga asosan endilikda 2005 yilning 1 iyulidan boshlab to‘g‘ridan- to‘g‘ri xususiy 
    xorijiy investitsiyalarni jalb etadigan iqtisodiyot tarmoqlari korxonalari asosiy faoliyati bo‘yicha 
    daromad (foyda) solig‘i mulk solig‘i, ekologiya solig‘i, mikro firma va kichik korxonalar uchun 
    belgilangan yagona soliq to‘lashdan, shuningdik, Respublika yo‘l jamg‘armasiga majburiy ajratmalar 
    tulashdan ozod qilinadi. 
    Endilikda to‘g‘ridan-to‘g‘ri xususiy xorijiy investitsiyalar hajmi quyidagicha bo‘lganda mazkur 
    soliq imtiyozlari beriladi:

    1) 
    300 ming AQSh doll. dan 3 mln. AQSh doll. gacha-3 yil muddatga; 
    2) 
    3 mln. ortiq AQSh doll. dan 10 mln. AQSh doll. gacha-5 yil muddatga; 
    3) 
    10 mln. AQSh doll. dan ortiq bo‘lganda 7 yil muddatga. 
    Ushbu Farmonning 1-bandida ko‘rsatilgan soliq imtiyozlari qo‘yidagi shartlar asosida 
    qo‘llanilishi belgilab qo‘yilgan: 
    -mazkur korxonalarni ortiqcha ishchi kuchi bo‘lgan mintaqalar- Qoraqolpog‘iston Respublikasi, 
    Jizzax, Qashqadaryo, Sirdaryo, Surxondaryo, Xorazm viloyatlarida, shuningdek, Navoiy, Andijon, 
    Namangan va Farg‘ona viloyatlarining qishloq aholi punktlarida joylashtirish; 
    -investitsiyadan foydalanishda har ikkala tomonlarning iqtisodiy manfaatini teng hisobga olgan 
    holda amalga oshirish kerak. Investitsiyani boshqarish tartibi va moliyalashtirish mexanizmini 
    takomillashtirish zarur. 
    Respublikamizda faoliyat ko‘rsatayotgan "O‘zsanoatqurilishbank" moliyaviy salohiyatga ega. U 
    respublikada kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni rag‘batlantirish masalalariga jiddiy e'tibor 
    qaratmoqda. Bugungi kunda u 18,2 mingdan ortiq kichik va xususiy kompaniya va firmalarga xizmat 
    ko‘rsatayapti. Ularning 8978 tasi yuridik shaxs maqomidagi tadbirkorlar, shu jumladan, 1276 ta 
    fermer xo‘jaliklari, 9225 tasi yuridik shaxs bo‘lmagan tadbirkorlardir. O‘tgan yil davomida kichik 
    biznes sub'ektlariga umumiy summasi 15,0 mlrd. so‘mdan ortiq va mikrokreditlarga 4,2 mlrd. 
    so‘mdan ziyod kreditlar taqdim etildi. Bu kreditlarning umumiy miqdorida bankning o‘z mablag‘lari 
    13,9 mlrd. so‘mni yoki umumiy miqdorning 93 foizini tashkil etadi.

    Bundan tashqari bank xo‘jalik yurituvchi sub'ektlarni milliy valyutada moliyalash bilan bir 
    qatorda xorijiy investorlarga ham halqaro moliyaviy institutlarning kredit liniyalari hamda o‘z 
    mablag‘lari hisobidan ularni kreditlashni ham faol amalga oshirmoqda. 
    2005 yil 1 yanvar holatiga ko‘ra, bankning kredit qo‘yilmalari 235,5 mlrd. so‘mni tashkil etib, 
    hisobot davrining boshidagiga nisbatan 49,8 mlrd. so‘m yoki 1,27 marta oshdi. 
    2004 yilda berilgan kreditlar miqdori 148,0 mlrd so‘m atrofida bo‘lgan. Shundan 52 foizi sanoat 
    korxona va tashkilotlarga tegishlidir. Bir yildan ortiq muddatga taqdim etilgan kreditlarning umumiy 
    salmog‘i esa 80,2 foiz yoki 187,7 mlrd. so‘mni tashkil etgan edi.

