GORIZONTAL KON LAHIMLARINI ODDIY USULDA BARPO ETISHDA BURG’ILASH-PORTLATISH ISHLARI PARAMETRLARINI HISOBLASH




Download 0,86 Mb.
bet8/9
Sana07.02.2024
Hajmi0,86 Mb.
#152501
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
R.Rustam Course work
7-мактаб IKKINCHI TIL bo\'yicha ma\'lumot, Документ Microsoft Word (5), 432FSDF, Ameliy 4, YUZI, 3-mavzu Ijtimoiy pedagogika, 2-topshiriq, GAP BO\'LAKLARI, 15.Mehnat muhofazasi va texnika xavfsizligi hivWBz9, Mamayusupov E.8., Yonalishga kirish 5-tema, Mavzu-7 Bilish jarayonlari buzilishlari, Yuridik psixologiya 6-mavzu
5. GORIZONTAL KON LAHIMLARINI ODDIY USULDA BARPO ETISHDA BURG’ILASH-PORTLATISH ISHLARI PARAMETRLARINI HISOBLASH
Variant №21

Kon lahimining nomi

Shtrek

Kon lahimini o‘tishdagi ko‘ndalang kesim yuzasi

Spr=4.9m2

Tog‘ jinslarining mustahkamlik koeffitsiyenti

f=10

Shpur diametri

d=32mm

Shpurdan foydalanish koeffitsiyenti:

Ƞ=0.75

Shpurni portlovchi
koeffitsiyenti

modda

bilan

to‘ldirish

Kz=0.75

Portlovchi modda turi

Ammonit№ 6JV

Sikl davomiyligi

Tцикл =8soat

Portlovchi modda zichligi

Ƿ=1100 kg/m3

Shpur chuqurligi

Lshp=1.5 m

 

 Xulosa.


