|
Academic Research in Educational SciencesBog'liq 723-731Academic Research in Educational Sciences
VOLUME 2 | ISSUE 11 | 2021
ISSN: 2181-1385
Scientific Journal Impact Factor (SJIF) 2021: 5.723
Directory Indexing of International Research Journals-CiteFactor 2020-21: 0.89
DOI: 10.24412/2181-1385-2021-11-723-731
Google Scholar
Scientific Library of Uzbekistan
Academic Research, Uzbekistan 727 www.ares.uz
–ikkilamchi reaksiyalarning faollanish energiyasi:
–elementli parchalanishning faollanish energiyasi.
Agar termik jarayonning maqsadli vazifasi alkenlarni olish bo‟lsa, unda
reaksiyani yuqori haroratda o‟tkazish kerakki birlamchi reaksiyalarning tezligi
ikkilamchi jarayolarning tezligidan yuqori bo‟lsin. Ammo haroratni 900
0
S dan
yuqori ko‟tarish maqsadga muvofiq emas, chunki bunda ma`lum darajadagi tezlik
bilan parchalanish reaksiyalari boshlanadi.
Past molekulali alkenlarni olish uchun jarayonni pastroq bosimda o‟tkazish
kerak. Reaksiyalarning kam davom etishini ta`minlash uchun хomashyo oqimining
katta tezliklarini talab qiluvchi jarayonning teхnologik хususiyatlari ancha katta
gidravlik qarshiliklarini yengish bilan bog‟liq, buning uchun reaksion zmeyevikka
kirish joyida oshirilgan bosim vujudga keltiriladi. Uglevodorodlar bosimining
pasayishi хomashyoni inert moddalar (odatda suv bug‟i bilan) yordamida suyultirish
bilan amalga oshiriladi.
Uglevodordlar pirolizining tezligi molekulyar vodorod ishtirokida oshadi.
Atomar vodorod bilan bir qatorda pirolizning zanjirli jarayonini olib boradigan metil
radikali molekulyar vodorod ishtirokida ikkita parallel bo‟yicha tasirlashadi vodorod
molekulasi va dastlabki uglevodorod, masalan geksan bilan:
̇
̇
̇
̇
haroratda birinchi reaksiyaning tezlik konstantasi ikkinchisinikiga
qaraganda bir tartib yuqori (
) konsentratsiyasi bir hil bo‟lganda). Metil
radikalining alkenlar bilan reaksiyasi tezligi vodorod bilan o‟zaro ta`sir tezligidan
pastdir (1–buten uchun tezlik konstantantasi 4 martaga farq qiladi).
Hosil bo‟layotgan atomar vodorod хomashyo uglevodorodlarining molekulalari
bilan ta`sirlashadi. Bu reaksiyaning tezlik konstantasi uglevodorodlarning metil
radikali bilan o‟zaro ta`sir tezlik konstantasida 2–3 tartibga ko‟pdir.
Natijada molekulyar vodorod piroliz yig‟indi jarayonining gomogen
katalizatori rolini o‟ynaydi. Bundan tashqari, u vinil radikallari bilan ta`sirlashib
dienlar hosil bo‟lish reaksiyasini ma`lum darajada yengadi va ularni etilenga
birikishini oldini
oladi. Buning natijasi bo‟lib kondensatsiyaning og‟ir
mahsulotlarining
chiqishining pasayishi hisoblanadi.
|
| |