    O‘zbekistonda iqtisodiy islohotlarni amalga oshirishning birinchi bosqichida mamlakat 
    iqtisodiyotiga xorijiy investitsiyalarni keng jalb etish uchun qulay investitsiya muhitini yaratish 
    hukumat tashqi iqtisodiy faoliyatini diqqat markazida bo‘ldi. Xorijiy investitsiyalarni jalb etish 
    tadbirlarini amalga oshirishda hukumat quyidagi tamoyillarga asoslandi: 
    -tashqi iqtisodiy faoliyatni yanada erkinlashtirish sohasida aniq maqsadni ko‘zlab siyosat 
    yuritish; 
    -respublika iqtisodiyotiga bevosita kapital mablag‘ni keng jalb etishni ta'minlaydigan xuquqiy 
    ijtimoiy-iqtisodiy va boshqa shart- sharoitlarni tobora takomillashtirish; 
    -respublikaga jahon darajasidagi texnologiyani yetkazib berayotgan va iqtisodiyotning zamonaviy 
    tarkibini vujudga keltirishga ko‘maklashayotgan xorijiy investorlarga nisbatan ochiq eshiklar 
    siyosatini yurgizish; 
    6
    Ўзбекистон Республикаси Марказий банкининг статистик маълумотлари. 2003-2015. 
    7
    Маълумотлар. Иқтисодиёт Вазирлигидан олинган, 2005. 


    79 
    mablag‘larni respublika mustaqilligini ta'minlaydigan, import o‘rnini qoplovchi va 
    raqobatbardosh mahsulot ishlab chiqarish bilan bog‘liq bo‘lgan eng muhim ustuvor yo‘nalishda 
    jamlash. 
    Shuningdek respublika iqtisodiyotiga xorijiy investitsiyani jalb etishni faollashtirish uchun 
    quyidagilarni amalga oshirish zarur deb hisoblaymiz: 
    -investitsiya loyihalarini malakali ekspertlar nazoratidan o‘tkazish va mukammal tayyorlanishiga 
    erishish; 
    -qo‘shma korxonalar va xorijiy investitsiya ishtirokidagi boshqa turdagi tadbirkorlik faoliyatini 
    ro‘yxatdan o‘tkazishdagi to‘siqlarni butunlay olib tashlash. 
    Mamlakatimizda xorijiy investitsiyalarni milliy korxonalarga jalb etishda quyidagi ustuvor 
    yo‘nalishlarni belgilash maqsadga muvofiqdir: 
    1) 
    qishloq xo‘jalik mahsulotlarini chuqur qayta ishlash sohalarini rivojlantirish; 
    2) 
    mineral xomashyo resurslarini, shu jumladan, neft va gazni qazib chiqarish, qayta 
    ishlash bo‘yicha ekologik ishlab chiqarishni tashkil etish; 
    3) 
    transport 
    va telekommunikatsiya infratuzilmasini rivojlantirish; 
    4) 
    iqtisodiyotning barcha tarmoqlarida ilmtalab va jahon bozorlarida raqobatbardosh 
    mahsulotlar ishlab chiqarishni tashkil etish; 
    5) 
    turizm sohasini rivojlantirish, xalqaro va ichki turizmning zamonaviy infratuzilmasini 
    yaratishga erishish. 
    "Chet el investitsiyalari, xalqaro birlashmalar va tashkilotlar ishtirokidagi korxonalarni, 
    shuningdek ularning tarkibiy bo‘linmalarini tashkil etish va bu korxonalarning faoliyat tartibi 
    to‘g‘risida"gi Nizomga binoan mulkida o‘zbek va xorijiy yuridik shaxslari hamda fuqarolari ishtirok 
    etuvchi korxonalar O‘zbekiston Respublikasi hududidagi qo‘shma korxonalar hisoblanadi. 
    O‘zbekistonda o‘tkazilayotgan iqtisodiy siyosat jahon iqtisodiy hamjamiyatiga integratsiyalashuv 
    jarayonini faqat davlat tarkibiy tuzilishi bo‘yicha emas, balki xususiy sektor darajasida ham 
    jadallashtirishni nazarda tutadi. Ochiq bozorning faoliyat ko‘rsatishi uchun yaratilayotgan shart-
    sharoitlar G‘arb va Sharq ishbilarmonlarining mamlakatimizga bo‘lgan qiziqishining ortib borishini 
    ta'minlamoqda. Bu shuning uchun muhimki, bizning tadbirkorlarimiz ham xorijiy investorlarni 
    hamkorlikka jalb etish imkoniyatlari haqida tez-tez bosh qotirishmoqda. 
    1998 yil Respublikamizda investitsiya faoliyati sohasidagi munosabatlarni tartibga soluvchi 3 ta - 
    1998 yil 30 aprelda O‘zbekiston Republikasining "Chet el investitsiyalari to‘g‘risida"gi va "Chet el 
    investorlarining kafolatlari va ularning huquqlarni himoya qilish choralari to‘g‘risida"gi hamda 1998 
    yil 24 dekabrda "Investitsiya faoliyati to‘g‘risida"gi qonunlar qabul qilindi. Bu qonunlar 
    mamlakatimizda investitsiya muhitini yaxshilashga va uning iqtisodiyotga investitsiya joylashtirish 
    hajmlarini oshirishga yo‘naltirilgan. 
    Turli birlashmalar, uyushmalar, konsernlar, konsorsiumlar O‘zbekiston Respublikasi hududida 
    xorijiy investitsiyasi bo‘lgan korxonalarni ixtiyoriy asoslarda barpo etishlari mumkin. 
    O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 1998 yil 22 martdagi farmoniga muvofiq quyidagi 
    mezonlarga javob beruvchi chet el, shu'ba va qo‘shma korxonalar chet el investitsiyasi bo‘lgan ishlab 
    chiqarish korxonalari qatoriga kirishi belgilab qo‘yildi: ustav jamg‘armasi miqdori 150 ming AQSh 
    doll. dan kam bo‘lmagan korxonalar; korxona ishtirokchilaridan biri albatta chet el yuridik shaxsi 
    hisoblangan; korxonaning ustav faoliyatida o‘z ishlab chiqarishi yoki ishlab chiqarilayotgan 
    mahsulotlar servis xizmat hissasiga xo‘jalik faoliyatidan tushumlar umumiy hajmining 60% dan 
    ko‘prog‘i to‘g‘ri keladigan korxonalar.

    O‘zbekistonda xorijiy investitsiyalar qatnashgan korxonalar ichida qo‘shma korxonalar yetakchi 
    o‘rinda turadi. To‘liq xorijiy investitsiyalar bilan tashkil etilgan korxonalar kam. Ko‘pchilik 
    davlatlarda xorijiy investitsiyalar qatnashgan korxonalarni ro‘yxatdan o‘tkazish har xil. Ba'zi 
    davlatlarda bu vazifani Moliya vazirligi bajarsa, boshqalarida Adliya vazirligi bajaradi. O‘zbekistonda 
    bu vazifani Adliya vazirligi amalga oshiradi. O‘zbekistondagi xorijiy investitsiya qatnashgan 


