Bitiruv malakaviy ishi tarkibining qisqacha tavsifi.
Mazkur bitiruv
malakaviy ish tarkiban kirish, uch bob, xulosa va takliflar hamda foydalanilgan
adabiyotlar ro‘yxatidan iborat.
Ishning kirish qismida mavzuning dolzarbligi asoslab berilgan, predmeti,
ob’ekti, maqsadi va vazifalari shakllantirilgan.
9
Ishning birinchi bobida xo‘jalik yurituvchi sub’ektlarning pul mablag‘lari va
valyuta operatsiyalari hisobining nazariy-huquqiy asoslari tadqiq qilingan.
Ishning ikkinchi bobida xo‘jalik yurituvchi sub’ektlarning pul mablag‘lari va
valyuta operatsiyalari hisobining amaldagi holati tahlil qilingan va mavjud
tendensiyalar aniqlangan.
Ishning uchinchi bobida “Pul mablag‘lari va valyuta operatsiyalari hisobi”
mavzusini o‘rganishda bir nechta metodlardan foydalanish metodikasining tavsifi
keltirilgan va ushbu metodikani takomillashtirishga qaratilgan takliflar ishlab
chiqilgan.
Ishning xulosa qismida bitiruv malakaviy ishini yozish jarayonida
shakllantirilgan xulosalar va ishlab chiqilgan takliflarning qisqacha mazmuni o‘z
ifodasini topgan.
10
1-BOB. PUL MABLAG‘LARI VA VALYUTA OPERATSIYALARI
HISOBINING NAZARIY ASOSLARI VA AHAMIYATI
1.1. Pul mablag‘lari va valyuta operatsiyalari hisobining iqtisodiy
mohiyati
Pul mablag‘lari xo‘jalik yurituvchi sub’ektlarning ishlab chiqarish
faoliyatining uzluksizligini ta’minlash, majburiyatlari yuzasidan to‘lovlarni o‘z
vaqtida amalga oshirishning zaruriy sharti hisoblanadi. SHu sababli, pul
mablag‘larining etarliligini ta’minlash maqsadida pul oqimining barqarorligiga
erishish xo‘jalik yurituvchi sub’ektlar uchun muhim amaliy ahamiyat kasb etadi.
Taniqli iqtisodchi olimlar S.Van Xorn va M.Vaxovichlarning fikriga ko‘ra,
kompaniyalarning pul oqimi barqarorligini ta’minlashda asosiy e’tibor operatsion
pul oqimining barqarorligiga qaratilishi kerak. Bunda operatsion pul oqimi
investitsion xarajatlarni moliyalashtirishga, qarzlar va dividendlarni to‘lashga
etishi lozim
2
.
S.Van Xorn va M.Vaxovichlar alohida ta’kidlashadiki, operatsion pul
oqimining zaiflashuvi debitor qarzdorlik va tovar zaxiralari qoldig‘ining o‘sishi
natijasi bo‘lishi mumkin. Ushbu xulosa O‘zbekiston amaliyoti uchun dolzarb
ahamiyat kasb etadi. CHunki, respublikamizning qator korxonalarida debitor
qarzdorlikning o‘sishi hisobiga joriy aktivlar hajmining oshishi va operatsion pul
oqimining zaiflashuvi kuzatilmoqda.
Rossiyalik iqtisodchi olim V.Savchuk korxonalarning pul oqimi
barqarorligini ta’minlashda asosiy e’tiborni CVPga (Cost-Volume-Profit –
korxonaning zararsizlik nuqtasi) qaratishni maqsadga muvofiq, deb hisoblaydi
3
.
Fikrimizcha, korxonalarning pul oqimini barqarorligini baholashda ular
faoliyatining zararsizlik nuqtasini aniqlash hamda mazkur nuqtaning o‘zgarishi va
2
Ван Хорн Дж., Вахович М. Основы финансового менеджмента. Пер с англ. – М.: ООО «И.Д.Вильямс»,
2011. – С. 322-323.
3
Савчук В.П. Управление финансами предприятия. Монография. – М.: БИНОМ. Лаборатория знаний, 2011.
– С. 178-179.
11
foyda me’yori o‘rtasidagi aloqadorlikni baholash muhim amaliy ahamiyat kasb
etadi. Buning sababi shundaki, birinchidan, zararsizlik nuqtasi korxona umumiy
pul oqimining eng quyi chegarasini belgilaydi; ikkinchidan, foyda korxonalarda
pul oqimi kirimining muhim elementlaridan biri hisoblanadi.
