• 4. BURG’ILASH-PORTLATISH ISHLARI HAQIDA MA’LUMOTLAR
  • Mundarija Kirish Asosiy qism




    Download 0,86 Mb.
    bet7/9
    Sana07.02.2024
    Hajmi0,86 Mb.
    #152501
    1   2   3   4   5   6   7   8   9
    Bog'liq
    R.Rustam Course work
    7-мактаб IKKINCHI TIL bo\'yicha ma\'lumot, Документ Microsoft Word (5), 432FSDF, Ameliy 4, YUZI, 3-mavzu Ijtimoiy pedagogika, 2-topshiriq, GAP BO\'LAKLARI, 15.Mehnat muhofazasi va texnika xavfsizligi hivWBz9, Mamayusupov E.8., Yonalishga kirish 5-tema, Mavzu-7 Bilish jarayonlari buzilishlari, Yuridik psixologiya 6-mavzu
    3-rasm.Trapetsiyasimon shakldagi yer osti gorizontal kon lahimi ko‘ndalang kesim yuzasining o’lchamlari.
    Lahim o'tish texnologik pasporti texnikaviy xujjat bo'lib.grafik va tushuntirish xatlaridan tashkil topadi. Texnologik pasportda uskunalaming joylashish sxemasi. lahimni mustahkamlash pasporti. burg'ilab-portlatish ishlari pasporti (agar kon massivini portlatish orqali parchalash zarur bo’lganda), lahim kavjovini shamollatish sxemasi. lahim o'tish jaravonlarini tashkil qilish grafigi kabi texnikaviy hujjatlar keltiriladi. Mustahkamlash pasporti mustahkamlagich konstruksiyasi, uning elementlari va kon lahimi o'lchamlari. mustahkamlash materiallariga bo'lgan talab va ehtiyoj kabi korsatkichlami o'z ichiga oladi.Burg'ilab-portlatish ishlari pasporti shpurlar soni va chuqurligini ko'rsatgan holda ularning kavjoyda joylashish sxemasi. shpurga jovlashtiriladigan portlovchi modda zaryadining miqdori. shpurlami portlatish ketma-ketligi.portlovchi modda va portlatish vositalarining rusumlari (tipi)} ulami 1mlahim o'tishda sarflanishi kerak bo'lgan me'yori, shpurlardan foydalanish koeffitsienti. kavjoyni bir siklda surilish masofasi va boshqa ko'rsatkichlar vigindisi ko'rinishida bo'ladi.Lahim o'tish texnologik pasportining asosiy qismlaridan biri - bu lahim o'tish jaravonlarini tashkil qilish grafigidir.Bu grafikda lahim o'tish jaravonlarini nomlari bajarish tartibi va ularga ajratilgan vaqt aks ettirilgan planogramma. ishchilaming ishgachiqish grafigi va lahim o'tish siklining asosiy texnik-iqtisodiv ko'rsatkichlari keltiriladi.