    80 
    korxonalar respublika hududida o‘zining filiallari yoki vakil korxonalarini tashkil etishlari mumkin. 
    Bundan tashqari ular boshqa davlatlarda ham o‘z filiallarini ochishlari mumkin. 
    O‘zbekiston qonunchiligiga muvofiq xorijiy investitsiya qatnashgan korxonalar O‘zbekiston 
    Respublikasi hududida xo‘jalik assotsiatsiyalari, konsernlar va boshqa birlashmalar tuzishlari mumkin. 
    Xorijiy investitsiyalarning huquqiy himoyasi ta'minlangan. Bu himoya har bir korxonada bo‘lgani kabi 
    xorijiy investitsiya qatnashgan korxonalar uchun taalluqli. Milliy iqtisodiyotning ustuvor sohalari va 
    hududlariga investitsiya kiritgan xorijiy investorlarga O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligi 
    tomonidan qo‘shimcha imtiyozlar berilishi mumkin. Shu bilan birga qonunda xorijiy investorlarning 
    faoliyat turlari ham belgilangan. Xorijiy investorlar yoki xorijiy investitsiya qatnashgan korxonalar 
    mavjud qonunchilikka muvofiq, o‘z maqsadlari va nizomlaridan kelib chiqib, barcha turdagi 
    faoliyatlarni olib borishlari mumkin. 
    Xorijiy investorlar investitsiya hajmi, turlari, yo‘llarini belgilaydilar va ularni xohlagan 
    korxonaga mustaqil ravishda kiritishlari mumkin. Investor o‘zi kiritgan investitsiya ob'ektlari va 
    natijalariga egalik qilish, foydalanish, tasarruf etish huquqiga ega. Shu bilan birga reinvestitsiya va 
    savdo operatsiyalarini O‘zbekiston hududida milliy qonunchilik asosida, undan tashqarida esa xalqaro 
    qonunlar asosida amalga oshirish huquqlariga ega. Investor egalik qilish, foydalanish va tasarruf etish 
    huquqlarini qonun bo‘yicha boshqa huquqiy va jismoniy shaxsga berishi mumkin. Tomonlarning 
    o‘zaro huquqlarini bir-biriga o‘tkazish vaqtidagi aloqalarni faqat ular o‘rtasida tuzilgan hujjat-
    shartnomalar hal qila oladi. Xorijiy investorlar va korxonalar qonunchilikda ko‘rsatilgan holatlarda yer 
    uchastkalarini sotib olishlari mumkin. Xorijiy investorlar investitsiya faoliyatini amalga oshirishda 
    quyidagilarga rioya etish zarur: 
    -O‘zbekiston Respublikasi hududida amal qilayotgan qonunchilikka amal qilishi; 
    -O‘zbekistonda mavjud qonunchilik talablari asosida soliq to‘lash va boshqa to‘lovlarni amalga 
    oshirishi; 
    -investitsiya loyihasining sanitariya-gigienik ekologiya talablariga amal qilish bo‘limidagi 
    ekspertiza xulosalarini olishi; 
    Xorijiy investitsiyani o‘z iqtisodiyotiga jalb etayotgan har bir davlat xorijlik sheriklariga huquqiy 
    va tashkiliy kafolatlar yaratib beradi. Bu jarayon jahon tajribasida sinovdan ijobiy ravishda o‘tgan. 
    O‘zbekiston Respublikasi xorijiy investitsiyalar to‘g‘risidagi qonunining 11- moddasida shunday 
    yozilgan: Respublika hududida o‘z investitsiya faoliyatini olib borayotgan xorijiy investorlar 
    huquqlarining himoyasini O‘zbekiston Respublikasi kafolatlaydi. Bu kafolat albatta, xalqaro huquq 
    normalari asosida beriladi. Agarda O‘zbekistonning yangi qabul qilingan qonunchiligi investitsiya 
    sharoitlarini yomonlashtirsa, o‘n yilgacha xorijiy investitsiyalar ular jalb qilingan davrda qabul 
    qilingan qonunchilik shartlari saqlanib qoladi. Bu talab mudofaa, milliy havfsizlik, jamoat tartibini 
    saqlash va atrof-muhitni muhofaza qilishni ta'minlash bilan bog‘liq qonunchilikni o‘zgartirmaydi. 
    O‘zbekiston Respublikasi davlat organlari xorijiy investorlarning huquqlariga putur yetkazadigan 
    huquqiy normativlarni qabul qilgan taqdirda, investorlarga yetkazilgan zarar shu organlardan sud 
    orqali undiriladi. 
    O‘zbekiston Respublikasi Germaniya, Hindiston, Janubiy Koreya, Turkiya, Indoneziya, 
    Malayziya, Isroil, AQSh va bir qator boshqa mamlakatlar bilan investitsiyalarni rag‘batlantirish va 
    o‘zaro himoyalash to‘g‘risida bitimlar tuzdi.

