1.2. Pul mablag‘lari va valyuta operatsiyalari hisobining me’yoriy-
huquqiy asoslari
Pul mablag‘lari va valyuta operatsiyalari hisobining me’yoriy-huquqiy
asoslaridan biri – bu O‘zbekiston Respublikasining “Buxgalteriya hisobi
to‘g‘risida (yangi tahrir)”gi qonunidir
13
. Ushbu Qonun O‘zbekiston Respublikasi
Oliy majlisi Qonunchilik palatasi tomonidan 2016 yil 3 martda qabul qilingan va
Senati tomonidan 2016 yil 31 martda ma’qullangan.
“Buxgalteriya hisobi to‘g‘risida”gi qonunning 4-moddasiga muvofiq,
buxgalteriya hisobi barcha xo‘jalik operatsiyalarini yaxlit, uzluksiz, hujjatlar
asosida hisobga olish yo‘li bilan buxgalteriya axborotini yig‘ish, qayd etish va
umumlashtirishning tartibga solingan tizimidan, shuningdek, uning asosida
moliyaviy va boshqa hisobotni tuzishdan iboratdir.
11
Қурбанов З.Н. Солиқ ҳисоби ва аудитининг назарий ва методологик асослари. И.ф.д. илм. дар. ол. уч.
тақд. эт. дисс. автореф. – Тошкент, 2011. – Б. 26.
12
Палий В.Ф. Международные стандарты финансовой отчетности. – М.: ИНФРА-М, 2003. – 454 с.; Стражев
В.И. Оперативное управление предприятием. Проблемы учета и анализа. – Минск: Наука и техника, 1973. –
152 с.; Пардаев А. Х., Пардаев Б.Х. Бошқарув ҳисоби. – Тошкент: Фан, 2008. – 252 с.
13
Ўзбекистон Республикасининг қонуни. Бухгалтерия ҳисоби тўғрисида. Ўзбекистон Республикаси қонун
ҳужжатлари тўплами. – Тошкент, 2016. – №15. – Б. 17-26.
15
Mazkur Qonunning 6-moddasiga muvofiq, davlat hokimiyati va boshqaruvi
organlari, O‘zbekiston Respublikasida ro‘yxatga olingan yuridik shaxslar, ularning
O‘zbekiston Respublikasi hududida hamda undan tashqarida joylashgan sho‘‘ba
korxonalari, vakolatxonalari, filiallari va boshqa tarkibiy bo‘linmalari buxgalteriya
hisobi sub’ektlaridir.
SHuningdek, Qonunning ushbu moddasida aniq belgilanganki, yuridik shaxs
tashkil
etmasdan tadbirkorlik
faoliyati bilan
shug‘ullanuvchi shaxslar,
fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari, shuningdek, chet el yuridik
shaxslarining O‘zbekiston Respublikasi hududidagi vakolatxonalari, filiallari va
boshqa tarkibiy bo‘linmalari qonun hujjatlarida belgilangan tartibda hisob yuritadi
hamda hisobot taqdim etadi.
SHunisi ahamiyatliki,
“Buxgalteriya hisobi to‘g‘risida”gi qonunning 10-
moddasida buxgalteriya hisobi standartlari buxgalteriya hisobini yuritish va
moliyaviy hisobotni tuzishga doir minimal talablarni belgilashi, bunda buxgalteriya
hisobining milliy standartlari buxgalteriya hisobini tashkil etish, yuritish va
moliyaviy hisobotni tuzishga doir maxsus talablarni belgilashi va buxgalteriya
hisobi sub’ektlarini moliyaviy hisobotning xalqaro standartlarini qonun hujjatlarida
belgilangan tartibda qo‘llashining mumkinligi e’tirof etilgan.
Mazkur Qonunning 13-moddasiga ko‘ra, pul, tovar-moddiy boyliklarni va
boshqa boyliklarni qabul qilish hamda berish uchun asos bo‘lib xizmat qiladigan
hujjatlar, kredit va hisob-kitob majburiyatlari, shuningdek, moliyaviy va boshqa
hisobotlar buxgalteriya hisobi sub’ektining rahbari tomonidan yoki u belgilaydigan
shaxslar tomonidan imzolanadi.
E’tirof etish joizki, “Buxgalteriya hisobi to‘g‘risida”gi qonunning 14-
moddasida boshlang‘ich hisob hujjatlarining majburiy rekvizitlari aniq belgilangan
bo‘lib, ular quyidagilardan iborat:
* buxgalteriya hisobi sub’ektining nomi;
* hujjatning nomi va raqami, u tuzilgan sana va joy;
* xo‘jalik operatsiyasining nomi, mazmuni va o‘lchov birliklari ko‘rsatilgan
miqdor o‘lchovi (natura va pulda ifodalangan holda);
16
* xo‘jalik operatsiyasini bajargan shaxslarning (shaxsning) identifikatsiya
qilish uchun zarur bo‘lgan familiyasi hamda ismi va otasi ismining bosh harflari
yoxud boshqa rekvizitlari ko‘rsatilgan holda lavozimlari nomi va imzolari.
