• Xulosa. Foydalanilgan adabiyotlar. KIRISH
  • Mundarija Kirish Asosiy qism




    Download 0.86 Mb.
    bet1/9
    Sana07.02.2024
    Hajmi0.86 Mb.
    #152501
      1   2   3   4   5   6   7   8   9
    Bog'liq
    R.Rustam Course work
    7-мактаб IKKINCHI TIL bo\'yicha ma\'lumot, Документ Microsoft Word (5), 432FSDF, Ameliy 4, YUZI, 3-mavzu Ijtimoiy pedagogika, 2-topshiriq, GAP BO\'LAKLARI, 15.Mehnat muhofazasi va texnika xavfsizligi hivWBz9, Mamayusupov E.8., Yonalishga kirish 5-tema, Mavzu-7 Bilish jarayonlari buzilishlari


    Mundarija


    1. Kirish……….…………………………………………………………

    2. Asosiy qism

    1. Kon va foydali qazilma haqida asosiy tushunchalar……………………….
    2. Ruda konlarini yer osti usulida qazib olish bosqichlari……………………
    3.Gorizontal kon lahimlari turlari va texnologik pasport tuzish ………………
    4. Burg'ilash-portlatish ishlari haqida ma’lumotlar............................................
    5. Gorizontal kon lahimlarini oddiy usulda barpo etishda burg`ilash
    portlatish ishlari parametrlarini hisoblash........................................................

    1. Xulosa.

    2. Foydalanilgan adabiyotlar.


    KIRISH

    Konchilik ishi insoniyat faoliyatining asosiy ko’rinishlaridan biri bo’lib, hayot darajasi va sivilizatsiyaning o’sishini ta'minlaydi. Kon ishlari sanoat ishlab chiqarishning yetakchi tarmog’i sifatida konlarni razvedka qilish, ularni qazib chiqarish, qazib olingan xom ashyoni dastlabki qayta ishlash, konchilik korxonalari qurish va turli vazifalarni bajarishga mo’ljallangan yer osti inshoatlarni barpo etish kabi ishlarni o’z ichiga oladi.Foydali qazilma konlarini yer osti, ochiq, geotexnologik va boshqa usullarda qazib chiqarish tamoyillarini o’zlashtirish ushbu fanning vazifasi hisoblanadi.


    Konchilik sanoati kon ishlari tarkibini tashkil qiluvchi bo’g’in sifatida foydali qazilma konlarini qazib olish va dastlabki boyitish ishlarini amalga oshiradi. Konchilik sanoati mamlakat xalq xo’jaligiga yoqilg’i (ko’mir, yonuvchi slaneslar, torf, neft, tabiiy gaz), qora, rangli va radioaktiv metallar rudalari, kon-kimyo xom ashyolari, qurilish materiallari va boshqa xom ashyolarini yetkazib beradi. Yuqorida sanab o’tilgan xom ashyo va minerallarning dunyo miqyosida qazib chiqarish, ekspertlar hisobi bo’yicha 160-180 mlrd. tonna kon massasini tashkil qiladi.
    Hozirgi vaqtda har yili yer ostidan 8 mlrd. tonna yoqilg’i, 570 mln.t qora metall rudasi, 170 mln.t rangli metall rudasi, 620 mln.t industrial mineral xom ashyo qazib olinmoqda. Biroq zamonaviy texnika va texnologiya qazib olingan kon massasining atigi 3-5 % dangina foydalanishni ta'minlamoqda, xolos. Qolgan 95-97% qismi sanoat chiqindisi hisoblanadi. Konchilik sanoatining rivojlanishi mamlakat iqtisodiyoti va mudofaa quvvati hamda mustaqilligining mustahkamlashda katta ahamiyatga egadir. O’zbekiston Respublikasi konchilik sanoati rivojlangan mamlakatlar qatorida yetakchi o’rinlarda turadi.
    Hozirgi vaqtda respublikada konchilik sanoatining quyidagi tarmoqlari mavjud bo’lib, ular yuqori sur'atlarda rivojlanib bormoqda:
    - yoqilg’i qazib chiqarish (ko’mir, yonuvchi slaneslar, neft, tabiiy gaz, uran);
    - rangli metallurgiya (oltin, kumush, mis, rux, qo’rg’oshin, volfram va boshqalar);
    -kon-kimyo xom ashyosi qazib chiqarish (appatit, fosforit va turli mineral tuzlar);
    Hozirgi vaqtda O’zbekiston Respublikasi hududida 2800 ga yaqin turli foydali qazilma konlari topilgan. Ulardan 850 dan ko’prog’i to’la razvedka qilingan va 400 ga yaqini ishlatilmoqda. Biroq shuni aytish kerakki, ishlatilayotgan konlarning qariyib 80-85% tabiiy qurilish materiallari konlariga to’g’ri keladi. Bu konlarni qazib olayotgan korxonalarining ishlab chiqarish quvvati juda kichik bo’lib, kon massasi bo’yicha unumdorligi 25-50 ming tonna (yoki kub metr) ni tashkil qiladi. Shu bilan bir qatorda o’rta va katta ishlab chiqarish quvvatiga ega bo’lgan konchilik korxonalari ham respublika iqtisodiyotida muhim o’rin tutadi. Ularga Olmaliq kon-metallurgiya kombinati, Navoiy kon-metallurgiya kombinati, O’zbekiston "Ko’mir" aksionerlik jamiyati, shuningdek, ko’plab neft va tabiiy gazni qazib chiqaruvchi korxonalar misol bo’la oladi.
     Konchilik sanoati korxonalarida kon qazish ishlarining o’ziga xos xususiyatlari mavjud, ularning asosiylari quyidagilar:
    - foydali qazilma konlarini o’zlashtirish atrof muhitga bevosita ta'sir ko’rsatib qator ekologik muammolar kelib chiqishiga sabab bo’ladi;
    - ish joylarini doimo surilib turishi kon qazish ishlarini mexanizasiyalash, avtomatlashtirish va tashkil qilishga alohida talablar qo’yadi;
    - qazish ishlarini tobora chuqurlashib borishi natijasida kon-geologik sharoitlarni murakkablashib borishi, gazodinamik hodisalarning sodir bo’lish ehtimolligi, shaxta (rudnik) atmosferasi haroratini ko’tarilishi kabi omillarning mavjudligi. Bularning hammasi kon ishlarining murakkab va xavfli bo’lishiga olib keladi.



    1. Download 0.86 Mb.
      1   2   3   4   5   6   7   8   9




    Download 0.86 Mb.