n
l
n
l
ifoda yordamida hisoblanadi.
Demak, n = 1 da 2 ta, n = 2 da 8 ta, n = 3 da 18 ta, n = 4 da 32
ta, n = 5 da 50 ta va hokazo elektronlar bor.
Bir xil bosh kvant soniga ega bo‘lgan elektronlar majmuasi
elektron qobiq deyiladi. Qobiqlar 1 kvant soni bilan farqlanuvchi
qobiqchalarga bo‘linadi. Bosh kvant sonining qiymatlariga mos
ravishda qobiqlar quyidagicha belgilanadi:
ning qiymatlari 1 2 3 4 5 6 7
Qobiqlarning belgisi
Kvant mexanikasining qonunlaridan yana bittasi Pauli prinsipi
deb yuritiladi. Bu prinsip quyidagicha ta’riflanadi. Atomda yoki
biror-bir kvant sistemsida to‘rtta
bir xil kvant sonlariga ega
bo‘lgan ikkita elektron bitta kvant holatida bo‘lishi mumkin emas.
Ushbu prinsip faqat elektronlar uchun emas, balki yarim spin kvant
soniga ega bo‘lgan barcha zarralar uchun o‘rinlidir.
Mendeleyev davriy jadvalini to‘ldirishda Pauli prinsipi asosiy
rol o‘ynaydi. Bu sistemani to‘ldirish bilan qisqacha tanishib o‘taylik.
Shu narsani ta’kidlab o‘tish kerakki, sistema elementlarining
barchasida elektronlar minimal energiyali holatlarni egallashga
harakat qiladi. – qobiq
– qobiqchadan tashkil topganligi uchun
vodorod atomidagi bitta elektron ushbu qobiqchaga joylashtiriladi.
Geliy atomining ikkala elektroni – qobiqning
– qobiqchasiga
joylashtiriladi va shu bilan
– qobiq to‘ladi. Bu yerda
elektronlarning
spinlari
antiparalleldir
(23.1-rasm).
Vodorod
atomining elektron konfiguratsiyasi 1s bo‘lsa, geleyniki esa 1s
2
(2 ta
1s-elektron) bo‘ladi. Litiy atomining uchinchi elektroni L –
qobiqning 1s – qobiqchasiga joylashadi (23.1-rasm). Litiyning
elektron konfiguratsiyasi 1s
2
2s. Uning uchinchi elektroni qolgan
ikkitasiga nisbatan yuqori energetik holatlarda joylashganligi uchun
yadro bilan kuchsiz bog‘lanadi va u atomning kimyoviy va optik
xossalarini belgilaydi. Berilliy atomida 2s – qobiqcha to‘ldiriladi.
Navbatdagi olti (B, C, N, O, F va Ne) elementlarda 2p – qobiqcha
to‘ldiriladi. Neon atomida
– va
– qobiqlar to‘ladi. Geliy
sistemasiga o‘xshash sistemani takrorlagani uchun u ham inert gaz
bo‘ladi. Natriy atomida
– va – qobiqlar to‘lgan bo‘lib, bitta
elektron 3sqobiqchaga joylashadi.
12.4-rasm
Natriyning elektron konfiguratsiyasi 1s
2
2s
2
2p
6
3s bo‘ladi. Natriyning
3s elektroni yadrosi bilan kuchsiz bog‘langan bo‘lib, u valent va
optik elektron bo‘ladi. Shu tufayli natriy xossalari litiyga
o‘xshashdir. Natriydan keyin 3s- va 3pqobiqchalar normal to‘ladi.
Berilgan umumiy konfiguratsiyada 3d- qobiqcha 4s- qobiqchaga
qaraganda energetik jihatdan yuqorida joylashganligi uchun
–
qobiq to‘lib ulgurmasdan – qobiqning to‘ldirilishi boshlanadi. 4p –
qobiqcha 3d – qobiqchaga nisbatan energetik jihatdan yuqorida
joylashganligi uchun, 4s – qobiqchadan so‘ng 3d – qobiqcha
to‘ldiriladi. Qolgan barcha element atomlarining energetik sathlari
ham ana shunday ketma-ketlikda elektronlar bilan to‘ldiriladi.
|