    O‘zbekiston Respublikasi Investitsiya dasturini amalga oshirishda dunyoning 25 dan ortiq 
    mamlakatlari ishtirok etmoqda. Investitsiyalarni jalb etish vazifasini davlatimiz ko‘p ukladli bozor 
    iqtisodiyotini yaratish va rivojlantirish asosida haqiqiy mulkdorlarni shakllantirish bilan bog‘laydi. 
    "Iqtisodiy islohotlarni yanada chuqurlashtirish, xususiy mulk manfaatlarini himoya qilishni 
    ta'minlash va tadbirkorlikni rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi Prezident farmoniga binoan 
    xalq iste'mol mollari ishlab chiqarishga ixtisoslashgan qo‘shma korxonalar ro‘yxatga olingan paytdan 
    boshlab besh yil muddatga xorijiy valyutadagi tushumdan soliq to‘lashdan va O‘zbekiston 
    Respublikasi Markaziy bankiga valyutani majburiy sotishdan ozod qilish ko‘zda tutilgan. Xorijiy 
    investitsiya jalb etilgan korxonalarga quyidagi imtiyoz va rag‘batlantirish omillari berilgan: 


    81 

    tovarlar eksporti ishlab chiqarish hajmining kamida 30 foizini tashkil etadigan korxonalarga, 
    mulkchilik shaklidan qat'iy nazar, foyda solig‘ini amaldagi stavkalardan ikki barobar kamroq to‘lash 
    huquqi; 

    xorijiy investitsiyali korxonalar daromadining ishlab chiqarishni kengaytirishga va 
    texnologiyani yangilashga sarflanadigan qismidan soliq olmaslik; 

    respublika davlat investitsiya dasturiga kiritilgan loyihalar bo‘yicha soliqlar to‘lashdan yetti yil 
    muddatga ozod etish; 

    ishlab chiqarilgan mahsulotning 25% bolalar uchun mo‘ljallangan bo‘lsa, korxona ishga 
    tushgandan boshlab soliqlar to‘lashdan besh yil muddatga ozod etish. Keyingi yillarda bu 
    korxonalarning foydasidan olinadigan soliq amaldagiga qaraganda ikki marta pasaytirilgan stavkalarda 
    undiriladi; 

    ustav kapitalning 50% va undan ko‘proq qismi xorijiy sherikka tegishli bo‘lib, ishlab chiqarish 
    eksportga yo‘naltirilgan yoki import o‘rnini bosishga mo‘ljallangan bo‘lsa soliqlar to‘lashdan ikki yil 
    muddatga ozod etish; 

    foydadan to‘lanadigan soliq-18%; 

    agar ustav kapitalning 50% va undan ko‘proq qismi xorijiy sherikka tegishli va ustav 
    kapitalning hajmi 500000 AQSh dollaridan 1000000 AQSh dollarigacha bo‘lsa, foydadan to‘lanadigan 
    soliq-15%; 

    agar ustav kapitalning 50% va undan ko‘proq qismi xorijiy sherikka tegishli va ustav 
    kapitalning hajmi 1000000 AQSh dollaridan va undan ko‘p bo‘lsa, foydadan to‘lanadigan soliq-16%; 