Boshlang‘ich hisob hujjatlarini tuzgan va imzolagan shaxslar ularning o‘z
vaqtida, to‘g‘ri va ishonchli tuzilishi, shuningdek, buxgalteriya hisobida aks
ettirish uchun belgilangan muddatlarda topshirilishiga javobgardir.
Ta’kidlash joizki, “Buxgalteriya hisobi to‘g‘risida”gi qonunning 14-
moddasida moliyaviy hisobot shakllari majmui aniq belgilab berilgan bo‘lib, u
quyidagi shakllarni qamrab oladi:
* buxgalteriya balansi;
* moliyaviy natijalar to‘g‘risidagi hisobot;
* pul oqimlari haqidagi hisobot;
* xususiy kapital to‘g‘risidagi hisobot;
* izohlar, hisob-kitoblar va tushuntirishlar.
Xo‘jalik yurituvchi sub’ektlarning pul mablag‘lari va valyuta
operatsiyalarining me’yoriy-huquqiy asoslaridan yana biri bo‘lib, O‘zbekiston
Respublikasi Markaziy bankining 2015 yil 16 maydagi 12/17-sonli (O‘zbekiston
Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2015 yil 22 iyulda 2687-raqam bilan
ro‘yxatdan o‘tkazilgan) “YUridik shaxslar tomonidan kassa operatsiyalarini
amalga oshirish qoidalarini tasdiqlash haqida”gi yo‘riqnomasi hisoblanadi.
Mazkur Yo‘riqnomaga muvofiq:
* barcha xo‘jalik yurituvchi sub’ektlar, mulkchilik shaklidan qat’iy nazar,
o‘zlarining pul mablag‘larini banklarda saqlashlari shart;
* korxona va tashkilotlar o‘rtasidagi hisob-kitoblar naqd pulsiz tartibda
amalga oshiriladi. Agar qonun hujjatlarida ko‘zda tutilgan bo‘lsa, ushbu hisob-
kitoblar naqd pulda ham amalga oshirilishi mumkin;
* tashkilotlar bankdan olgan naqd pullarini qaysi maqsad uchun olgan
bo‘lsalar, uni faqat o‘sha maqsadda ishlatishlari shart;
* tashkilotlar ish kuni oxirida o‘z kassalarida qolgan naqd pul mablag‘larini
belgilangan limit doirasida saqlashlari mumkin;
17
* kassadagi naqd pul qoldig‘i limitini belgilash va tushum hisobidan xarajat
qilish har yili yanvar oyida tashkilotlar va banklar o‘rtasidagi buyurtma hisob-
kitobga muvofiq amalga oshiriladi.
O‘rtacha kunlik naqd pul tushumi eng kam oylik ish haqi summasiga (2016
yil 1 oktyabrdan boshlab 149 775 so‘m) etmaydigan tashkilotlar uchun limit 2 yil
muddatga belgilanadi.
“YUridik shaxslar tomonidan kassa operatsiyalarini amalga oshirish
qoidalarini tasdiqlash haqida”gi yo‘riqnomada aniq belgilab qo‘yilganki,
tashkilotlar har kuni o‘z kassasidagi naqd pul mablag‘larining belgilangan limit
doirasidan ortiqcha qismini banklarning kunduzgi va kechki kassalariga yoki
banklarga etkazib berish uchun inkassatorlarga topshirishlari shart.
Tashkilotlar o‘z kassasidagi naqd pul mablag‘larining belgilangan limitdan
ortiqcha qismini mehnatga haq to‘lash, mukofotlar, sug‘urta to‘lovlari, nafaqalar,
stipendiyalar va pensiyalarni to‘lash uchun, bankdan olingan kunni qo‘shib
hisoblaganda 3 ish kunidan ortiq bo‘lmagan muddat mobaynida saqlash huquqiga
ega.
SHuningdek, mazkur Yo‘riqnomada xizmat safari xarajatlari uchun berilgan
mablag‘larning sarflanmay qolgan qismini xizmat safari muddati tugagandan so‘ng
3 ish kunidan kechiktirmasdan tashkilot kassasiga naqd pulda qaytarish, agar
xizmat safari xarajatlari xodimning bank plastik kartasi hisobraqamiga o‘tkazib
berilgan bo‘lsa, mablag‘larning sarflanmay qolgan qismi to‘lov terminali yoki
xodimning arizasiga binoan 5 ish kuni ichida qaytarilishi aniq belgilab qo‘yilgan.
