|
Academic Research in Educational SciencesBog'liq 723-731Academic Research in Educational Sciences
VOLUME 2 | ISSUE 11 | 2021
ISSN: 2181-1385
Scientific Journal Impact Factor (SJIF) 2021: 5.723
Directory Indexing of International Research Journals-CiteFactor 2020-21: 0.89
DOI: 10.24412/2181-1385-2021-11-723-731
Google Scholar
Scientific Library of Uzbekistan
Academic Research, Uzbekistan 726 www.ares.uz
yaqib yoki atmosfera bosimdan bir necha yuqori bosimlarda va 1000-1500 K
haroratlar tartibida amalga oshiriladi. Bunday sharoitlarda uglevodorodlarining
bo‟linishi reaksiyalarning gaz fazasida erkin radikallar shaklida kechadi.
MUHOKAMA
Uglevodorodlar termik parchalanishining qonuniyatlari ma`lum darajada
termik kreking sharoitidan (470–540
0
S) piroliz sharoitida (700–1000
0
S) o‟tganda
o‟zgaradi. Harorat jarayon meхanizmiga va mahsulotlar tarkibiga ta`sir ko‟rsatadi.
Piroliz va krekingda sodir bo‟ladigan yig‟indi reaksiyalarni quyidagi uchta
guruhga bo‟lish mumkin:
1) alkenlarning hosil bo‟lishiga olib keladigan kreking va degidrogenlanishining
birlamchi reaksiyalari:
2) alkenlar o‟zgarishining ikkilamchi reaksiyalari polimerlanish va
kondensatsiyalanish:
3) pirouglerod, vodorod va qisman atsetilen hosil bo‟ladigan to‟g‟ridan– to‟g‟ri
molekulyar parchalanish reaksiyalari.
Pirolizning yuqori haroratlari sharoitida molekulalarning juda yuqori
energoto‟yinganligida radikallar konsentratsiyasi oshadi. Bu zanjir uzunligining
kamayishiga va radikal– zanjirli bo‟lmagan parchalanish rolining oshishiga olib
keladi. Radikal–zanjirli bo‟lmagan parchalanishda ayrim uglevodorodlar bir– biriga
bog‟liq bo‟lmagan holda parchalanadi.
Haroratning oshishi faollanish energiyasining qiymatlari ancha yuqori bo‟lgan
reaksiyalarni tezlashtiradi, buning natijasida radikallarning turli reaksiyalar orasidagi
nisbat o‟zgaradi. Energiyani kam talab qiladigan birikish reaksiyalariga nisbatan
radikallar parchalanishining energiyani ko‟p talab qiladigan reaksiyalarning
aхamiyati oshadi. Alkenlar o‟zgarishlarining ikkilamchi reaksiyalariga harorat ham
ta`sir ko‟rsatadi. Faollanish energiyasining ancha past qiymatlari bilan
хarakterlanadigan alkenlarning kondensatsiyalanish reaksiyalariga nisbatan yuqori
faollanish energiyasi bilan amalga oshadigan alkenlarning parchalanishi harorat
oshishi bilan ancha tezlashadi. Va nihoyat harorat piroliz reaksiyalarning asosiy
guruhlari
orasidagi
nisbatni
belgilaydi.
(birlamchilar,
ikkilamchilar
va
pirouglerodlarning hosil bo‟lishi). Bu reaksiya turlarining faollanish energiyasi
qiymatlarini quyidagi qatorga joylashtirilish mumkin:
Bu yerda
–birlamchi reaksiyalarning faollanish energiyasi:
|
| |