Burg‘ilash va portlatish ishlarida tog1 jinslarini yemirib parchalash usullarini tubdan takomillashtirish va foydali qazilmalarni qazib olishning prinsipial yangi vositalari hamda usullarini yaratish, qazib chiqarish hajmini kengaytirish, texnikaviy-iqtisodiy ko‘rsatkichlarni va sanoatning konchilik sohasidagi barcha texnologik jarayonlarini rivojlantirish birinchi darajali ahamiyat kasb etadi. Yaqin yillar davomida ko‘mir sanoati hamda qora va rangli metalluigiya sanoatida, noruda jinslar qazib olish, gidrotexnik va transport inshootlari qurilishida tub tog‘ jinslarini qazish hamda qayta ishlash hajmi bir necha barobar ortdi.
Bu sanoat tarmoqlari ehtiyojiga ishlatiladigan tub tog‘ jinslarini, shpurlar, skvajinalar va kamerali zaryadlarni portlatish yo‘li bilan yumshatib-parchalab olinadigan jinslaming mahkamlik darajasi prof. М. M. Protodyakonov shkalasiga muvofiq, asosan, f - 6 - 14 gato‘g‘- ri keladi. Tub tog‘ jinslarini qazib olishda ular shunday maydalangan bo‘lishi zarurki, ularning kattaligi yuklovchi va tashuvchi transport vositalarining ishlashi uchun samarali o‘lchamda bo‘lishini va bu portlatilgan jinslarni qayta ishlashda yuqori samaradorlikni ta’minlashi uchun ochiq sharoitda va qo‘yilgan talablarga mos keladigan shpur va skvajinalar burg'ilash va portlatish usullarini tanlash zarur. Tog‘ jinslarini portlatishga tayyorlash va uni qazib olishga sarflanadigan mehnat umumiy sarflangan mehnat hajmining 30% ini tashkil etadi, lahimlar o‘tishda esa 50% ga yetadi.
Jinslar mahkamligining ortishi bilan burg‘ilash, portlatish ishlariga sarflanadigan mehnat hajmi ham ortib boradi. Karyer va ruda konlarida siklli-uzluksiz va uzluksiz texnologiya asosida qazib olish to‘laligicha portlatilgan jinslarning o‘lchamlariga, umuman, portlatish ishlari natijasiga bog'liq. Portlatish energiyasini boshqarish usullarini, uning o‘lchamlarini takomillashtirish, ko‘p qatorli qisqa muddatga sekinlatuvchi detonatorlar yordamida portlatish, portlatilgandan so‘ng yig'ishtirilgan tog‘ jinslari orasida siqilgan muhitda portlatish va zaryadlar oralig‘ida havo bo‘shlig‘i qoldirib, qayta portlatish yo‘li bilan amalga oshirish ustida ish olib borilmoqda. Portlatish ishlarida igdanit kabi donadorlangan portlovchi moddalarning qo‘llanishi portlatish ishlarini to‘liq mexanizatsiyalash uchun imkoniyat yaratdi. Suv to ‘ldirilgan portlovchi moddalar yaratish va amaliyotda qo‘llanish sohasida m a’lum taraqqiyotga erishildi.
Hozirgi vaqtda konchilik korxonalari yetarli miqdorda yuqori unumli yuklovchi-tashuvchi transport mashina va mexanizmlari, uskunalari bilan ta’minlangan. Kon-ruda sanoati karyerlarida kam unumli zarbali-kanatli (sim arqonli) burg'ilash stanoklari, asosan, doloto (kallak) diametri 214—243 mm bo‘lgan o‘q yo‘nalishidagi, bosimi 20—40 ts bo'lgan pitrali stanoklar bilan almashtirildi. Sanoat sinovidan o‘tgan doloto diametri 320 mm va o‘q yo‘nalishi bo‘yicha bosimi 70 ts bo‘lgan pitrali stanoklar ishlab chiqarilib amaliyotda keng ko'lamda ishlatilmoqda. So'nggi yillarda karyerlarda portlatish skvajinalarini burg‘ilash ishlari rivojlanib, tog* jinslari massivini qo‘porib parchalashda har xil yangi usullardan va yangi yuqori unumli burg‘ilovchi stanoklardan, asboblardan foydalanilib, ishlab turgan stanoklarning imkoniyatlari esa takomillashtirilmoqda. Yarim asrdan beri tog‘ jinslarini parchalashda elektr toki, elektromagnit tebranishi, issiqlik energiyasi ham keng miqyosda qo‘llanilib kelmoqda.
Tog' jinslari massivini buzish-parchalash muammolarini to ‘g‘ri hal qilish uchun ishlayotgan obyektlardagi tog‘ jinslari massivining xususiyatlari (ishlayotgan burg'ilash uskuna va asboblari haqida, portlovchi moddalar portlashi, elektromagnit tebranishi va boshqalar) haqida to‘liq m a’lumotga ega bo‘linganda, obyekt va shu muhitda birga ishlatish qonuniyatlarini topish asosida tog‘ jinslarini parchalashning kompleks muhandislik tadbirlarini amalga oshirish mumkin. Tog‘ jinslarini parchalash-buzish usullarining ko‘pligi tufayli bir necha xil belgilari bo‘yicha turkumlarga ajratiladi. Parchalovchi (buzuvchi) kuchlanish tabiati bo‘yicha: mexanikaviy parchalash, mexanikaviy kuchlanish natijasida yuzaga keladigan — burg‘ilash va kesish (mexanikaviy), ultratovush bilan parchalash, elektr-gidravlik va gidravlik usullar bilan parchalash.
Termik parchalash: yuqori harorat kuchi ta’sirida — o‘t va alanga yordamida burg‘ilash, elektromagnitli, magnitli va elektr kuchi bilan parchalab-buzish. Jinslarga energiya uzatish usuli bilan parchalab-buzish: kontaktli (mexanik burg‘ilash va kesish) va kontaktsiz (elektromagnitli, magnitli, elektr-gidravlik, gidravlik, ultratovush energiyalari ta’sirida parchalash-buzish). Jinslarga ta ’sir etish usuli bo‘yicha: qattiq va mahkam asbob bilan (mexanik burg‘ilash va kesish), elektromagnit to‘lqini (elektromagnit va magnit kuchlanishi bilan buzish); elektr toki yordamida parchalab buzish; aralash usul; gaz va yuqori harorat yordamida burg'ilash, gaz va suyuqlik bilan gidravlik va gidroportlatish bilan parchalash), abraziv material va suyuqlik, ultratovush yordamida parchalab buzish (yemirish).


Download 0,86 Mb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Download 0,86 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



GORIZONTAL KON LAHIMLARINI ODDIY USULDA BARPO ETISHDA BURG’ILASH-PORTLATISH ISHLARI PARAMETRLARINI HISOBLASH

Download 0,86 Mb.