Fikrimizcha, o‘tish iqtisodiyoti mamlakatlarida moliya bozorlarining
rivojlanib borishi bilan korxonalarning moliyaviy operatsiyalari hajmi oshadi. Bu
esa, moliyaviy operatsiyalarning korxonalar umumiy pul oqimining barqarorligini
ta’minlashdagi ahamiyatini oshishiga olib keladi. Xususan, korxonalar
hukumatning qimmatli qog‘ozlariga investitsiya qilish yo‘li bilan joriy likvidlilik
darajasini oshirishlari mumkin. Garchi, yuqori likvidli qimmatli qog‘ozlarga
investitsiya qilish korxonalar uchun pul oqimining chiqim elementi hisoblansa-da,
ushbu investitsiyalar korxonaga daromad keltiradi va bu daromadlar soliqqa
tortilmaydi. Buning ustiga, yuqori likvidli qimmatli qog‘ozlarni istalgan vaqtda
sotish
YU.Brigxem korxonaning joriy likvidliligini baholashda pul mablag‘larini
joylashtirish samaradorligiga e’tiborni qaratishni tavsiya qiladi. Uning fikriga
ko‘ra, yuqori darajadagi joriy likvidlilik koeffitsienti kompaniyaning katta
miqdordagi pul mablag‘larini past daromadli aktivlar sifatida joylashtirilganligi
oqibati bo‘lishi mumkin. Bunday sharoitda joriy likvidlilik koeffitsientining yuqori
darajasini pul oqimining barqarorligini tavsiflovchi ko‘rsatkich sifatida baholash
maqsadga muvofiq emas. SHu sababli, YU.Brigxemning fikriga ko‘ra, joriy
likvidlilik koeffitsientini baholashda uni o‘rtacha tarmoq ko‘rsatkichi bilan
baholash holatni realroq baholash imkonini beradi
4
.
YU.Brigxemning ushbu xulosasi juda o‘rinli va amaliy ahamiyat kasb etadi.
CHunki, taraqqiy etgan mamlakatlarda kompaniyalarning joriy likvidliligini
baholashda haqiqatda o‘rtacha tarmoq ko‘rsatkichlari bilan solishtirish keng
qo‘llaniladi. Ammo O‘zbekiston sharoitida korxonalarning joriy likvidlilik
koeffitsienti bo‘yicha e’lon qilinadigan o‘rtacha tarmoq ko‘rsatkichi mavjud emas.
SHu sababli, fikrimizcha, korxonalarning joriy likvidlilik koeffitsientini
4
Бригхэм Ю.Ф., Эрхардт. М. С. Финансовый менеджмент. Пер с англ. – СПб.: Питер, 2009. - С. 121-122.
12
baholashda asosiy e’tibor debitor qarzdorlik va tovar-moddiy zaxiralarning
aylanish koeffitsientlarining o‘zgarishiga qaratilishi lozim.
Taniqli rossiyalik iqtisodchi olim O.I.Lavrushinning fikriga ko‘ra, joriy
likvidlilik koeffitsientining yuqori darajasi debitor qarzdorlik va tovar zaxiralari
qoldig‘ining o‘sishi hisobiga ta’minlangan sharoitda aylanish koeffitsientlari orqali
korxonalarning moliyaviy barqarorligini ta’minlash maqsadga muvofiqdir
5
.
Fikrimizcha, O.Lavrushinning mazkur xulosasi o‘tish iqtisodiyoti
mamlakatlari uchun, shu jumladan, mamlakatimiz iqtisodiyoti uchun muhim
amaliy
ahamiyat
kasb
etadi.
Buning
sababi
shundaki,
birinchidan,
respublikamizning xo‘jalik amaliyotida, xo‘jalik yurituvchi sub’ektlar o‘rtasida
debitor-kreditor qarzdorlik muammosi mavjud; ikkinchidan, ayrim xo‘jalik
yurituvchi sub’ektlarda tovar zaxiralarining omborxonalarda to‘planib qolish
holatlari mavjud.
M.Sokolovning fikriga ko‘ra, korxonalarning pul oqimi barqarorligini
ta’minlashda amortizatsiya ajratmalari muhim o‘rin tutadi. Uning hisob-kitoblariga
ko‘ra, amortizatsiya ajratmalari korxonaning investitsion faoliyatida ishlatilganda
ichki foyda me’yori korxona foydasiga qaraganda 2 marta yuqori, bank kreditiga
nisbatan 4 marta yuqori bo‘ladi
6
.
O‘zbekistonlik iqtisodchi olimlardan J.Ismailovning taklifiga ko‘ra,
korxonalarning debitor qarzdorligi miqdorini kamaytirish maqsadida ular
o‘rtasidagi debitor-kreditor qarzdorlikni inventarizatsiya qilish va uning yuzaga
kelish sabablarini aniqlash, hukumat va Markaziy bank tomonidan mamlakatda
monetizatsiya koeffitsienti darajasining o‘rta muddatli davriy oraliqda 50 foizdan
kam
bo‘lmagan darajasiga erishish chora-tadbirlarini ishlab chiqish,
«O‘zkimyosanoat» DAK tizimiga kiruvchi korxonalar tomonidan fermer
xo‘jaliklariga etkazib berilgan mineral o‘g‘itlar bo‘yicha debitor qarzdorlikni to‘liq
to‘lanishiga erishish orqali «O‘zbekneftgaz»ning «O‘zkimyosanoat» korxonalariga
bo‘lgan debitor qarzdorligini undirishga erishish, yirik sanoat korxonalarining bank
5
Банковское дело. Учебник. Под. ред. Лаврушина О.И. – 7-ое изд. пер. и доп. – М.: КНОРУС, 2008. - С. 379.
