22
Korxonalarning valyuta operatsiyalari hisobini to‘g‘ri tashkil etish valyuta
mablag‘laridan foydalanish samaradorligini belgilovchi
muhim omillardan biri
hisoblanadi.
Korxonalarning valyuta operatsiyalariga quyidagilar kiradi:
* mahsulotlarni eksport qilish natijasida valyuta tushumlarini olish;
* import qilingan tovarlar bo‘yicha to‘lovni amalga oshirish;
* valyutaviy qimmatliklarni (xorijiy valyutalarda yozilgan qimmatli
qog‘ozlar va to‘lov vositalari) sotib olish va sotish operatsiyalari.
Korxonalar valyuta operatsiyalarining buxgalteriya hisobi quyidagi
vazifalarni bajaradi:
* valyuta operatsiyalarining to‘g‘ri amalga oshirilayotganligini ko‘rsatish;
* korxonaning haqiqiy valyutaviy ahvolini ko‘rsatish;
* valyuta bitimlarining qonuniyligi
va maqsadga muvofiqligi, valyuta
boyliklarining borligi, ularning bus-butun saqlanishi va to‘g‘ri foydalanishi ustidan
nazoratni ta’minlash
19
.
Korxonalarning moliyaviy barqarorligi bevosita uning valyutaviy holatining
qanday ekanligiga bog‘liq. Ushbu o‘rinda korxonaning valyutaviy holati deganda
quyidagilar nazarda tutilmoqda:
* korxonaning xorijiy valyutadagi majburiyatlari yuzasidan to‘lovlarni o‘z
vaqtida va to‘liq to‘lay olish imkoniyati;
* korxonaning xorijiy valyutadagi aktivlari va
passivlarini qayta baholash
natijasida foyda yoki zarar ko‘rganligi;
* xorijiy valyutada amalga oshirilgan moliyaviy operatsiyalar bo‘yicha
foyda yoki zararning mavjudligi;
* korxona eksport tushumlarining barqarorligi yoki barqaror emasligi.
Korxonani xorijiy valyutadagi majburiyatlari yuzasidan to‘lovlarni o‘z
vaqtida va to‘liq to‘lay olmasligi uning xorijlik hamkorlar oldidagi reputatsiyasini
pasayishiga olib keladi. Bu esa, uning valyuta operatsiyalarini amalga oshirish
imkoniyatini cheklanib qolishiga sabab bo‘lish mumkin.
19
Каримов А.А. ва бошқ. Бухгалтерия ҳисоби. Дарслик. – Тошкент: Шарқ, 2004. – Б. 332.
23
O‘zbekiston Respublikasida milliy valyutaning qadrsizlanish sur’atining
yuqori ekanligi importning qimmatlashishiga sabab bo‘lmoqda. Bu esa,
korxonalarning valyutaviy ahvoliga salbiy ta’sir ko‘rsatmoqda. Agar milily
valyuta-so‘m muomalaga kiritilgan paytda amalga
oshirilgan birinchi valyuta
savdosida 1 AQSH dollarining narxi 7,00 so‘m bo‘lgan bo‘lsa, 2016 yilning
dekabr oyida o‘tkazilgan so‘nggi valyuta savdosida 1 AQSH dollarining bahosi
3231,48 so‘m bo‘ldi
20
.
Korxona eksport tushumining kamayishi va nobarqaror bo‘lishi
uning
moliyaviy barqarorligiga nisbatan salbiy ta’sirni yuzaga keltiradi.
SHuningdek, korxonalar valyuta zaxiralarining diversifikatsiya darajasining
past bo‘lishi ularning moliyaviy barqarorligiga nisbatan salbiy ta’sirni yuzaga
keltiradi.
Korxonalar valyuta zaxiralarini diversifikatsiya
qilish deganda ular
tomonidan bir vaqtning o‘zida bir nechta valyutalarda zaxiralar tashkil qilinishi
tushuniladi.
Valyuta zaxiralarining diversifikatsiya darajasini past bo‘lishi korxonaning
valyuta riskiga ta’sirchanlik darajasini oshiradi.
Ayniqsa, O‘zbekiston iqtisodiyotining zamonaviy
rivojlanish bosqichida
korxonalarning valyutaviy ahvolini yaxshilash muhim ahamiyat kasb etadi. Buning
sababi shundaki, mamlakat iqtisodiyotiga katta miqdorda xorijiy investitsiyalar jalb
etilmoqda. Bu esa, korxonalarni investitsiya loyihalarini o‘z vatqida amalga
oshirish imkonini beradigan darajada valyuta mablag‘lariga ega bo‘lishini taqozo
etadi.
Xulosa o‘rnida
aytganda, pul mablag‘lari va valyuta operatsiyalariinng
buxgalteriya hisobini to‘g‘ri va aniq tashkil qilish ularning moliyaviy
barqarorligini ta’minlashning zaruriy sharti hisoblanadi.