    agar ustav kapital hajmi kamida 500000 AQSh dollarini tashkil etsa, mol-mulk solig‘idan ozod 
    qilish; 

    yer solig‘idan ikki yilga ozod qilish; 

    o‘zi ishlab chiqargan mahsulotni ruxsatnomasiz chetga sotish; 

    investitsiya loyihalarini amalga oshirish uchun yer uchastkalaridan foydalanish va ularni 
    tasarruf etish huquqini tanlov asosida sotib olish; 
    - jismoniy, huquqiy shaxslar va davlatning mulkini xususiylashtirishda bemalol ishtirok etishlari 
    mumkin.

    O‘zbekistonda xorijiy investorlarga qonuniy faoliyat natijasida olgan foydalari va boshqa 
    daromadlarini biror-bir cheklovlarsiz istalgancha chet davlatga o‘tkazish imkoniyati kafolatlanadi. 
    Bundan tashqari xorijiy investorlar Respublika banklarida hyech bir cheklovlarsiz istalgan valyutada 
    hisob raqamiga ega bo‘lishlari mumkin. 
    Xorijiy investitsiyasi bo‘lgan korxona amaldagi qonunlarga binoan o‘zi ishlab chiqargan 
    mahsulotni litsenziyasiz eksportga chiqarish va o‘z ishlab chiqarish extiyojlari uchun zarur 
    mahsulotlar importini amalga oshirish xuquqiga egadir. Xorijiy investorlarga tabiiy boyliklarni 
    qidirish, ishlab chiqarish va foydalanish va boshqa xo‘jalik ishlarini yuritish uchun konsessiyalar 
    berilishi mumkin. Konsession shartnomalar xorijiy investorlar bilan O‘zbekiston Respublikasi davlat 
    boshqaruvining vakil qilingan organlari o‘rtasida tuziladi. 
    O‘zbekiston Respublikasida barpo etilayotgan korxonalar ustav sarmoyasiga xorijiy 
    investorlarning hissasi sifatida yoki xorijiy xodimlarning o‘z ehtiyojlari uchun olib kirilayotgan mulk 
    bojxona to‘lovidan ozod qilinadi va import solig‘i undirilmaydi. 
    Xorijiy investorlar O‘zbekistonda faoliyat ko‘rsatayotgan korxonalarning aksiyalari, hissalari va 
    paylarini, shuningdek yuridik shaxslar tomonidan chiqarilgan qimmatli qog‘ozlarni sotib olishlari 
    mumkin. Xorijiy investitsiyalari bo‘lgan korxonadan chiqish yoki bunday korxonanining tugatilish 
    hollarida xorijiy investorlar shu korxona mulkidan o‘zining hissasini korxona mulki bilan qiymatiga 
    mutanosib ravishda pul yoki natura tariqasida qaytarib olish huquqiga ega bo‘ladi. 
    Xorijiy investitsiyalar ishtirokida tuzilgan korxonalarning xo‘jalik ishlarida hisob-kitoblar 
    O‘zbekiston Respublikasining qonunchiligi asosida olib borilishi lozim. Bu holatlar ham Qonunda 
    ko‘rsatilgan. Bu korxonalar bankrot holatiga tushib qolganda u o‘z mulki, ya'ni savdo ob'ektlari, 


