Buyumdan yig‘uvchi linzagacha bo‘lgan masofa fokus  masofasining 1,25 qismiga teng. Linzaning kattalashtirishini  toping.  240




Download 1,94 Mb.
Pdf ko'rish
bet20/45
Sana12.02.2024
Hajmi1,94 Mb.
#155320
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   45
Bog'liq
5-QISM. OPTIKA-2022

239. Buyumdan yig‘uvchi linzagacha bo‘lgan masofa fokus 
masofasining 1,25 qismiga teng. Linzaning kattalashtirishini 
toping. 
240. Yig‘uvchi linzadan 60 cm masofada joylashtirilgan 
buyumning tasviri haqiqiy o‘lchamiga teng hajmda hosil 
bo‘lgan. Agar buyum linza tomonga 20 cm ga siljitilsa, tasvir 
hajmi necha marta kattalash adi? 
241. Buyum yig‘uvchi linzadan 0,2 m masofada joylashgan 
bo‘lib, uning yordamida buyumning 5 marta kattalashgan 


72 
mavhum tasviri olingan. Linzaning optik kuchini aniqlang 
(dptr). 
242. Yig‘uvchi linza yordamida olingan buyumning 
mavhum tasviri linzaning fokus masofasidan 4 marta 
uzoqroqda joylashgan. Linzaning kattalashtirishini toping. 
243. Buyum va uning 3 marta kattalashtirilgan haqiqiy 
tasviri orasidagi masofa 80 cm. Linzaning fokus masofasini 
(cm) toping. 
244. Buyum va uning 5 marta kattalashgan mavhum tasviri 
orasidagi masofa 80 cm. Buyumdan linzagacha bo‘lgan 
masofani (cm) toping. 
245. Fokus masofasi 8 cm bo‘lgan sochuvchi linza 
buyumning o‘lchamini ikki martaga kichraytiradi. Buyumdan 
linzagacha bo‘lgan masofani (cm) toping. 
246. Fokus masofasi 4 cm bo‘lgan sochuvchi linza 
buyumning 4 marta kichiklashtirilgan tasvirini hosil qiladi. 
Buyumdan tasvirgacha bo‘lgan masofani toping ( cm). 
247. Fokus masofasi 12 cm bo'lgan linza, buyumning 3 
marta 
kichraytirilgan 
haqiqiy 
tasvirini 
hosil 
qiladi. 
Birinchisini o‘rniga joylashtirilgan boshqa bir linza esa 
buyumning 3 marta kattalashtirilgan haqiqiy tasvirini hosil 
qiladi. Ikkinchi linzaning fokus masofasini (cm) toping. 
248. Fokus masofasi 8 cm bo'lgan linza buyumning 5 marta 
kattalashtirilgan haqiqiy tasvirini hosil qiladi. Uning o’rniga 
boshqa linzani joylashtirib, 5 marta kattalashtirilgan mavhum 


73 
tasvir hosil qilish uchun ikkinchi linzaning fokus masofasi 
(cm) qanday bo’lishi kerak? 
249. Yig‘uvchi linza ekranda qandaydir buyumning 
tasvirini hosil qilyapdi. Tasvirning balandligi - 9 cm. Ekran va 
predmetni qo‘zg‘atmasdan linza ekran tomonga siljitildi va 
balandligi 4 cm bo‘lgan ikkinchi aniq tasvir olindi. Buyumning 
balandligini (cm) toping. 
250. Fokus masofasi 5 cm bo‘lgan yig‘uvchi linzaning 
optik o‘qi bo‘ylab, sterjen shunday o‘rnatilganki, bunda uning 
o‘rtasi uning o‘rtasi linzadan 8 cm masofada joylashgan. Agar 
uning bo‘ylama kattalashtirilishi 5 ga teng bo’lgan bo‘lsa, 
sterjen uzunligini (cm) toping? 
251. Ingichka sterjen yig‘uvchi linzaning asosiy op tik o‘qi 
bo‘ylab joylashtirilgan. Agar sterjennning bir uchida 
joylashtirilgan jismning tasviri 4 marta kattalashgan, ikkinchi 
uchidagisi esa 2,75 marta kattalashgan bo‘lsa, sterjenning 
bo‘ylama kattalashtirilishi nechaga teng? Sterjenning ikkala 
uchi ham buyum fokus masofasidan kattaroq masofada 
joylashgan. 
252. Yig‘uvchi linzaning fokus masofasidan bir yarim 
marta katta bo‘lgan masofada, asosiy optik o'qida, joylashgan 
nuqtaviy yorug‘lik manbai, optik o'qga perpendikulyar 
ravishda 4 mm/s tezlik bilan siljiy boshladi. Uning tasviri 
qanday tezlikda (mm/s) harakat qiladi? 
253. Fokus masofasi 6 cm bo‘lgan yig‘uvchi linzaning 
asosiy optik o'qida, undan 8 cm masofada nuqtaviy yorug‘lik 


74 
manbai joylashgan. Linza optik o‘qqa perpendikulyar ravishda 
3 mm/s tezlik bilan siljiy boshladi. Yorug‘lik manbai tasviri 
qanday tezlikda (mm/s) harakatlanadi? 
254. Nuqtaviy yorug‘lik manbai fokus masofasi 8 cm 
bo'lgan yig‘uvchi linzaning asosiy optik o‘qi bo‘ylab 2 mm/s 
tezlikda harakatlanyapti. Yorug‘lik manbai linzadan 10 cm 
masofada bo‘lgan onda tasvir qanday tezlikda (mm/s) harakat 
qila boshlaydi? 
255. Fokus masofasi 10 cm bo'lgan yig‘uvchi linza 3 mm/s 
tezlik bilan uning asosiy optik o‘ qida joylashgan nuqtaviy 
yorug‘lik manbai tomon harakatlanmoqda. Linza va yorug‘lik 
manbai orasidagi masofa 12 cm bo'lgan vaqtda yorug‘lik 
manbai tasviri qanday tezlikda (mm/s) harakatlanadi? 

Download 1,94 Mb.
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   45




Download 1,94 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



 Buyumdan yig‘uvchi linzagacha bo‘lgan masofa fokus  masofasining 1,25 qismiga teng. Linzaning kattalashtirishini  toping.  240

Download 1,94 Mb.
Pdf ko'rish