Microsoft Word kompyuter lingvistikasi doc




Download 1.93 Mb.
Pdf ko'rish
bet82/117
Sana22.02.2023
Hajmi1.93 Mb.
#43214
1   ...   78   79   80   81   82   83   84   85   ...   117
Bog'liq
Formal grammatika nazariyasi
G’arb va Sharq munosabatlarida Markaziy Osiyo mintaqasining o’rni., Xalqaro munosabatlarda geosiyosiy omillar va nazariyalar, Yevroosiyoning dunyo miqyosidagi o’rni, Atom va uning planetar modeli, 13-Delphida massivlar bilan ishlash algoritmlarga doir misollar, 6ab9bf0ac2cded7d354dc5779178fbaf Bank risklari, Bo`lim boshlig`il, ZAMONAVIY IQTISODIY O\'SISH MODELLARI , 5 Hududlar kesimida qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini ishlab chiqarishning o‘sish sur’atlari-Темпы роста производства продукции, Mavzu Temperaturani o’lchash Reja, 10- mavzu. Korrupsiyaga qarshi kurash mexanizmlari, 1-Mavzu Korrupsiya tushunchasi va korrupsiyaga qarshi kurashish, Mavzu Raqamli texnika negiz elementlarini tadqiq etish Ishdan fayllar, Laboratoriya ishi №1 2 Mavzu Ikkilik sonlarni kompyuterda ifodala
Jurafsky D., Martin J.H. Speech and Language Processing. - New Jersey, 2000. – P. 353. 


114 
faqat avtomatik tarjima sistemasi ishlab chiqilgan tillarda maksimal darajada 
ishlatilmoqda. Lekin haligacha gapning to’laqonli semantik analizi yuzasidan 
sezilarli natijalarga erishilgani yo’q. Bu muammo kompyuter lingvistikasidagi 
ko’plab muammolar bilan tutashib ketadi. Jumladan, inson tafakkurini 
modellashtirish, sun’iy intellekt tizimi, semantik freym, Word-net kabilar. Agar 
sanab o’ilgan muammolar o’z yechimini topsa, shundagina semantik va konseptual 
analizning avtomatik tizimi ham to’laqonli ishlaydi.
Kompyuterdagi avtomatik tarjima kompyuter lingvistikasining eng 
zamonaviy yo’nalishlaridan biri hisoblanadi. Hozirgi kunda dunyoda keng 
tarqalgan jahon tillari uchun avtomatik tarjima dasturlari ishlab chiqilgan. 
Jumladan, ruschadan inglizchaga, inglizchadan ruschaga, ruschdan fransuzchaga 
yoki aksi tarzida dasturlar yaratilgan. Bunday dasturlar sirasiga SOCRAT
PROMPT, MAGIC GOODDY kabilar kiradi. Ular 2 xil ta’minotga asoslanib 
ishlaydi: 1) lingvistik ta’minot – bunda mavjud tillarning umumiy leksikoni 
kiritiladi, uning grammatikasi joylashtiriladi, bir so’z bilan aytganda, ma’lumotlar 
bazasi yaratiladi; 2) programmaviy ta’minot – bunda bir tildan ikkinchi tilga 
tarjima qilish algoritmi va kompyuter analizi ishlab chiqiladi (maxsus 
programmalashtirilgan tillar yordamida).
Avtomatik tarjimaning ishlash algoritmi quyidagicha bo’ladi:
1. 
Boshlanish – dasturlar paneli va menyu satri ko’rinadi. 
2. 
Ishlash rejimi tanlanadi. (tarjimaning yo’nalishi - inglizchadan 
ruschaga yoki ruschadan inglizchaga). 
3. 
Jumla kiritiladi va xotiradagi kodi qidirib topiladi. 
4. 
Topilgan kod maxsus dasturlar yordamida qayta ishlanadi va tarjima 
oynada paydo bo’ladi. 
5. 
Joriy rejimda ishlashni davom ettirish haqida so’raladi. 
6. 
Dasturni yopish haqida savol so’raladi. 
7. 
Dastur yopiladi. 
Avtomatik tarjimada samaradorlikning yuqori bo’lishiga tabiiy tillarning 
ayrim jihatlari – polisemiya (ko’p ma’nolilik), omonimlik, frazeologizmlar, 
idiomalar, paremalar, troplar to’sqinlik qiladi. Shularni istisno qilganda hozirda 
avtomatik tarjima yo’nalishida yuqori samaradorlikka erishilgan. Hatto hozirda 
faqat avtomatik tarjima yo’nalishiga bag’ishlangan saytlar ham yaratilgan. Bu 
avtomatik tarjimaning keng qamrovda taraqqiy etayotgan sohalardan ekanligini 
ko’rsatib turibdi. 
Hozirgi kunda inglizcha-o’zbekcha va o’zbekcha-inglizcha kompyuter 
tarjimasi dasturlari juda katta ahamiyatga ega. Ma'lumki, ingliz va o’zbek tillari 
leksik-grammatik xususiyatlariga ko’ra bir-biridan tubdan farq qiladi. O’zbek tilida 
gap qurilishi SOV (Ega+To’ldiruvchi+Kesim) qolipida bo’lsa, ingliz tilida SVO 


115 
(Ega+Kesim+To’ldiruvchi) qolipidadir; o’zbek tili agglyutinativ tillar sirasiga 
kiradi, ingliz tili esa flektiv til hisoblanadi. Shuning uchun ingliz tilidan 
o’zbekchaga va o’zbekchadan inglizchaga kompyuter tarjimasini yaratish o’ziga 
xos qiyinchliklarni keltirib chiqaradi. Bugungi kunda rus tili vositasida ingliz 
tilidan o’zbek tiliga avtomatik tarjima qiluvchi dasturlarning versiyalari e’lon 
qilingan. 
Ammo biz taklif qilayotgan ingliz tilidan o’zbek tiliga kompyuterda tarjima 
qilish dasturi vositachi tilsiz amalga oshiriladi. Ta'kidlash lozimki, mazkur ish 
gaplarning sintaktik analiz qilish algoritmlari va formal modellari bazasi asosida 
amalga oshiriladi. 
Ingliz tilidan o’zbek tiliga kompyuterda tarjima qilish algoritmi quyidagi 
vazifalarni hal qilish uchun mo’ljallangan: 
I.I. Analiz-bunda ingliz tilidagi gap quyidagi soddalashtirilgan model 
ramkasida sintaktik tahlil qilinadi. 
1.1. Ushbu model faqat sodda gaplarni qamrab oladi. 
2. Gapning har bir bo’lagi bitta so’zdan iborat bo’ladi. 
3. Gaplarda aniqlovchilar bo’lmaydi. 
4. 
Gaplarning standart tiplari ko’rib chiqiladi (darak gap 
(ega+kesim+to’ldiruvchi+hol), so’roq, inkor va so’roq-inkor gaplar). 
5. Fe'lning quyidagi tuslanishli shakllarni qamrab oluvchi kesimli gaplar 
ko’rib chiqiladi: 
a) shaxs (I, II, III shaxs); 
b) son (birlik va ko’plik); 
v) zamon (o’tgan, hozirgi, kelasi); 
g) harakat tipiga ko’ra (Simple) 
d) maylga ko’ra (Indicative) 
e) nisbatga ko’ra (Active) 
II. Tarjimada gaplar ingliz tilidan o’zbek tiliga o’giriladi. 
Algoritm quyidagi bosqichlardan tashkil topadi: 
1) gap kiritiladi; 
2) gapning har bir so’zi massivining elementlariga qo’shiladi; 
3) 
massivining elementlari yordamida lug’at elementlari bilan 
taqqoslanadi, bu lug’atda olmosh, ko’makchilar, ko’makchi va modal fe'llar, 
artikllar va noto’g’ri fe'llar ro’yxati mavjud bo’ladi; 
4) agar so’zlar yordamchi lug’atda topilmasa, unda taqqoslash maxsus 
lug’at yordamida davom ettiriladi; 
5) topilgan so’zlar yordamchi lug’atga beriladi, bu yerda so’zga ushbu 
so’zni va uning tarjimasini saqlovchi kod beriladi; 


116 
6) bunday so’z lug’atlarda mavjud bo’lmasa, so’z shakl yasovchi 
affikslardan ajratib olinadi va 5-ish bajariladi; 
7) agar so’zlar yordamchi va maxsus lug’atlardan topilmasa, ushbu 
so’zning yo’qligi haqida ma'lumot kiritiladi; 
8) gap 2 guruhga bo’linadi: kesimgacha bo’lgan so’zlar ega guruhiga 
kiradi (ega guruhiga ega); 
9) kesimdan boshlanib gapning oxirgacha bo’lgan so’zlar kesim guruhi 
hisoblanadi (kesim guruhiga: kesim, to’ldiruvchi, hol); 
10) kesim guruhidan kesim ajratib olinadi; 
11) so’ngra to’ldiruvchi ajratiladi; 
12) gapning qolgan qismi hol hisoblanadi; 
13) gapning har bir bo’lagi shakl yasovchi qo’shimchalarsiz tarjima 
qilinadi; 
14) tarjima qilingan gap bo’laklaridan o’zbek tilidagi gap tuziladi, u albatta 
ingliz tilidagi gap konstruksiyasiga mutanosib bo’ladi; 
15) o’zbek tilidagi so’zlarga ingliz tilidagi so’zlarga mutanosib ravishda 
affiks va qo’shimchalar qo’yib chiqiladi; 
16) tarjima chiqarib beriladi ("tarjima" rejimida); 
17) analiz chiqarib berilad ("analiz" rejimida). 

Download 1.93 Mb.
1   ...   78   79   80   81   82   83   84   85   ...   117




Download 1.93 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Microsoft Word kompyuter lingvistikasi doc

Download 1.93 Mb.
Pdf ko'rish