-BOB. PUL MABLAG‘LARI VA VALYUTA OPERATSIYALARI




Download 0,7 Mb.
Pdf ko'rish
bet8/21
Sana03.06.2024
Hajmi0,7 Mb.
#259835
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   21
Bog'liq
pul mablaglari va valyuta operatsiyalari-1

2-BOB. PUL MABLAG‘LARI VA VALYUTA OPERATSIYALARI 
HISOBINING AMALIYOTDA QO‘LLANILISHI 
2.1. Pul mablag‘lari hisobining amaldagi holati 
Pul mablag‘lari hisobi kassa operatsiyalari hisobi va naqdsiz pul mablag‘lari 
hisobini o‘z ichiga oladi. 
Kassa operatsiyalarini olib borish uchun korxona shtatidan kassir ajratiladi. 
U o‘zi tuzib olgan barcha boyliklarning but saqlanishi uchun to‘liq moddiy 
javobgar shaxs hisoblanadi. Kassirni tayinlash bo‘yicha buyruq chiqqanidan 
so‘ng korxona rahbari uni operatsiyalarni olib borish tartibi bilan tanishtirishi, 
to‘liq yakka moddiy javobgarlik haqida u bilan shartnoma tuzishi shart. Kassir 
o‘z vazifalarini xech kimning zimmasiga yuklay olmaydi. Kassirni vaqtinchalik 
almashtirishga extiyoj tug‘ilganida korxona rahbarining Qarori asosida uning 
vazifalari boshqa xodim zimmasiga yuklanadi. O‘z navbatida, u bilan to‘liq 
moddiy javobgarlik to‘g‘risida shartnoma tuziladi. Kassir to‘satdan ishini 


26 
tashlab ketishga majbur bo‘lganida (kasal bo‘lganida va boshqa hollarda) 
uning tegishli boyliklarni korxona rahbari tayinlagan shaxslardan iborat 
komissiya boshqa kassirga o‘tkazadi. Bunda qayta hisoblashish natijalari va 
boyliklarni berish haqida dalolatnoma tuziladi, unga komissiya a’zolari imzo 
chekadi. 
Korxona rahbari pul mablag‘larining kassada but saqlanishini 
ta’minlaydigan shart-sharoitlarni yaratishi lozim. Kassa uchun keragicha 
jihozlangan alohida xona, seyf o‘rnatilishi zarur. Ish oxirida kassir kassa seyfini 
kalit bilan bekitishi va surg‘uchli muhr 
 
bilan muhrlashi shart. Seyf kaliti va 
muhr kassirda saqlanadi, kalitning boshqa nusxalari kassir muhrlagan paketlar
qutichalarda korxona rahbarida turadi. 
Korxona kassasiga nakd pullarni qabul qilish KO-1 shaklidagi kassa kirim 
orderi bilan amalga oshiriladi. U ikki qismdan iborat: kirim orderi (blankning 
chap qismi) va unga oid kvitansiya (o‘ng qismi). Kassa kirim orderini 
buxgalteriya yozib beradi va bosh buxgalter yoki u vakolat bergan shaxs 
tomonidan imzolanadi. Kirim orderini kassaga topshirishdan oldin, albatta, 
kirim va chiqim hujjatlarini qayd qilish jurnalida (KO-3 yoki KO-4 shakli) qayd 
qilinishi lozim. Jurnal ikki qismmdan iborat: chap qismida kassaga kelib tushgan 
pul mablag‘lari, o‘ng qismida sarflangan pul mablag‘lari qayd qilinadi. 
Kassa kirim orderini pul topshirayotgan shaxslar qo‘liga berish ta’qiqlanadi. 
Kirim orderi ijro etish uchun bevosita kassaga topshiriladi, bu erda kassir 
orderning to‘g‘ri rasmiylashtirilganligini, bosh buxgalterning imzosi borligi va 
haqiqiyligini tekshiradi, pulni qabul qiladi, kirim orderi va kvitansiyani 
imzolaydi. Pul topshirgan shaxsga kirim orderi kvitansiyasi beriladi. Kassa 
kirim orderi bo‘yicha pullar faqat ushbu hujjat to‘ldirilgan kunda qabul qilinadi. 
Bankdagi Hisob-kitob schyoti va boshqa schyotlardan kassaga naqd pul kelib 
tushganida ham kassa kirim orderi tuziladi va uning kvitansiyasi to‘ldiriladi. 
Kvitansiya Hisob-kitob schyotidan pullarni hisobdan chiqarish uchun bank 
muassasasi ko‘chirmasiga qo‘shib qo‘yiladi. 

1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   21




Download 0,7 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



-BOB. PUL MABLAG‘LARI VA VALYUTA OPERATSIYALARI

Download 0,7 Mb.
Pdf ko'rish