• “Algol”
  • DIANA
  • Microsoft Word kompyuter lingvistikasi doc




    Download 1.93 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet98/117
    Sana22.02.2023
    Hajmi1.93 Mb.
    #43214
    1   ...   94   95   96   97   98   99   100   101   ...   117
    Bog'liq
    Formal grammatika nazariyasi
    G’arb va Sharq munosabatlarida Markaziy Osiyo mintaqasining o’rni., Xalqaro munosabatlarda geosiyosiy omillar va nazariyalar, Yevroosiyoning dunyo miqyosidagi o’rni, Atom va uning planetar modeli, 13-Delphida massivlar bilan ishlash algoritmlarga doir misollar, 6ab9bf0ac2cded7d354dc5779178fbaf Bank risklari, Bo`lim boshlig`il, ZAMONAVIY IQTISODIY O\'SISH MODELLARI , 5 Hududlar kesimida qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini ishlab chiqarishning o‘sish sur’atlari-Темпы роста производства продукции, Mavzu Temperaturani o’lchash Reja, 10- mavzu. Korrupsiyaga qarshi kurash mexanizmlari, 1-Mavzu Korrupsiya tushunchasi va korrupsiyaga qarshi kurashish, Mavzu Raqamli texnika negiz elementlarini tadqiq etish Ishdan fayllar, Laboratoriya ishi №1 2 Mavzu Ikkilik sonlarni kompyuterda ifodala
    Algoritmik tillar programmalashtirishga asoslangan sun’iy tillar bo’lib, 
    undagi matnlar xuddi tabiiy tildagidek aniq interpretatorga – insonga yoki 
    avtomatik qurilmaga yo’nalgan bo’lishi lozim, toki u axborotni qabul qilsin va 
    tushunsin. Agar bu jarayon (qabul qilish va tushunish) amalga oshmasa, u holda 
    algoritmik tillar va kompyuter orasida vositachi sifatida translyator-dasturlar 
    (yoki kompilyatorlar)dan foydalaniladi. Algoritmik tillar asosan imperativ 
    xarakterga ega bo’ladi, ya’ni asosan buyruqlar tizimiga tayanadi (begin - boshla, 
    end – tugalla kabi). Dastlabki shunday til 1958 yilda Parijda yaratilgan va 
    “Algol” deb atalgan (Uning to’liq nomi inglizcha – “Algorithmic language”). 
    Hozir jahonda 500 dan ortiq algoritmik tillar mavjud. 
    Analiz (tabiiy tilning kompyuterda morfologik, sintaktik va semantik tahlil 
    yordamida tushunilishi) va sintez (kompyuterda matnning grammatik 
    shakllantirilishi va generatsiyasi (hosil qilinishi) – kompyuter lingvistikasining 
    tayanch tushunchalari. Morfologik analiz morfemalarga ajratish hamda grammatik 
    ma’lumotlar tahlilini o’z ichiga oladi. Morfologik sintez esa matnga avtomatik 
    ishlov berish jarayonida yoki uning so’nggi bosqichida (natijalarni inson hukmiga 


    137 
    havola qilishda) so’zlarning turli shakllarini chiqarish, analiz natijalarini 
    umumlashtirishdan iborat. Morfologik analiz va sintez jarayoni kompyuterda 
    kodlash-dekodlash tamoyili asosida ishlaydi. Morfologik analizning mantiqiy 
    davomi sintaktik analiz hisoblanadi. Sintaktik analiz morfologik analiz ustiga 
    quriladi, bunda gap strukturasi turli formal modellar asosida tahlil etiladi.
     
    Avtomatik tarjima (mashina tarjimasi) – bir tildagi matnni ikkinchi bir 
    tilga EHM (kompyuter) vositasida, tez vaqt ichida tarjima qilish tizimi. Mashina 
    tarjimasi bo’yicha birinchi xalqaro konferensiya 1952 yilda Massachusets 
    texnologiya institutida o’tkazildi. 1954-yilda AQShdagi Jorjtaun Universitetida 
    dunyoda birinchi marta avtomatik tarjima tajribadan o’tkazildi. U GAT tizimi 
    (inglizcha “Georgetown Automatic Translation” birikmasining qisqartmasi) deb 
    ataladi. Bu tajribalar IBM-701 kompyuterida o’tkazildi. Bu tajribaning bazasi 
    algoritmlardan iborat bo’lib, 50000 ta so’z (60 ta gap)ni rus tilidan ingliz tiliga 
    tarjima qildi.
     SYSTRAN avtomatik tarjima tizimi yordamida bir yilda 2,5 mln. sahifa 
    matn ingliz tilidan nemis, fransuz, ispan, yunon, italyan tillariga hamda fransuz 
    tilidan ingliz, ispan, italyan tillariga tarjima qilinadi. DIANA avtomatik tarjima 
    tizimi 10 million ta so’z bazasiga asoslanib dunyoning 6 ta yirik tilida avtomatik 
    tarjimani ta’minlaydi. 40 mln.ta so’z xotira kuchiga ega YEUROTRA sitemasi 
    barcha Yevropa tillari bo’yicha avtomatik tarjimani amalga oshira oladi. 
    SOKRAT sistemasi ham 40 mln. ta so’z xotira kuchiga ega bo’lib, dunyodagi 40 
    ta tilda avtomatik tarjimani amalga oshiradi.
    Internet tizimining rivojlanishi natijasida avtomatik tarjima global 
    tarmoqda ham tashkil etildi, ya’ni hozirgi kunda online-tarjima tizimi ham faol 
    yo’lga qo’yilgan.

    Download 1.93 Mb.
    1   ...   94   95   96   97   98   99   100   101   ...   117




    Download 1.93 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Microsoft Word kompyuter lingvistikasi doc

    Download 1.93 Mb.
    Pdf ko'rish