6
Соколов М. Амортизационная политика и диверсификация экономики//Экономист. – Москва, 2011. - №11.
– С. 21-24.
13
kreditlaridan foydalanish darajasini oshirish orqali ushbu korxonalarning debitor
qarzdorligi miqdorini kamaytirish lozim
7
.
A.Karimov, F.Islomov va A.Avloqulovlar hammuallifligida yozilgan
“Buxgalteriya hisobi” darsligida pul mablag‘lari hisobini yuritishni to‘g‘ri tashkil
etish pul mablag‘lari, to‘lov, hisob-kitob va kredit muomalalarini o‘z vaqtida va
to‘g‘ri amalga oshirish va rasmiylashtirishning zaruriy shartlaridan biri sifatida
e’tirof etilgan
8
.
S.Mehmonov, D. Ubaydullaev hammuallifligida yozilgan “Byudjet
tashkilotlarida buxgalteriya hisobi” nomli darslikda byudjet tashkilotlarida naqd va
naqdsiz pul mablag‘lari hisobining nazariy va amaliy jihatlari yoritilgan bo‘lib,
jumladan shunday deytilgan: “byudjet tashkilotlarining pul mablag‘lariga ularning
hisobvaraqlaridagi pul mablag‘lari, kassadagi pul mablag‘lari, pul hujjatlari, pul
jo‘natmalari, vaqtinchalik depozitga qo‘yilgan pul mablag‘lari kiradi”
9
.
YUqorida bildirilgan fikrlardan ko‘rinib turibdiki, pul mablag‘lari hisobi
korxonalar va tashkilotlarning xo‘jalik-moliyaviy faoliyatini tashkil qilishda
muhim o‘rin tutadi.
Iqtisodchi olimlar tomonidan xo‘jalik yurituvchi sub’ektlarning valyuta
operatsiyalari hisobini tashkil qilish va takomillashtirish bo‘yicha xulosalar
shakllantirilgan, takliflar va tavsiyalar ishlab chiqilgan.
A.To‘ychievning
xulosasiga
ko‘ra,
“majburiyatlar
summasining
qadrsizlanishini buxgalteriyada aks ettirish g‘oyasining ma’nosi pul olingan
kundan boshlab, ya’ni “kechagi pul” summasi “bugungi pul” bilan hisoblanadigan
majburiyatning o‘sishini ko‘rsatadi”
10
.
Bu erda muallif milliy valyuta qiymatining o‘zgarishi natijasida
majburiyatlar qiymatini buxgalteriya hisobida aks ettirish g‘oyasini ilgari surgan.
7
Исмаилов Ж.Г. “Ўзбекнефтгаз” миллий холдинг компаниясининг молиявий барқарорлигини таъминлаш
йўналишлари. И.ф.н. илм. дар. ол. уч. тақд. эт. дисс. автореф. – Тошкент, 2012. – Б. 7.
8
Каримов А.А. ва бошқ. Бухгалтерия ҳисоби. Дарслик. – Тошкент: Шарқ, 2004. – Б. 302-303.
9
Меҳмонов С.Н., Убайдуллаев Д.Й. Бюджет ташкилотларида бухгалтерия ҳисоби. – Тошкент: “Sano-
standart”, 2013. – Б. 219.
10
Тўйчиев А.Ж. Мажбуриятлар бухгалтерия ҳисоби ва таҳлилининг назарий-методологик муаммолар. И.ф.д.
илм. дар. ол. уч. тақд. эт. дисс. автореф. – Тошкент, 2011. – Б. 27.
14
Z.Qurbanovning xulosasiga ko‘ra, “mamlakatimiz valyuta zaxirasini
mustahkamlashda tovar va ishlar, xizmatlarni xorijga eksport qilish iqtisodiy
ahamiyatidan kelib chiqib, eksport operatsiyalari soliq auditi metodologiyasini
takomillashtirish zarur”
11
.
Xo‘jalik yurituvchi sub’ektlarning valyuta operatsiyalarini amalga oshirish
jarayonida ularning valyuta kurslarini o‘zgarishi natijasida zarar ko‘rishi dozarb
masalalardan biri hisoblanadi. SHu sababli, ko‘rilgan zararlarni buxgalteriya
hisobida o‘z vaqtida va to‘g‘ri aks ettirish ularning moliyaviy barqarorligini
ta’minlash nuqtai-nazaridan muhim ahamiyat kasb etadi. Bu esa, xo‘jalik
yurituvchi sub’ektlarning valyuta operatsiyalari bo‘yicha moliyaviy natijalar
hisobini bir qator iqtisodchi olimlar tomonidan tadqiq qilinishiga olib keldi
12
.
Xulosa qilib aytganda, xo‘jalik yurituvchi sub’ektlarning pul mablag‘lari va
valyuta operatsiyalari hisobining nazariy asoslari yaratilgan bo‘lib, ular iqtisodchi
olimlarning turli xildagi qarashlari, xulosalaridan iboratdir.
|