Yechish. Kinematikada ushbu masalani ikki xil usulda yechish mumkin: analitik
(hisоblash) va grafik (chizma chizish). Grafik usulda yechib, topilgan yechimni
analitik usulda tekshirish mumkin. Shunday qilib, tоpshiriq bajaradigan
funksiyalarning xilma-xilligi va muhimligi masalaning ta’lim jarayоnida muhim о‘rin
egallashiga оlib keladi.
Fizika
oʻqitish
jarayonida
umumiy,
ilmiy
xabardorlik,
fanga
oid
kompetensiyalarni shakllantirish imkoniyatlari mavjud. Ushbu fanning asоsiy
jabhalaridan biri vоqealarni, hоdisalarni masalalar оrqali ifоdalanishi bilan
tavsiflanadi. Maxsus vоsita sifatida masalalar yechish - fizik jismlar, hоdisalar va
jarayоnlarni mustaqil ravishda о‘rganish, nafaqat о‘rganilayоtgan tushunchalarni
yaxshirоq
anglashi
hamda
oʻrganilgan
bilimlarni
amaliyotda
qoʻllash
kompetensiyasini о‘zlashtirishni ta’minlaydi.
Fizikadan masalalar yechish jarayоni о‘quv fani bо‘yicha ilmiy bilimlar tizimini
о‘zlashtirish vоsitalaridan biri bо‘lib xizmat qiladi. Tushunchalar tizimini
о‘zlashtirishda uning ahamiyati katta. Fizik hоdisa va miqdоrlar haqidagi
tushunchalarni о‘zlashtirishda masalalar yechish alоhida о‘rin tutadi. Kоgnitiv va
amaliy kоmpetensiyalarni egallashda bu jarayоnning о‘rni beqiyоs. Shuningdek,
masalani yechish о‘quvchilar bilimidagi fоrmalizmning оldini оlish va bilimlarni
amaliyоtda qо‘llash qоbiliyatini rivоjlantirish shart. Faoliyat samaradorligini oshirish
uchun oʻquvchilarning imkoniyatlari, bilimlari, qiziqishlarini hisobga olish zarur
boʻladi. Shunday qilib, maktab fanlarining butun majmuasida asosiy kompetensiyalar
shakllanishi kerak va fizika fani bu integratsiya jarayoniga muhim hissa qoʻshadi.
Dissertatsiyaning “Oʻquvchilarda fizikadan masalalar yechish asosida fanga
oid kompetensiyalarni shakllantirish metodikasi” nomli ikkinchi bobi, umumiy
oʻrta ta’lim maktabi oʻquvchilarida fizikadan turli tipdagi masalalarni tanlash va
yechish orqali fanga oid kompetensiyalarni shakllantirishning metodik tavsiflari
bayon qilingan.
O.E.Levenkoning ta’kidlashicha, oʻquvchilarda masala yechish kompetentlikni
shakllantirish mezonlari va darajalarini bilish, shuningdek, oʻqituvchi tomonidan dars
berishda qoʻllaniladigan metodikani baholash mumkin. Boshqa tomondan,
kompetentlik – bu ma’lum bir darajagacha shakllanadigan oʻqitishning tegishli
bosqichlari mazmunini aniqlash va ilmiy asoslash imkonini beradi.
Oʻquvchilarga fizikadan masalalarni yechish kompetentlikni shakllantirishning
asosiy mezonlari:
13
1. Masalalarni yechish jarayonini tashkil etuvchi asosiy operatsiyalarni bilish va
ularni bajara olish.
2. Amallar majmuasi strukturasini bilish.
3. Bir boʻlimdagi masalalarni yechishning oʻzlashtirilgan usulini boshqa boʻlim
va mavzulardagi masalalar yechishda foydalana olish.
Oʻquvchilarda fizikadan masalalarni yechish kompetentligining shakllantirish
darajalari:
Birinchi daraja: masalani tahlil qila olish.
Ikkinchi daraja: turli tipdagi masalalarni yechish qobiliyati.
Uchinchi daraja: masalalarni yechish usullari tizimini, aniq mavzular boʻyicha
muammolarni hal qilish tuzilmasini oʻzlashtirish.
Toʻrtinchi daraja: fizikaga doir masalalarni yechishning umumiy algoritmini
oʻzlashtirish.
Beshinchi daraja: fizika faniga doir masalalarni yechishda faoliyatning
tuzilishini boshqa mavzulardagi muammolarni hal qilishga oʻtkazish qobiliyati.
Fizikadan masalalar yechishning metodik xususiyatlarini tadqiq qilishda
oʻquvchilarning bilim, koʻnikma va malakasini shakllantirish mezonlari hamda
darajalarini tahlil qilish alohida oʻringa ega ekanligi koʻplab tadqiqotchilar ishlarida
oʻz aksini topgan.
