• Foydali qazilma koni
  • Shaxta
  • Mundarija Kirish Asosiy qism




    Download 0,86 Mb.
    bet2/9
    Sana07.02.2024
    Hajmi0,86 Mb.
    #152501
    1   2   3   4   5   6   7   8   9
    Bog'liq
    R.Rustam Course work
    7-мактаб IKKINCHI TIL bo\'yicha ma\'lumot, Документ Microsoft Word (5), 432FSDF, Ameliy 4, YUZI, 3-mavzu Ijtimoiy pedagogika, 2-topshiriq, GAP BO\'LAKLARI, 15.Mehnat muhofazasi va texnika xavfsizligi hivWBz9, Mamayusupov E.8., Yonalishga kirish 5-tema, Mavzu-7 Bilish jarayonlari buzilishlari, Yuridik psixologiya 6-mavzu
    KON VA FOYDALI QAZILMA HAQIDAGI ASOSIY TUSHUNCHALAR

    Foydali qazilma deb yer qarida mavjud bo’lgan tabiiy mineral moddalarni hozirgi davr texnikaviy iqtisodiy rivojlanish sharoitida yer ostidan ajratib olib,sanoatda foydalanish maqsadga muvofiq kelgan turlariga aytiladi.
    Foydali qazilma koni deb foydali minerallarni yer qarida tabiiy to’plangan joyiga aytiladi.
    Sanoat ahamiyatiga ega kon deb berilgan iqtisodiy geologik sharoitida texnikaning hozirgi davr taraqqiyoti darajasida qazib olish maqsadga muvofiq keladigan konga aytiladi.
    Foydali qazilmalar o’zining fizikaviy holatiga ko’ra uch xil holatda bo’lishi mumkin:
    *qattiq (ko’mir,metall rudalari,kimyo sanoati va qurilishda ishladiladigan xom ashyo konlari)
    *suyuq (neft,mineral suvlar)
    *gazsimon (yonuvchi gazlar)
    Odamlar tomonidan ishlatilganda yetarli darajada samara beradigan, organik yoki anorganik kelib chiqishga ega bo’lgan tabiiy minerallarni foydali qazilma deyiladi. Foydali qazilmalarni qazib olish deganda ularni yer qobig’idan chiqarib olish tushuniladi. Tabiatda foydali qazilmalar qattiq, suyuq va gazsimon ko’rinishlarda uchraydi.
    Foydali qazilmalarni qazib olishning quyidagi usullari mavjud: yer osti, ochiq, geotexnologik, skvajina va aralash usullar. Foydali qazilmalarni qazib olishni konchilik korxonalari amalga oshiradi.
    Konchilik korxonasi - konlarni razvedka qilish, qazib chiqarish va boyitish ishlarini bajaruvchi mustaqil ishlab chiqarish birligi. Foydali qazilmalarni qazib olib, dastlabki boyitish ishlarini bajaruvchi korxonalar qazib chiqaruvchi korxonalar deyiladi. Qazib chiqaruvchi korxonalarga shaxta, rudnik, karer (razrez) kabi korxonalar kiradi.
    Shaxta - foydali qazilmalarni (asosan, ko’mirni) yer osti usulida qazib chiqaruvchi konchilik korxonasi.
    Rudnik - asosan metall rudalari, kon-kimyo xom ashyo va qurilish materiallarini yer osti usulida qazib chiqaruvchi konchilik korxonasi.

    Download 0,86 Mb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9




    Download 0,86 Mb.