Muhammad-Al Xorazmiy nomidagi Toshkent Axborot Texnologiyalari Universiteti Qarshi filliali tt va kt fakulteti ax-12-21 guruhi 3-bosqich talabasi Pedagogika. Psixalogiya fanidan 2-mustaqil ishi bajardi: Soliyeva D. Qabul qildi: Mirzayev S




Download 105.13 Kb.
bet3/7
Sana13.11.2023
Hajmi105.13 Kb.
#97664
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
Pedagogiyadan 2-mustaqil ish
Radiobiologiya 1-mavzu, 5-sinf, 1-maruza, Academic-Data-391221100724, Yorug’lik nurining tabiati-kompy.info, Eksperimental psixologiya, Kislarod Reja-azkurs.org, gaz-turbina-qurilmalaridagi-moyni-havoli-sovutish-texnologiyasi, siqilgan-havo-sovutish-sifatini-kompressor-qurilmasining-samaradorligiga-tasirini-organish (1), Umumiy metallurgiyadan Mustaqil ta\'lim mavzulari, elektr qaddd, Mashenali o\'qitishga kirish 5-amaliy ish (2), Pedagogiyadan 3-mustaqil ish, Umumiy emitir sixemasidagi bipolyar tiranzistorning

Qadriyatlar jamiyat rivojining negizi, millatning tarixiy taraqqiyotida erishilgan muvaffaqiyatlarini avloddan avlodga o‘tkazuvchi qudratli omildir. Tarixiy taraqqiyot bosqichlariga nazar tashlar ekanmiz, har bir jamiyat, davlat o‘zining milliy qadriyatlarini rivojlantirmay hamda mustahkamlamay turib taraqqiy etmagan. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev raisligida 2021-yil 19-yanvar kuni ma’naviy-ma’rifiy ishlar tizimini tubdan takomillashtirish, bu borada davlat va jamoat tashkilotlarining hamkorligini kuchaytirish masalalari bo‘yicha o‘tkazilgan videoselektor yig‘ilishida: “Agar jamiyat hayotining tanasi iqtisodiyot bo‘lsa, uning joni va ruhi ma’naviyatdir. Biz yangi O‘zbekistonni barpo etishga qaror qilgan ekanmiz, ikkita mustahkam ustunga tayanamiz. Birinchisi – bozor tamoyillariga asoslangan kuchli iqtisodiyot. Ikkinchisi – ajdodlarimizning boy merosi va milliy qadriyatlarga asoslangan kuchli ma’naviyat”, – deb e’tirof etdilar. Xo‘sh qadriyatning o‘zi nima? Qadriyatlar deganda, inson va insoniyat uchun ahamiyatli bo‘lgan barcha narsalar tushuniladi. Qadriyatlarning mohiyati insonlarning tarixiy tajriba an’analarini kelgusi avlodlarga to‘la-to‘kis yеtkazish, o‘rgatish, ta’lim-tarbiya berish orqali izohlaymiz. Shuning uchun milliy ma’naviy qadriyatlarni e’zozlab, ardoqlab, chin dildan bajarish va ularni o‘z holida saqlash, shu bilan birga, umuminsoniy qadriyatlarni oila muhitiga uyg‘unlashtirish dolzarb masaladir. Qadriyatlar mazmunan xilma-xil turlarga bo‘linib, hayotning barcha jabhalarini qamrab olgan. Jumladan, inson va uning hayoti eng oliy qadriyat hisoblanadi. Inson yo‘q joyda biror narsaning qadr-qimmati haqida so‘zlashga hojat ham yo‘q.

Shuning uchun ham inson qadr-qimmatini e’zozlash, uning turmushini yaxshilash, bilimi va madaniy saviyasini rivojlantirish, sog‘lig‘ini saqlash, hayotini himoya qilish davlatimiz siyosatining asosiy yo‘nalishini tashkil etadi. Farzandlarimiz ongida axloqiy qadriyatlarni shakllantirish uchun:  Vatanga, ota-onaga, o‘tgan avlodlariga hurmat, muhabbat tushunchalari va tasavvurlarini kengaytirish;  burch, vijdon, insof, mas’uliyat haqidagi tasavvurlarni vujudga keltirish;  do‘stlik, o‘rtoqlik, qo‘ni-qo‘shnichilik munosabatlari haqidagi tasavvurlarni kengaytirish hal qilinishi kerak bo‘lgan dastlabki vazifadir. Estetik qadriyatlar farzandlarimizning estetik sezgi va idrokini tarbiyalash, tashqi va ichki go‘zalligini shakllantirishdir. Ularda estetik qadriyatlarni shakllantirish uchun:  bola ongida ota-bobolarimizdan bizgacha yеtib kelgan amaliy, me’morchilik, musiqa va san’at asarlarini, shuningdek, turli xarakterdagi bayramlarni asrab-avaylash tuyg‘usini shakllantirish;  go‘zallikka baho berish, haqiqiy go‘zallikni soxta go‘zallikdan ajrata olish;  tabiatning nozik, nafis go‘zalliklarini ko‘rish, his etishni rivojlantirish talab etiladi. Qadriyatlar amal qilish doirasiga ko‘ra, milliy va umuminsoniy turlarga bo‘linadi. Insonning qaysi millatga mansub ekanligi haqida tasavvuri faqat g‘oyagina emas, balki tuyg‘u hamdir.


Download 105.13 Kb.
1   2   3   4   5   6   7




Download 105.13 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Muhammad-Al Xorazmiy nomidagi Toshkent Axborot Texnologiyalari Universiteti Qarshi filliali tt va kt fakulteti ax-12-21 guruhi 3-bosqich talabasi Pedagogika. Psixalogiya fanidan 2-mustaqil ishi bajardi: Soliyeva D. Qabul qildi: Mirzayev S

Download 105.13 Kb.