“YUridik shaxslar tomonidan kassa operatsiyalarini amalga oshirish
qoidalarini tasdiqlash haqida”gi yo‘riqnomaga asosan, kassa operatsiyalarida
birlamchi hujjat bo‘lib, kassa kirim orderi va kassa chiqim orderi hisoblanadi.
Bunda, naqd pul qabul qilinganda buxgalteriya hisobi va moliyaviy boshqarish
vazifalarini amalga oshiruvchi shaxs hamda kassir tomonidan imzolangan, kassir
muhri (shtamp) bilan tasdiqlangan kassa kirim orderi yoki kassa apparatining izi
tushirilgan chipta (slip) pul topshirgan shaxsga beriladi.
18
O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan Bank boshqaruvining
2013 yil 26 apreldagi 9/1-sonli qarori bilan “O‘zbekiston Respublikasida naqd
pulsiz hisob-kitoblar to‘g‘risida”gi nizomning tasdiqlanganligi pul mablag‘lari
hisobining huquqiy asoslarini mustahkamlash yo‘lidagi jiddiy qadam bo‘ldi
14
.
SHuningdek, Inventarizatsiyani tashkil etish va o‘tkazish nomli 19-sonli
Buxgalteriya hisobi milliy andozasiga binoan kassa inventarizatsiyasini har oyda
o‘tkazish belgilab qo‘yilgan.
Xo‘jalik yurituvchi sub’ektlarning valyuta operatsiyalari hisobining
me’yoriy-huquqiy asoslaridan biri bo‘lib, shubhasiz, O‘zbekiston Respublikasining
“Valyutani tartibga solish to‘g‘risida”gi qonuni (2003 yil 11 dekabrda qabul
qilingan) hisoblanadi.
Mazkur Qonunga muvofiq:
* chet el valyutasi, chet el valyutasidagi qimmatli qog‘ozlar, chet el
valyutasidagi to‘lov hujjatlari va sof quyma oltin valyuta boyliklari hisoblanadi;
* valyuta operatsiyalariga quyidagilar kiradi:
– valyuta boyliklariga bo‘lgan mulk huquqining va boshqa huquqlarning
o‘zga shaxsga o‘tishi hamda valyuta boyliklarini to‘lov vositasi sifatida ishlatish
bilan bog‘liq operatsiyalar;
– valyuta boyliklarini O‘zbekiston Respublikasiga olib kirish va jo‘natish,
shuningdek O‘zbekiston Respublikasidan olib chiqish va jo‘natish;
– xalqaro pul jo‘natmalarini amalga oshirish;
– rezidentlar va norezidentlar o‘rtasida milliy valyutadagi operatsiyalar;
* rezident yuridik shaxslarning chet el valyutasidagi mablag‘lari
O‘zbekiston
Respublikasi
hududidagi
vakolatli
banklardagi
valyuta
hisobvaraqlarida saqlanadi va ular tomonidan qonun hujjatlariga muvofiq mustaqil
ravishda foydalaniladi;
14
Ўзбекистон Республикаси Марказий банки Бошқарувининг 2013 йил 26 апрелдаги 9/1-сонли (Ўзбекистон
Республикаси Адлия вазирлиги томонидан 2013 йил 3 июнда 2465-рақам билан рўйхатдан ўтказилган)
“Ўзбекистон Республикасида нақд пулсиз ҳисоб-китоблар тўғрисидаги низомни тасдиқлаш ҳақида”ги
қарори//Ўзбекистон Республикаси қонун ҳужжатлари тўплами. – Тошкент, 2013. - №23. – 68-101-б.
19
* O‘zbekiston Respublikasi hududida barcha hisob-kitoblar va to‘lovlar
milliy valyutada amalga oshiriladi.
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2000 yil 29 iyundagi
245-sonli “Birjadan tashqari valyuta bozorini yanada rivojlantirish va
mustahkamlash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarorining qabul qilinishi xo‘jalik
yurituvchi sub’ektlarning valyuta operatsiyalarini rivojlantirishga kuchli turtki
berdi. Mazkur Qarorga muvofiq, 2000 yil 1 iyuldan boshlab birjadan tashqari
valyuta bozorida xorijiy valyutani sotish mexanizmi joriy etildi
15
.
Xulosa qilib aytganda, O‘zbekiston Respublikasida xo‘jalik yurituvchi
sub’ektlarning pul mablag‘lari va valyuta operatsiyalarining me’yoriy-huquqiy
asoslari yaratilgan bo‘lib, ular doimiy ravishda takomillashtirib borilmoqda.
|