145
tadqiqotchilarning ishlari va tajribalarini o’rganib,
ulardan foydalanib, rimliklar
uchun
"Grammatika san'ati" (“Grammatike techne”) nomli sistemalashtirilgan
dastlabki yunon grammatikasini yaratdi. Shundan buyon grammatikani falsafadan
mustaqil soha sifatida ajralib chiqdi.
Antik
davrda grammatika preskriptiv (to’g’ri gapirish, to’g’ri jumla tuzishni
ko’rsatuvchi yo’riqnoma) xarakterga ega bo’lgan. XVIII asr oxirlarida
grammatikani tushunish keskin o’zgardi. Bu davrda bobo
til konsepsiyasini ilgari
surgan qiyosiy-tarixiy grammatika shakllandi. Unda yevropa tillarining qadimgi
sanskrit tili bilan tarixiy aloqasini aniqlash yordamida hind-yevropa tillari
shajarasini rekonstruksiya qilish bo’yicha qiyosiy aspektda tadqiqotlar olib borildi.
XX asr boshlarida Ferdinand de Sossyur grammatikani tavsiflashda
sinxroniya va diaxroniyani farqladi. Bunda grammatikani tarixiy (diaxron)
o’rganishni emas, balki sinxron (muayyan vaqtdagi holati)
tadqiq qilish lozim deb
hisobladi. XX asrning 50-yillarida Noam Chomsky grammatikani tavsiflashning
yangi metodini tavsiya etdi. Bu tilshunoslikda “formal grammatika nazariyasi” deb
ataladi. Olimning tadqiqot natijalari kompyuter lingvistikasining shakllanishiga
asos bo’ldi. N.Chomskyning formal grammatika haqidagi qarashlari
“Syntactic
Structures” (1957) hamda
“Aspects of the Theory of Syntax” nomli kitoblarida
yoritilgan.
Grammatikaga bo’lgan yondashuvlar turlicha bo’lganligi
bois tilshunoslik
tarixida turli grammatikalar yaratilgan. Jumladan, nazariy grammatika va amaliy
grammatika; an’anaviy (klassik) grammatika va noklassik grammatika; sinxron va
diaxron grammatika; xususiy va umumiy (universal) grammatika; kategorial
grammatika, tobelik grammatikasi,
leksik-funksional grammatika, konstruktiv
grammatika, transformatsion grammatika, kontekstdan xoli grammatika (context-
free grammar) kabi.