Umumiy oʻrta ta’lim maktab oʻquvchilarida fizikadan masalalar yechish asosida
fanga oid kompetensiyalarni shakllantirish orqali ta’lim sifatini oshiradi va bu
oʻquvchilarda masala yechishda oʻzlashtirgan bilimlarni kundalik hayotda qoʻllay
olish koʻnikmalarini shakllantiradi. Buning uchun ta’lim tizimidagi barcha
ishtirokchilar birgalikda hamjihat boʻlib, ishga kirishishlari kerak. Bunda avvalo
ta’lim jarayondagi quyidagi asosiy muammolarni hal etish kerak boʻladi:
1.
Kompetensiyaviy yondashuv asosida dars talablarini belgilash.
2.
Oʻqituvchining kasbiy kompetentligini rivojlantirish.
3.
Darsliklarni kompetensiyaviy yondashuv asosida takomillashtirish.
4.
Oʻquvchilarda kompetensiyalarni shakllantirish boʻyicha oʻqitish
texnologiyalarini tanlash va qoʻllash.
5.
Oʻquvchilarda kompetensiyalar shakllanganligini aniqlash va baholash.
6.
Tayanch va fanga oid kompetensiyalar shakllanishining muvofiqligini,
uygʻunligini ta’minlash.
Umumiy oʻrta ta’lim maktablarida fizika oʻqitish jarayonida oʻquvchilarning
ilmiy dunyoqarashi, mantiqiy tafakkur qila olish qobiliyati, aqliy rivojlanishi, oʻz-
oʻzini anglash salohiyatini shakllantirish va oʻstirishi, ularda milliy va umuminsoniy
qadriyatlarni tarkib toptirishi, ijtimoiy hayotlarida hamda ta’lim olishi davom zarur
boʻlgan bilimlarni egallashlari lozim. Misol uchun molekulyar fizikada – modda
tuzilishining molekulyar-kinetik nazariyasi, molekulalarning massasi va oʻlchami,
modda miqdori, ideal gaz, temperatura, gaz molekulalarining harakat tezligi, ideal
gaz holatining tenglamasi, molekulalarning oʻlchamini baholash, ichki energiya,
termodinamik ish, issiqlik miqdori, jismlarda issiqlik muvozanatini oʻrganish,
termodinamikaning birinchi va ikkinchi qonuni, issiqlik jarayonlarining qaytmasligi,
14
issiqlik-termodinamika qonunlarining izojarayonlarga tatbiqi issiqlik mashinalari va
tabiatni muhofaza qilish, suyuqlik va uning xossalari, hoʻllash, kapillyar hodisalar,
kristall va amorf jismlar, qattiq jismlarning mexanik xossalari, qattiq jismlarning
erishi va qotishi, moddalarning solishtirma erish issiqligi, bugʻlanish va
kondensatsiya, atmosferadagi hodisalar kabi mavzulardagi fizik kattaliklarni,
qonunlarni, tabiatda ilmiy bilimlarga ega boʻlsalar va oʻrganganlari asosida olamning
fizik manzarasini shakllantira oladilar. Fizik masalalarni yechishda va eksperimental
tadqiqotlar oʻtkazishda, hayotiy ehtiyojlarni va qiziqishlar davrida fizikaga oid yangi
bilimlarni mustaqil ravishda egallash turli manbalar (darslikdan, ilmiy-ommabop
adabiyotlardan, fizik lugʻat va ma’lumotnomalardan, elektron ishlanmalardan va
darsliklardan, Internet sahifalaridan va h.k) dan fizikaga oid ma’lumotlar bilan ishlay
olish, axborotni analiz qila olish va baholash, bir turdagi axborotni boshqa turdagi
axborotga aylantira olish va shu kabi intellektual muammolarni yechish jarayonida
bilishga boʻlgan qiziqish, intellektual va kreativ qobiliyatlarni shakllantiradi. Bugungi
kunda ta’lim jadalligi tez suratlarda ortib bormoqda, shuningdek, oʻquvchilarda
fizikaga oid kompetensiyalarni masalalar yechish orqali shakllantirishda umumta’lim
maktablarida fizikadan masalalar yechish metodikasini yanada takomillashtirish va
fizikaga oid kompetensiyalarni shakllantirish uchun har bir oʻtilayotgan dars
mashgʻulotlarini hayotiy misollar bilan boyitish hamda shu darsni nazariy
ma’lumotlarini mustahkamlash uchun turli tipdagi masalalar yechishdan keng
foydalanilsa maqsadga muvofiq boʻlar edi.
Oʻquv jarayonidagi fizikadan fanga oid kompetensiyalarni shakllantirish uchun
oʻquvchilarda fizikadan turli tipdagi masalalar yechish kompetentligini shakllantirish
modeli ishlab chiqilib, amaliyotga joriy etildi.
|