Keys-stadini ta’lim jarayonida keng tatbiq qilishning dolzarbligini belgilovchi omillar




Download 221.84 Kb.
bet7/17
Sana20.09.2022
Hajmi221.84 Kb.
#26130
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   17
Bog'liq
Қулддашева Н БМИ
xudo xoxlasa tushadi99%, 3-labarotoriya ishi Saralash usul va algoritmlarini tadqiq qilis, cmd buyruqlari, Incremental model nima, 1matematik, word sAM 1 savol, Документ Microsoft Word (4), Ma\'ruzalar (2), ЛАБОРАТОРНАЯ РАБОТА N1, Dasturlash 2, Ariza, Qalandarova Gulshoda, 1648631455, 1650692784, 1651669892 (2)
Keys-stadini ta’lim jarayonida keng tatbiq qilishning dolzarbligini belgilovchi omillar
Keys‑stadini iqtisodiy oliy o‘quv yurtining ta’lim amaliyotiga keng tatbiq etishning dolzarbligi va zarurligi quyidagi omillar bilan bog‘liq:
Birinchidan, mamlakatdagi iqtisodiy ta’limning umumiy yo‘nalishi, uning nafaqat ta’lim oluvchilarda aniq bilimlarni shakllantirishga, shu bilan birga talabalarda fikrlash faoliyati, nazariy bilimlarini amalda qo‘llashga tayyorlik va bunga qobillikni rivojlantirish, bo‘lg‘usi mutaxassislarda mustaqillik va tashabbuskorlik, boshqaruv va iqtisodiyotdagi tadqiqotlarning turli jihatlari bilan bog‘liq keng doiradagi masalalarni idrok etish qobiliyatini ravnaq toptirishga yo‘naltirilganligi bilan.
«Insonning qo‘liga baliqni tutqazsang – u bir kun qorni to‘q yuradi, mabodo insonni baliq tutishga o‘rgatsang – u butun umri davomida ochlik nimaligini bilmaydi» - xitoylik donishmandlarda shunday hikmatli gap bor. Auditoriya sharoitlaridayoq boshqaruvchilik yechimlarini qabul qilishga doir malaka va ko‘nikmalar egallanmasa keyinchalik yaxshi boshqaruvchi bo‘lib chiqish mumkin emas. Kelgusidagi kasbiy faoliyat uchun o‘zining boshqarish siyosatini ishlab chiqish uchun talabalar korxonada va umuman iqtisodiyotda vujudga keladigan turli xil vaziyatlarni tahlil etish malakalari va ko‘nikmalarini egallashi, tahlil qila bilish qobiliyatini o‘stirishi, boshqaruvchiga xos xususiyatlarni orttirish zarur.
«Maslahat berish mumkin, lekin bunday maslahatdan foydalanishga o‘rgatish mumkin emasligi» haqiqatdir. O‘rganib olgach omadli iqtisodchi, moliyachi yoki menejerga aylanib olishga imkon beradigan qandaydir yagona, universal uslub yoki usul mavjud emas. Shuning uchun iqtisodchilarni tayyorlashning hozirgi tizimi turli xil dinamik rivojlanayotgan amaliy vaziyatlar modellaridan keng foydalanishga asoslanadi. Talabalarning keyslarni ishlab chiqish texnologiyalarini o‘zlashtirishi, keysda taqdim qilinadigan amaliy muammoli vaziyatlarni tahlil etish, yakka tartibda va jamoa bo‘lib ularni optimal hal qilish yo‘llarini izlash malakalarini egallashi, bo‘lg‘usi mutaxassisda funksional vakolatlilikni shakllantirish - iqtisodiy faoliyatda o‘zining boshqarish va tashkil qilish texnologiyalarini loyihalashtirish, iqtisodiy jarayon mantig‘ini qurish usullari, shuningdek iqtisodiy vazifalarni mustaqil va mobil tarzda hal etish usullarini hosil qilishga yordam beradi.
Ikkinchidan, bozor iqtisodiyotining nostandart vaziyatlarda bir tizimli asosda va samarali harakat qilish, oqilona yechimlarni qabul qilish qobiliyatini egallagan mutaxassislarga muhtojligi bilan.
Keysda har xil hayotiy vaziyatlar bayoni beriladi va ularning oqibatlari xususida mushohada yuritish yoki qatnashchilar harakatlarining samaradorligini baholash yoxud muammoni hal etish usullarini taklif qilish talab etiladi. Lekin har qanday holatda ham amaliy harakat modeli ustida ishlash ta’lim oluvchilar – bo‘lg‘usi mutaxassislarda mehnat bozori talab qiladigan kasbiy jihatdan muhim xususiyatlarni shakllantirishning samarali vositasi hisoblanadi.
Uchinchidan, jahon tajribasi ko‘rsatib turganidek, keys‑stadi talabalarda ijtimoiy yetuklikni rivojlantirish, o‘qishga qiziqish va motivlarni hosil qilish, ularni haqiqiy professionallar sifatida yetishtirishga kuchli ta’sir ko‘rsatadi. Keys‑stadining bo‘lg‘usi iqtisodiy yo‘nalishdagi mutaxassis shaxsining kasbiy va ijtimoiy jihatdan muhim fazilatlarini shakllantirishga ta’sir ko‘rsatadigan usullari va vositalari, nazarimizda 1-jadvalda ishonarli tarzda aks ettirilgan.
1-jadval




Download 221.84 Kb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   17




Download 221.84 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Keys-stadini ta’lim jarayonida keng tatbiq qilishning dolzarbligini belgilovchi omillar

Download 221.84 Kb.