Microsoft Word kompyuter lingvistikasi doc




Download 1.93 Mb.
Pdf ko'rish
bet99/117
Sana22.02.2023
Hajmi1.93 Mb.
#43214
1   ...   95   96   97   98   99   100   101   102   ...   117
Bog'liq
Formal grammatika nazariyasi
G’arb va Sharq munosabatlarida Markaziy Osiyo mintaqasining o’rni., Xalqaro munosabatlarda geosiyosiy omillar va nazariyalar, Yevroosiyoning dunyo miqyosidagi o’rni, Atom va uning planetar modeli, 13-Delphida massivlar bilan ishlash algoritmlarga doir misollar, 6ab9bf0ac2cded7d354dc5779178fbaf Bank risklari, Bo`lim boshlig`il, ZAMONAVIY IQTISODIY O\'SISH MODELLARI , 5 Hududlar kesimida qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini ishlab chiqarishning o‘sish sur’atlari-Темпы роста производства продукции, Mavzu Temperaturani o’lchash Reja, 10- mavzu. Korrupsiyaga qarshi kurash mexanizmlari, 1-Mavzu Korrupsiya tushunchasi va korrupsiyaga qarshi kurashish, Mavzu Raqamli texnika negiz elementlarini tadqiq etish Ishdan fayllar, Laboratoriya ishi №1 2 Mavzu Ikkilik sonlarni kompyuterda ifodala
 
Avtomatik tahrir - kompyuter lingvistikasining asosiy yo’nalishlaridan 
biri bo’lib, u kompyuterdagi matn muharrirlari (Microsoft Word, Excel, 
Wordpad, Lexicon) rivojlanishi bilan bog’liqdir. Avtomatik tahrir matndagi 
mexanik xatolarni avtomatik tarzda to’g’rilanishi va xato ekanligi haqidagi 
signallarning userga taklif etilishi kabilar bilan bog’liq. Buni aniq misollar bilan 
tushuntiriladigan bo’lsa, Microsoft Word dasturi bilan ishlar ekanmiz, unda 
so’zlarning yozilishi bilan bog’liq xatolar bo’lsa, ularning ostiga qizil yoki ko’k 
rangda ostiga chizilishi, katta harf bilan yozilishi kerak bo’lgan so’zlarning 
avtomatik bosh harfga o’tkazilishi, hujjatga avtomatik numeratsiya qo’yilishi 
kabilar avtomatik tahrir erishgan yutuqlar hisoblanadi. 
Avtomatik tahrir yo’nalishi XX asrning o’rtalariga kelib rivojlandi. U matn 
muharrir dasturlari bilan birgalikda yangicha imkoniyatlar bilan, qo’shimcha 


138 
effektlar bilan rivojlanmoqda. Shu o’rinda alohida ta’kidlash zarurki, avtomatik 
tahrirlash tizimi faqat matn muharrirlari dasturlari bazasiga qo’shilgan tillarda 
amal qiladi, masalan, ingliz, rus, nemis, fransuz tillarida.
Avtomatik tahrirlash tizimi juda ko’p amaliy vazifalarni o’z ichiga oladi. 
Bu vazifalarning eng asosiylarini umumlashtirib sanab o’tmoqchimiz:
- orfografiyani tekshirish; 
- grammatika va stilistikani tekshirish; 
- kontekstli qidiruv; 
- formatlash
- avtomatik referatlash – matndagi kalit so’zlar asosida uning umumiy 
mundarijasini yaratish; 
- matn ichiga jadval, rasm, turli figuralar, klip-artlar, grafik sxemalar, 
diagrammalar qo’shish, giperhavolalar bilan ta’minlash; 
- matndagi abzatslar, belgilar, so’zlarning aniq miqdorini aniqlash 
(statistikasini ko’rsatish); 
- tezaurus xizmati – matndagi muayyan so’zning sinonimik variantlarini 
aniqlash; 
- transliteratsiyalash – bir alifbodan boshqa alifboga o’tkazish (masalan, 
kirill alifbosidan lotin alifbosidagi harfga almashtirish). 
Ms Word dasturida orfografiyani tekshirish imkoniyati cheklanganligi bois 
hozirgi kunda maxsus Spell Checker dasturlar yaratilmoqda. Bunday dasturlar 
sirasiga quyidagilarni kiritish mumkin: SpellLink Multilingual Pro (ingliz, ispan, 
italyan, nemis, fransuz, portugal, ukrain tillaridagi so’zlarning to’g’ri yozilishini 
tekshiradi), Orfo SpellLink English, SpellLink French, SpellLink Italian, SpellLink 
Spanish, Ruta 1.0 (rus va ukrain tillaridagi so’zlarning imlosini tekshirishga 
yordam beradi), Asutype, Spellex, Spell Catcher kabi.

Download 1.93 Mb.
1   ...   95   96   97   98   99   100   101   102   ...   117




Download 1.93 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Microsoft Word kompyuter lingvistikasi doc

Download 1.93 Mb.
Pdf ko'rish