    82 
    xizmat ko‘rsatish sohalari, yer uchastkasi, binolari, qurilishlari, uskunalaridan kelib chiqib 
    majburiyatlari ta'minlanadi. yerdan foydalanish va egalik qilish huquqi bundan mustasno. 
    Agar O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligida ko‘rsatilgan shart- sharoitlar xalqaro shartnoma 
    va xorijiy investorlar bilan kelishuvlarda ko‘rsatilgan shart-sharoitlar farq qilsa, xalqaro shartnoma va 
    kelishuvga asosan faoliyat yurgiziladi. Shunday qilib, yaratilgan huquqiy asoslar xorijiy 
    hamkorlarning keng investitsiya faoliyati uchun qulay sharoitlar yaratib, ularning huquqlari va 
    sarflagan investitsiyasini himoya qiladi. 
    Hozirga kelib, O‘zbekiston hududida xorijiy kompaniyalar faoliyatining huquqiy asoslarini 
    shakllantirish jarayoni asosan nihoyasiga yetkazildi va amalda qo‘llanilmoqda. Bu faoliyatni 
    rag‘batlantirishga yo‘naltirilgan chora-tadbirlarning quyidagi tizimi ishlab chiqilgan: 
    -xususiylashtirish jarayonida xorijiy investitsiyalarning qatnashishi; 
    -texnikaviy qayta qurollanish; 
    -xalq iste'moli va eksportga mo‘ljallangan mahsulotlar ishlab chiqarishni rag‘batlantirish; 
    Jadal va mutanosib iqtisodiy o‘sish, chuqur tarkibiy o‘zgarishlarni amalga oshirish va 
    iqtisodiyotni diversifikatsiya qilishda faol va aniq yo‘naltirilgan investitsiya siyosatiyuritish eng 
    muhim omil hisoblanadi.
    2014 yilda iqtisodiyotimizga jalb qilingan investitsiyalar hajmi 10,9 foizga o‘sdi va AQSh 
    dollari hisobida 14 milliard 600 million dollarni tashkil etdi. Bunda jami kapital qo‘yilmalarning 21,2 
    foizdan ortig‘i yoki 3 milliard dollardan ziyodini xorijiy investitsiya va kreditlar tashkil qildi. 
    Ularning to‘rtdan uch qismi to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiyalardir.
    Investitsiya dasturini amalga oshirishda korxonalarning o‘z mablag‘lari hisobidan yo‘naltirilgan 
    to‘g‘ridan-to‘g‘ri xususiy investitsiyalarning yildan-yilga faol ishtirok etayotgani barchamizga alohida 
    mamnuniyat bag‘ishlaydi. Birgina o‘tgan yilda bunday investitsiyalar hajmi 10,3 foizga o‘sib, 4 
    milliard 300 million dollarni yoki jami investitsiyalar hajmining qariyb 30 foizini tashkil etdi.
    O‘tgan yili tijorat banklarining investitsiyaviy faoliyati ham kengaydi. Ular tomonidan 1 milliard 
    700 million dollar yoki 2013 yilga nisbatan 20 foiz ko‘p investitsiyalar yo‘naltirildi.
    Jami investitsiyalarning 73 foizdan ortig‘i ishlab chiqarish sohasiga va qariyb 40 foizi mashina 
    va uskunalar xarid qilishga sarflandi.
    O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan investitsiya siyosatining o‘ziga xos xususiyati mahalliy 
    xomashyo resurslarini chuqur qayta ishlashni ta'minlaydigan, yuqori texnologiyalarga asoslangan 
    yangi ishlab chiqarishlarni tashkil etishga qaratilgan investitsiya loyihalariga ustuvor ahamiyat 
    berilayotganida namoyon bo‘lmoqda.
    2014 yilda iqtisodiyotimizning yetakchi tarmoqlarida zamonaviy yuqori texnologiyalarga 
    asoslangan uskunalar bilan jihozlangan, umumiy qiymati 4 milliard 200 million dollarga teng bo‘lgan 
    154 ta yirik ob'ekt foydalanishga topshirildi. 
    Ularning qatorida yiliga 60 mingta avtomobil ishlab chiqarish quvvatiga ega bo‘lgan «Xorazm 
    avtomobil ishlab chiqarish birlashmasi» mas'uliyati cheklangan jamiyati bazasida «Damas» va 
    «Orlando» rusumidagi yengil avtomobillar ishlab chiqarishni tashkil qilish», «Jizzax viloyatida 760 
    ming tonna portlandsement yoki 350 ming tonna oq sement ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yish», «80 
    ming tonna rux konsentratini qayta ishlash bo‘yicha rux zavodini rekonstruksiya qilish», «Mis eritish 
    zavodida yangi sulfat kislota sexini qurish», elektr energiyasi ishlab chiqarish imkoniyatini 50 
    megavattga oshirish maqsadida «Sirdaryo issiqlik elektr stansiyasini to‘liq miqyosda modernizatsiya 
    qilish», Qoraqalpog‘iston Respublikasidagi «Mang‘it» mas'uliyati cheklangan jamiyati bazasida yiliga 
    5 ming tonna mahsulot chiqarish quvvatiga ega bo‘lgan ip-kalava yigiruv korxonasi tashkil etish» va 
    boshqa ob'ektlarni tilga olish mumkin.
    O‘zbekiston Respublikasi xorijiy investitsiyalarni milliylashtirish va rekvizitsiya qilinmasligiga 
    kafolat beradi. Xorijiy investitsiyalar faqat favqulodda holatlarda, avariya, epidemiya tarqalgan 
    vaqtlarda Vazirlar Mahkamasining qarori bilan rekvizitsiya qilinishi mumkin. Bu holat investorga 
    ko‘rsatilgan zarar miqdorida kompensatsiya qilinadi. 


