24
Iqtisodchi olimlarning pul mablag‘lari va
valyuta operatsiyalarining
mohiyati va buxgalteriya hisobi xususidagi nazariy qarashlarini o‘rganish natijalari
ko‘rsatdiki:
* kompaniyalarning pul oqimi barqarorligini ta’minlashda asosiy e’tibor
operatsion pul oqimining barqarorligiga qaratilishi kerak. Bunda operatsion pul
oqimi investitsion xarajatlarni
moliyalashtirishga, qarzlar va dividendlarni
to‘lashga etishi lozim;
* korxonalarning pul oqimi barqarorligini ta’minlashda asosiy e’tiborni
CVPga (Cost-Volume-Profit – korxonaning zararsizlik nuqtasi) qaratish maqsadga
muvofiq hisoblanadi;
* korxonaning joriy likvidliligini baholashda pul mablag‘larini joylashtirish
samaradorligiga e’tiborni qaratish lozim;
* pul mablag‘lari hisobini yuritishni to‘g‘ri tashkil etish pul mablag‘lari,
to‘lov, hisob-kitob va kredit muomalalarini o‘z vaqtida va to‘g‘ri amalga oshirish
va rasmiylashtirishning zaruriy shartlaridan biri hisoblanadi;
* byudjet tashkilotlarining pul mablag‘lariga ularning hisobvaraqlaridagi pul
mablag‘lari, kassadagi pul mablag‘lari, pul hujjatlari, pul jo‘natmalari, vaqtinchalik
depozitga qo‘yilgan pul mablag‘lari kiradi;
* majburiyatlar summasining qadrsizlanishini
buxgalteriyada aks ettirish
g‘oyasining ma’nosi pul olingan kundan boshlab, ya’ni “kechagi pul”
summasi
“bugungi pul” bilan hisoblanadigan majburiyatning o‘sishini ko‘rsatadi;
* mamlakatimiz valyuta zaxirasini mustahkamlashda tovar va ishlar,
xizmatlarni xorijga eksport qilish iqtisodiy
ahamiyatidan kelib chiqib, eksport
operatsiyalari soliq auditi metodologiyasini takomillashtirish zarur.
Respublikamizda pul mablag‘lari va valyuta
operatsiyalari hisobining
me’yoriy-huquqiy asoslari bo‘lib quyidagilar hisoblanadi:
* O‘zbekiston Respublikasining “Buxgalteriya hisobi to‘g‘risida (yangi
tahrir)”gi qonuni;
* O‘zbekiston Respublikasining “Valyutani tartibga solish to‘g‘risida”gi
qonuni;
25
* O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining 2015 yil 16 maydagi 12/17-
sonli (O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2015 yil 22 iyulda
2687-raqam bilan ro‘yxatdan o‘tkazilgan) “YUridik
shaxslar tomonidan kassa
operatsiyalarini amalga oshirish qoidalarini tasdiqlash haqida”gi yo‘riqnomasi;
*
O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan Bank
boshqaruvining 2013 yil 26 apreldagi 9/1-sonli
qarori bilan tasdiqlangan
“O‘zbekiston Respublikasida naqd pulsiz hisob-kitoblar to‘g‘risida”gi nizom;
* inventarizatsiyani tashkil etish va o‘tkazish nomli 19-sonli Buxgalteriya
hisobi milliy andozasi.
Pul mablag‘lari hisobining to‘g‘ri va aniq tashkil etilishi:
* pul mablag‘larining buxgalteriya hisobi va
hisoboti ulardan maqsadli
foydalanilayotganligini baholash va nazorat qilish imkonini beradi;
* korxona faoliyatida yuzaga kelgan likvidlilik muammosining paydo
bo‘lish sabablarini aniqlash imkoni yuzaga keladi;
* korxona pul oqimining barqarorligiga ta’sir qilayotgan
omillarni aniqlash
imkonini beradi.