Microsoft Word kompyuter lingvistikasi doc




Download 1.93 Mb.
Pdf ko'rish
bet83/117
Sana22.02.2023
Hajmi1.93 Mb.
#43214
1   ...   79   80   81   82   83   84   85   86   ...   117
Bog'liq
Formal grammatika nazariyasi
G’arb va Sharq munosabatlarida Markaziy Osiyo mintaqasining o’rni., Xalqaro munosabatlarda geosiyosiy omillar va nazariyalar, Yevroosiyoning dunyo miqyosidagi o’rni, Atom va uning planetar modeli, 13-Delphida massivlar bilan ishlash algoritmlarga doir misollar, 6ab9bf0ac2cded7d354dc5779178fbaf Bank risklari, Bo`lim boshlig`il, ZAMONAVIY IQTISODIY O\'SISH MODELLARI , 5 Hududlar kesimida qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini ishlab chiqarishning o‘sish sur’atlari-Темпы роста производства продукции, Mavzu Temperaturani o’lchash Reja, 10- mavzu. Korrupsiyaga qarshi kurash mexanizmlari, 1-Mavzu Korrupsiya tushunchasi va korrupsiyaga qarshi kurashish, Mavzu Raqamli texnika negiz elementlarini tadqiq etish Ishdan fayllar, Laboratoriya ishi №1 2 Mavzu Ikkilik sonlarni kompyuterda ifodala
Topshiriqlar 
 
1. Morfologik analiz va sintez qanday protseduralarni o’z ichiga oladi?
2. Sintaktik analiz va sintezning mohiyati nimadan iborat?
3. Ingliz tilida gaplarning dastur orqali tarjimasi sifati qanday bo’ladi? 
4. Algoritmni hayotiy misollar bilan tushuntiring. 
5. Tarjima algoritmi nima? 
 
Adabiyotlar 
 
1. Нелюбин Л. Л. Компьютерная лингвистика и машинный перевод. – 
М.: ВЦП., 1991. 
2. Шемакин Ю.И. Начало компьютерной лингвистики. – М.: МГОУ. 
1992. 
3. Р. Г. Пиотровский. Текст, машина, человек. – М.: Просвещение. 
1989. 
4. Po'latov A., Muhamedova S. Kompyuter lingvistikasi. – Toshkent, 2007. 
5. Белоногов Г.Г. Компьютерная лингвистика и перспективные 
информационные технологии. М.: Русский мир, 2004. 


117 
Kompyuter lingvistikasi fanining rivojlanish istiqbollari
Reja 
1. Informatsion jamiyat va kompyuter lingvistikasi. 
2. Sun’iy intellekt g’oyasi. 
3. Ekspert tizimlar va neyron tarmoqlar. 
Tayanch so’z va iboralar: informatsion jamiyat, sivilizatsiyaning uch 
to’lqini, istiqbolli yo’nalishlar, sun’iy intellekt, neyron tarmoqlar, ekspert 
tizimlari, lingvistik protsessorlar, tabiiy tilli interfeys, biokompyuter, semiotik va 
biologik yondashuv, mashina ijodi, intellektual (ratsional) agent, texnologik 
singulyarlik, Tyuring testi, bilimlar injenerligi. 
Insoniyat uchinchi ming yillikning boshida axborot asriga qadam qo’ydi. 
Bu bilan bog’liq holda informatsion jamiyat konsepsiyasi ishlab chiqildi. Bu 
konsepsiyaning asoschisi amerikalik futurolog olim E.Toffler hisoblanadi. U 
jamiyatni turli bosqichlarga bo’lib o’rganishni taklif etib, sivilizatsiyaning uch 
to’lqinini ajratdi: a) birinchi to’lqin – industrial jamiyatgacha bo’lgan davr 
(qishloq xo’jaligi sivilizatsiyasi). Bunda asosiy boylik yer va tabiatdan olingan 
zahiralar hisoblanadi; b) ikkinchi to’lqin – industrial sivilizatsiya. Bunda asosiy 
boylik ishlab chiqarish vositalari sanaladi; c) uchinchi to’lqin – postindustrial 
sivilizatsiya (informatsion jamiyat). Bunda kapital va mehnat o’z o’rnini 
informatsiya va bilimga bo’shatib beradi.
Minglab yillar davomida rivojlangan inson tafakkuri uchun bugungi kunda 
dastlabki manba, ya'ni axborot olish hayotiy zaruriyatga aylandi. Shuning uchun 
jahon bozorida ma'lumot oltindan ham qimmatliroq baholanadi. Mazkur axborotni 
topish, saqlash, qayta ishlash va boshqalarga yetkazishning qulay usullariga 
bo’lgan ehtiyoj kun sayin oshib bormoqda. Demak, kimki mazkur qulay usullarni 
ishlab chiqsa, ularga egalik qilsa, mana shu odam dunyodagi eng boy odam 
bo’ladi. Ma'lumki, dunyodagi eng boy-badavlat kishi Bill Geyts hisoblanadi.
Nima uchun dunyodagi eng boy kishi kompyuter, ya'ni axborotni qabul qilish, 
saqlash va qayta ishlash sohasining vakili? Bu savolga Billi Geytsning o’zi 
shunday javob beradi: "Kim axborotga ega bo’lsa, u hamma narsaga ega bo’ladi" 
yoki uning yana bir mushohadasi dunyoga mashhur: "Axborot dunyodagi eng 
katta, eng qimmat moddiy boyliklardan ham ustun turadi, chunki ushbu boyliklar 
axborot vositasida qo’lga kiritiladi".
87
87

Download 1.93 Mb.
1   ...   79   80   81   82   83   84   85   86   ...   117




Download 1.93 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Microsoft Word kompyuter lingvistikasi doc

Download 1.93 Mb.
Pdf ko'rish