• Tadqiqot natijalarining ishonchliligi
  • Tadqiqot natijalarining ilmiy va amaliy ahamiyati.
  • Tadqiqotning amaliy natijalari




    Download 3,8 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet6/30
    Sana30.11.2023
    Hajmi3,8 Mb.
    #108500
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   30
    Bog'liq
    8530dde0-c348-4c39-9f95-a9d1e82eafac

    Tadqiqotning amaliy natijalari quyidagilardan iborat: 
    fanlararo integratsiyani ta’minlash maqsadida oʻquvchilarda fizikadan masala 
    yechish asosida ilmiy xabardorlik kompetensiyasini shakllantirishga qaratilgan 
    “Fizikadan masalalar yechish” toʻgaragi oʻquv dasturi ishlab chiqilgan va amaliyotga 
    joriy etilgan; 
    fizikadan amaliy mashgʻulotlarida foydalanish uchun “Molekulyar fizikadan 
    masalalar toʻplami” nomli oʻquv qoʻllanma ishlab chiqilib, metodologik 
    yondashuvlar asosida oʻquv resurslaridan samarali foydalanish metodik tizimi 
    aniqlashtirilgan; 
    oʻquvchilarda fizikadan masalalar yechish kompetentligini shakllantirish modeli 
    ishlab chiqilgan va amaliyotga joriy etilgan;
    pedagogik texnologiyalaridan foydalanib oʻquvchilarda fizikadan masalalar 
    yechish kompetentligini shakllantirish boʻyicha metodik tavsiyalar ishlab chiqilgan 
    va tajriba-sinov ishlarida amaliyotga tatbiq etilgan.
    Tadqiqot natijalarining ishonchliligi ishda qoʻllangan yondashuv va nazariy 
    ma’lumotlarning rasmiy manbalardan olinganligi, keltirilgan tahlillar va tajriba-sinov 
    ishlari samaradorligining matematik-statistik metodlar vositasida asoslanganligini
    xulosa, taklif va tavsiyalarning amaliyotga joriy etilganligini, olingan natijalarning 
    vakolatli tuzilmalar tomonidan tasdiqlangani bilan izohlanadi. 
    Tadqiqot natijalarining ilmiy va amaliy ahamiyati. Tadqiqot natijalarining 
    ilmiy ahamiyati dars va darsdan tashqari mashgʻulotlarda ta’lim texnologiyalaridan 
    foydalanib, 
    oʻquvchilarda 
    fizikadan 
    masalalar 
    yechish 
    kompetentligini 
    takomillashtirishga xizmat qiladigan didaktik vositalar va metodlarning ta’lim sifati 
    hamda samaradorligiga oid koʻrsatkichlar asosida tashkil etilganligi bilan izohlanadi. 
    Tadqiqot natijalarining amaliy ahamiyati masalalar yechish oʻquv materiallari 
    fanlararo integratsiyani ta’minlash asosida oʻquvchilarda fizikadan masalalar yechish 
    kompetentlikni shakllantirishga qaratilgan “Fizikadan masalalar yechish” toʻgaragi 
    oʻquv dasturi ishlab chiqilgan va amaliyotga joriy etilgan boʻlib innovatsiyalaridan 
    foydalanib oʻquvchilarda fizikadan masalalar yechish kompetentlikni shakllantirish 



    boʻyicha metodik tavsiyalar ishlab chiqilgan hamda pedagogik tajriba-sinov ishlari 
    natijalari sifati va samaradorligini oshirishga xizmat qilishi bilan belgilanadi. 

    Download 3,8 Mb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   30




    Download 3,8 Mb.
    Pdf ko'rish