    83 
    Xorijiy investorlar uchun zarur moliyaviy-iqtisodiy kafolatlarni ta'minlash uchun hukumat 
    tomonidan xorijiy investorlarni himoyalashning Milliy sug‘urta jamg‘armasini barpo etish to‘g‘risida 
    qaror qabul qilingan. Bu jamg‘arma respublika hududida ta'sis etilgan chet el banklarida O‘zbekiston 
    Respublikasi, xorijiy investitsiya ishtirokidagi sug‘urta kompaniyalari valyuta qadriyatlarining bir 
    qismini deponentlash yo‘li bilan hosil qilinadi. 
    Xorijiy investorlarning qonuniy faoliyatlari orqali qilingan daromadlari xorijiy valyutada, 
    chegaralanmagan miqdorda chegaradan olib o‘tishlari davlat tomonidan kafolatlanadi. Bu qonunda 
    xorijiy investitsiyalarning sug‘urtasi haqida kam yozilgan, chunki har bir xorijlik hamkor o‘zi 
    sarflagan mablag‘ni to‘liq qaytarib olishga va ularni sug‘urtalashga harakat qiladilar. Bu haqda 
    Qonunda shunday keltirilgan: investitsiya va tavakkalchilikni sug‘urta qilish xorijiy investorlarning 
    hoxishlari asosida amalga oshiriladi.

    O‘zbekiston Respublikasida xorijiy investitsiyalar sug‘urta tizimiga kiruvchi milliy sug‘urta 
    kompaniyasi, Rasmiy davlat sug‘urta agenti, Xorijiy sug‘urta tashkilotlari bilan tuzilgan qo‘shma 
    sug‘urta kompaniyalari tomonidan ta'minlanadi. Xorijiy investitsiyalarni sug‘urta qiluvchi sug‘urta 
    tashkilotlari O‘zbekiston Respublikasi majburiyatlariga javob bermaydilar. Shunga mos tarzda 
    O‘zbekiston Respublikasi (faqat ikki tomon kelishuvidan tashqari holatlarda) sug‘urta tashkilotlarining 
    majburiyatlariga javob bermaydi. Davlat o‘z majburiyat va qonunlariga, sug‘urta tashkilotlari esa o‘z 
    majburiyat va qoidalariga o‘zlari javobgardir. 

    Download 4,03 Mb.
    1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   ...   230




    Download 4,03 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Microsoft Word 04 Kishlok xujaligida investitsion jarayonlar

    Download 4,03 Mb.
    Pdf ko'rish