• RUDA KONLARINI YER OSTI USULIDA QAZIB OLISH BOSQICHLARI.
  • 3. GORIZONTAL KON LAHIMLARI VA UNI TEXNOLOGIK PASPORT TUZISH.
  • Shtolnya
  • rasm Zaxiralar va yo’qotilishlar tasnifi B-kategoriyasi




    Download 0,86 Mb.
    bet5/9
    Sana07.02.2024
    Hajmi0,86 Mb.
    #152501
    1   2   3   4   5   6   7   8   9
    Bog'liq
    R.Rustam Course work
    7-мактаб IKKINCHI TIL bo\'yicha ma\'lumot, Документ Microsoft Word (5), 432FSDF, Ameliy 4, YUZI, 3-mavzu Ijtimoiy pedagogika, 2-topshiriq, GAP BO\'LAKLARI, 15.Mehnat muhofazasi va texnika xavfsizligi hivWBz9, Mamayusupov E.8., Yonalishga kirish 5-tema, Mavzu-7 Bilish jarayonlari buzilishlari, Yuridik psixologiya 6-mavzu
    rasm Zaxiralar va yo’qotilishlar tasnifi

    B-kategoriyasi zaxiralari to’liq o’rganilgan; foydali qazilma yotqizig’ini asosiy xususiyatlari:joylashishi,shakli va foydali qazilmani tuzilish xarakteri aniqlangan;mineral xomashyoni sanoat ahamiyati navlari, tabiiy turlari va ularni taqsimlash qonuniyatlari aniqlangan.Foydali qazilma tanasi orasidagi noruda va uning konditsiyasi meyoriy hujjatda belgilangan miqdordan kam bo’lgan uchastkalarni chegarasi aniq bo’lmagan konning turi;foydaliqazilmaning asosiy texnologik xususiyati va tabiiy omillari aniqlanib,konni ekspluatatsiya qilishning asosiy shart sharoitlari aniqlangan.Foydali qazilmalar zaxirasining chegarasi qidiruv kon lahimlari o’tishda olingan ma’lumotlar asosida belgilangan bo’ladi.
    S1 zaxiralari yetarli darajada o’rganilgan; foydali qazilmaning o’lchami va shakli belgilangan,foydali qazilmaning texnologik xususiyatisanoatga yaroqli deb baholash uchun yetarli darajada o’rganilgan;foydali qazilmaning tarhi aniqlangan va lahimlar yordamida belgilangan;ularning taqsimlanish qonunyati aniqlangan;foydali qazilma tanasi,noruda va konditsiyasi past o’lchamdagi uchastkalarning xarakteri va asosiy ruda tanasi asosiga nisbati juda aniq bo’lmagan chegara bilan cheklangan;asosiy texnologik xususiyatlari va boshqa omillarni,sifatini qo’shimcha aniqlash talab etiladi.Foydali qazilma zaxirasini chegaralari o’rganailganlik ma’lumotlari asosida aniqlangan bo’lishi kerak.
    S2 kategoriyasi-zaxiralari oldindan baholangan;foydali qazilmani yotqizilish sharoiti,shakli va uni tarqalish doirasi,tabiiy turi geologic va geofizik ma’lumotlar asosida aniqlangan;foydali qazilmaning xususiyatlari laboratoriya sharoitida aniqlangan,foydali qazilmalarni ma’lum nuqtalarini olib,o’xshash konlar uchastkalariga nisbatan aniqlangan;geologic ma’lumotlariga asoslanib foydali qazilmaga yo’l ochish mumkinligi belgilangan;foydali qazilmani sifati birlamchi namuna(proba) va yondosh kondan olingan ma’lumotlar asosida aniqlangan。


