20
– moliyaviy operatsiyalardan zarar ko‘rish.
G‘arb mamlakatlarida keng qo‘llanilayotgan pul
oqimini baholash usulida
korxonaning umumiy pul oqimi pul mablag‘lari kirim elementlari bilan chiqim
elementlari o‘rtasidagi farq sifatida aniqlanadi. Bunda pul mablag‘larining kirim
elementlariga quyidagilar kiradi:
– olingan foyda;
– hisoblangan amortizatsiya;
–
tovar zaxiralari, asosiy fondlarning sotilishi, debitor qarzdorlikning
kamayishi;
– kreditor qarzdorlikning oshishi;
– boshqa passivlarning o‘sishi;
– aksiyadorlik kapitalining ko‘payishi;
– yangi ssudalar olish.
Pul mablag‘larining chiqim elementlariga quyidagilar kiradi:
– soliqlar to‘lash;
– foizlar to‘lash;
– dividendlar to‘lash;
– jarima va penyalar to‘lash;
– zaxiralarga, debitor qarzdorlik va asosiy fondlarga qo‘shimcha mablag‘lar
sarflash;
– kreditor qarzdorlikni qisqartirish;
– boshqa passivlarni kamaytirish;
– aksiyadorlik kapitalining kamayishi;
– ssudalarning qoplanishi
16
.
Taraqqiy etgan mamlakatlarda iqtisodiyotning pul mablag‘lari
bilan
ta’minlanganlik darajasi yuqori bo‘lib, korxonalar o‘rtasida debitor-kreditor
qarzdorlik muammosi mavjud emas. SHu sababli, debitor-kreditor qarzdorlikni
qisqartirish korxonaning umumiy pul oqimiga bevosita ta’sir qiladi va korxonalar
bunday imkoniyatga ega. Ammo respublikamizda iqtisodiyotning pul mablag‘lari
16
Банковское дело. Учебник. Под ред. проф. О.И. Лаврушина. – М.:КНОРУС, 2008. – С. 384.
21
bilan ta’minlanganlik darajasi nisbatan past bo‘lganligi (01.01.2017 y.
holatiga
24,5%) sababli korxonalarning debitor qarzdorlikni kamaytirish imkoniyati
cheklangan.
Korxonalar joriy aktivlarining tarkibi va dinamikasi ularning pul oqimi
barqarorligini ta’minlashda muhim o‘rin tutadi. Buning sababi shundaki,
korxonalar joriy aktivlarining tarkibida muddati o‘tgan debitor qarzdorlik
salmog‘ining oshishi, tovar zaxiralari va debitor qarzdorlikning aylanish
tezligining pasayishi bevosita pul oqimining barqarorligiga ta’sir ko‘rsatadi
17
.
Korxonalarning pul oqimi barqarorligini baholashda pul mablag‘lariga
bo‘lgan minimal talabni aniqlash muhim o‘rin tutadi. Taraqqiy etgan mamlakatlar,
xususan, Germaniya va Fransiya amaliyotida pul mablag‘lariga bo‘lgan
minimal
talabni aniqlashda quyidagi ko‘rsatkich qo‘llaniladi: