Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi




Download 3,8 Mb.
Pdf ko'rish
bet7/30
Sana30.11.2023
Hajmi3,8 Mb.
#108500
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   30
Bog'liq
8530dde0-c348-4c39-9f95-a9d1e82eafac

Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Umumiy oʻrta ta’lim maktab 
oʻquvchilarida masala yechish asosida fizikadan ilmiy xabardorlik kompetensiyasini 
shakllantirish boʻyicha keltirilgan ilmiy metodik va amaliy takliflar asosida: 
oʻquvchilarda fizikadan fanga oid kompetensiyalarni shakllantirishning metodik 
modeli masalani tushunish, yechish, natijalarni tahlil qilishga tizimli tayyorlovchi 
grafikli, geometrik, analitik-sintetik metodlarni oʻqituvchilarning innovatsion 
faoliyatiga algoritmik munosabatda kiritishga oid tavsiyalardan Islom Karimov 
nomidagi Toshkent davlat texnika universitetining F-OT-2021-497 “Fotoelektrik 
issiqlik batareyalari asosida kogeneratsion qurilmalarini yaratishning ilmiy asoslarini 
ishlab chiqish” (2019-2022 yy.) mavzusidagi grant loyihasini “Fotoelektrik issiqlik 
batareyalarini fizik parametrlarini hisoblash” qismini bajarishda foydalanilgan (Islom 
Karimov nomidagi Toshkent davlat texnika universitetining 2023-yil 1-martdagi 
01/9-14-666-son dalolatnomasi). Natijada, fizikadan masala yechish mashgʻulotlarida 
oʻquvchilarning Quyosh energiyasi manbalarining fizik parametrlarini oʻrganish, 
fizik-texnik bilimlarga boʻlgan motivatsiyalarini oshirish hamda mustaqil fikrlash 
qobiliyatlari rivojlantirilgan; 
umumiy oʻrta ta’lim maktabi oʻquvchilarida koʻp funksiyali fizik masalalarni 
oson yechish va hayotda moddiy dunyoning umumiy qonuniyatlaridan foydalanish 
koʻnikmalarini hamda induktiv va deduktiv xulosalar chiqarish qobiliyatlarini ijobiy 
dinamikada rivojlantirishga qaratilgan nostandart muammoli vaziyatlarni individual 
yoʻnaltirilgan oʻquv muhitida differensial adaptatsiyada qoʻllashga doir tavsiyalari 
Toshkent shahri Yangihayot tumani 8-; Mirzo Ulugʻbek tumani 256-; Uchtepa 
tumani 296-; Surxondaryo viloyatining Termiz shahridan 3-,9-; Qiziriq tumanidagi 6-
; Fargʻona viloyatidagi Uchkoʻprik tumani 14-, 28-, 30-; umumta’lim maktablarida 
foydalanilgan (Oʻzbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi 
huzuridagi Respublika ta’lim markazining 2023-yil 10-maydagi 01/11-01/9-331-son 
ma’lumotnomasi). Natijada, umumiy oʻrta ta’lim maktablarida fizika fani dars 
mashgʻulotlari samaradorligini oshirishga erishilgan; 
fizikadan 
masalalar 
yechish 
asosida 
oʻquvchilarning 
fanga 
oid 
kompetensiyalarini 
shakllantirishning 
tashkiliy-metodik 
aspektlari 
dars 
va 
laboratoriya mashgʻulotlari integratsiyasiga asoslangan eksperimental masalalarni 
qayta aloqali muhitda produktivlik darajalarda qoʻllashga oid tavsiyalaridan 
Oʻzbekiston Milliy teleradiokompaniyasining “Ta’lim va taraqqiyot”, “Oʻzbekiston 
yoshlari” nomli telekoʻrsatuvlarini tayyorlashda foydalanilgan (Oʻzbekiston MTRK 
Toshkent shahri teleradiokompaniyasining 2023-yil 3-maydagi 04-36-383-son 
ma’lumotnomasi). Natijada, oʻquvchilarning kreativligi, hamda masalalar yechish 
asosida fanga oid kompetensiyalarini rivojlantirishga erishilgan. 

Download 3,8 Mb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   30




Download 3,8 Mb.
Pdf ko'rish