    1. RUDA KONLARINI YER OSTI USULIDA QAZIB OLISH BOSQICHLARI.

    Ruda konlarini yer osti usulida qazib olish asosiy uch bosqichdan iborat:
    *konni ochish,
    *tayyorlovchi-kesuvchi lahimlar o’tish
    *qazib olish ishlari.
    Konni ochish deb,yer yuzasidan ochuvchi kapital kon lahimlarining ruda tanasiga yoki chuqurligiga qarab uning bir qismiga yo’l ochgan va tayyorlovchi lahimlar o’tishga imkoniyat yaratilishiga aytiladi.Ochuvchi lahimlar bular shaxta stvollari,stvol oldi lahimlari,kvershlaglar,shtolnya,kapital ruda tushiruvchi lahimlardir.Bular qazib olingan foydali qazilmalarni,noruda yondosh jinslarni,transport vositalarida yer ostidan yer yuzasiga chiqarish,ishchi xizmatchilarni tushirib chiqarish uchun,uskunalarni,materiallarni ishlaydigan ish joyiga yetkazish,kon lahimlarini shamollatish,shaxtadagi yer osti suvlarini chiqarish va boshqa maqsadlar uchun xizmat qiladi.
    Tayyorlash yoki tayyorlash ishlari-bu shtreklar,ortlar,yuqorilovchi va boshqa kon lahimlarini barpo etib,ular orqali konni ochilgan qismini qazib olinadigan alohida uchastka,qavat,blok,panel va stolbalarga ajratiladi.Qazib olinadigan uchastka ham o’z navbatida alohida tayyorlovchi va kesuvchi lahimlarni barpo etishni talab qiladi.
    Qazib olish-bu qazib olinadigan uchastkadan rudani ajratib olib,hosil bo’lgan bo’shliq turg’unligini saqlab turishga xizmat qiladigan texnologik tizimdir. Qazib olish tartibi-qazib olinadigan uchastkani qazib olishda qazilgan bo’shliqning holati xarakterlanadi.Bu belgi har xil qazib olish tizimlarining qo’llanishi umumiyligini va har xilligini to’laroq aks ettiradi,ayniqsa qazib olish texnologiyasini va har bir qazib olish tizimini texnik iqtisodiy ko’rsatkichlarini o’zgachaligini ko’rsatadi.
     Ochilgan ruda zaxirasi deb qazib olinayotgan konning zaxirasi yoki uning bir qismida ochuvchi lahimlar (shaxta stvollari,kvershlaglar,shtolnyalar)o’tkazilgan gorizontdan yuqori qismida joylashgan ruda zaxirasiga aytiladi. Tayyorlangan ruda zaxirasi deb qazib olinadigan uchastkadagi ruda zaxirasida qabul qilingan qazib olish tizimiga muvofiq belgilangan hamma tayyorlovchi lahimlar o’tkazilib tayyor bo’lgan qismiga aytiladi.
    Yetarli miqdorda ochilgan va qazib olishga tayyor ruda zaxirasi mavjud bo’lishi kerak:
    -Konning qazib olinayotgan uchastkalarining birida qazib olish ishlari davomida boshqa uchastkada rejada belgilangan miqdordagi sifatli ruda qazib olish ishlarini rivojlantirishga imkon yaratilgan bo’lishi kerak.
    -Konning foydalanishga topshiriladigan qismida foydalanish qidiruv ishlarini amalga oshirish uchun va boshqa qismida suvsizlantirish ishlarini bajarish uchun qo’shimcha vaqt bo’lishi kerak.


    3. GORIZONTAL KON LAHIMLARI VA UNI TEXNOLOGIK PASPORT TUZISH.
    Foydali qazilmalarni qazishga tayyorlash, massivdan ajratib olish, tashish, yer yuziga chiqarish va boshqa jarayonlar bilan bog’liq bo’lgan ishlar majmui – kon ishlari deyiladi. Yer qobig’ida kon ishlarini olib borish natijasida foydali qazilma tanasi va kon jinslari orasida sun'iy bo’shliqlar hosil bo’ladi. Bu bo’shliqlar kon lahimlari deb yuritiladi.Kon lahimlari bajaradigan vazifalariga ko’ra razvedka va kon qazish (ekspluatasion) lahimlarga ajratiladi.Yer qobig’ida joylashishi bo’yicha kon lahimlari vertikal, gorizontal va qiya bo’lishi mumkin. Ular bevosita yer yuzi bilan tutashgan va tutashmagan bo’lishi mumkin.




    2-rasm. Yer osti kon lahimlari majmui:
    1 — tik stvol; 2 — ko‘r stvol; 3 — stvol atrofi rudaag‘dargich bunkeri;

    1. ko‘tarish qurilmasining qabul qilish bunkeri; 5— kvershlag; 6— ruda shtreki; 7— maydon shtreki; 8—maydon ko’tarilmasi (vosstayushiy); 9—ruda ko’tarilmasi (vosstayushiy); 10—qavat shtreki; 11—rudatushirgich; 12—shtolnya; 13—shurf; 14— tog‘ jinslarini surilish chegarasi; 15—ko‘taruvchi mashina kamerasi.

    Shtolnya - bevosita yer yuzi bilan tutashadigan gorizontal kon lahimi.Shtolnya konlarni razvedka qilish yoki foydali qazilma yotqizig’ini ochish maqsadida barpo etiladi.
    Tonnel - har ikki tomoni yer yuzi bilan bevosita tutashadigan yer osti gorizontal kon lahimi bo’lib, asosan, transport ishlarini bajarishga xizmat qiladi.

    Download 0,86 Mb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9




    Download 0,86 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    rasm Zaxiralar va yo’qotilishlar tasnifi B-kategoriyasi

    Download 0,86 Mb.