    1

















    9









    8

    7


    4. BURG’ILASH-PORTLATISH ISHLARI HAQIDA MA’LUMOTLAR
    Tog‘ jinslari massivi orasida sun’iy ravishda silindrsimon bo‘shliq hosil qilish jarayoni burg'ilash deyiladi. Diametri 75 mm gacha, chuqurligi esa 5 m gacha bo‘lgan burg‘ilangan lahim (kovakcha) shpur deb ataladi. Diametri 75 mm dan yuqori, chuqurligi esa 5 m dan ko‘p diametri cheklanmagan lahim (bo'shliq) skvajina deyiladi.
    Shpur va skvajinalar burg‘ilash usullari ikki ko‘rinishga ega. Birinchi ko‘rinishga mexanik usullarda burg'ilash kiradi, ikkinchisi issiqlik-fizikaviy usuldir (olov purkash, termomexanik plazmali va elektr-termik, gidravlik usullar).
    Mexanik usulda burgilashda shpur yoki skvajinalar tubidagi qattiq jism mexanik kuch ta’sirida maydalab, parchalab, ilgarilab boradi. Bunda jinslarning kristallografik strukturasi o ‘zgarmaydi. Ikkinchi usulda burg‘i uskunasi tog‘ jinsiga bevosita tegmasada, tog jinslarining maydalanishi sodir bo‘ladi.
    Burg‘i asbobining kavjoyda ishlash xarakteri va mexanik burg'ilashning ta’sir etish kuchiga qarab, uni quyidagi to‘rtta usulga bo‘lish mumkin: aylanma burg'ilash, aylanma-zarbalab burg'ilash, burib - zarbalab va zarbalab burg‘ilash.
    Aylanma burg'ilashda skvajina tubidagi tog‘ jinslarining yemirilishi burg‘i asbobining vaqt chizig'i bo‘ylab yo‘naladigan keskichining harakati natijasida yuzaga keladi. Bunday harakat aylanma va ilgarilovchi burg‘i asbobining birgalikda ishlashi natijasidir. Shpur yoki skvajina tubida burg‘i keskichining ilgarilovchi-aylanma harakatini amalga oshirish burg‘i asbobining anchagina katta buruvchi momenti (Mkr) va katta kuchlanishi ( F ) ning uzatilishi natijasida yuzaga keladi.
    Pitrali doloto bilan burg‘ilash usulida doloto tishlarining bevosita skvajina tubida yumalab aylanishi zarbalab burg‘ilash asbobining harakatiga o'xshaganligi sababli ba’zi tadqiqotchilar bu usulni zarbali burg‘ilash usuliga mansub demoqdalar. Tog‘-konchilik amaliyotida skvajinalarda dolotoning aylanishi katta bo‘lmagan chastotada (1—1,5 s-1) burg‘ilanadi. Natijada kam tezlikda kuch hosil qilib (0,6 m/s kam) burg'ilanadi. Bu bilan jinslar statik kuchlanish ta’sirida ezilib, yanchilib, aylanma burgilashdagi kabi burg'ilanadi.
    Zarbali burg‘ilashda, ponaga o‘xshash o‘tkirlangan asbob skvajina o‘qi yo‘nalishida jinslarga qisqa muddatli zarbali kuchi ta ’sirida ilgarilab skvajina tubiga botib boradi. Bu bilan o‘q yo‘nalishdagi statistik kuchaytiruvchi kuch skvajina tubidagi jinslar bilan kontakti juda kichik ochiqlikda bo'lganida, kontakt hosil qilish uchun kerak bo‘ladi. Burg‘i asbobi skvajina tubiga zarba berganidan so‘ng, ko‘tarilib, biror burchak bilan navbatdagi zarbani jinslarning boshqa joyiga berish uchun uriladi. Asbobni burish uchun zarur bo‘lgan buruvchi moment deyarli kichik o‘lchamga ega.
    Agar burg'i asbobini aylantiruvchi mexanizmlar bilan zarba beruvchi mexanizmi bir korpusga joylashtirilgan bo‘lsa, bunday mashinani perforator deb ataydilar. Aylanish mexanizmi, porshen ilgarilab zarba berganidan so‘ng, uning orqaga qaytish energiyasi ta ’sirida harakatga keladi. Burg‘i kallagining bunday tuzilish prinsipi perforatorning gelikoidal juftligida amalga oshirilgan. Bu mashinalar zarbalab-burilma kuch hosil qilib ta ’sir etuvchi mashinalar qatoriga kiradi. Perforator alohida reduktorli dvigatel yordamida burg‘ilovchi asbobni aylantiradigan bo‘lsa, bunday perforatorning burg‘ilovchi asbobi mustaqil harakatga keltiriladi.
    Zarbalovchi mexanizm skvajinaga burg‘i asbobi ortidan tushib boradi. Uni botiruvchi deyiladi. Burg'ilash mashinalari pnevmatik, gidravlik va elektr energiyalar bilan ishlatiladi. Burg'ilashdan hosil bo‘lgan jinslarning mayda bo‘laklari va burg‘i uni shpur va skvajinalar tubidan siqilgan havo, suv, havo-suv aralashmasi yoki vakuum hosil qilish bilan tozalanadi. Shuning uchun burg'ilash quyidagicha bo‘ladi: suv bilan yuvib burg‘ilash, suv-havo aralashmasi bilan burg'ilash va changni so‘rib olish yo‘li bilan burg'ilash.
    Shpur va skvajinalarni puflab burg‘ilashda changni so‘rib filtrlovchi qurilma qo‘llaniladi, chang so‘rg‘ichsiz burg‘ilash taqiqlanadi. Suv bilan yuvib burg‘ilashda suv burg‘i o ‘qi yo‘nalishida burg‘i shtangasining «markazidan» yoki uning yon tom onidan berilishi mumkin. Suv bilan markaziy yuvish usulida suv burg‘iga burg‘i kallagi orqali maxsus trubkada uzatiladi, yonlama yuvish usulida esa suv burg‘iga mufta orqali uzatilib, burg‘i kallagining old qismida uchrashadi.
    Ba’zi mualliflar yana zarbali-burilmali burg'ilash usuli ham mavjud deb hisoblaydilar va bu usulga perforator bilan burg‘ilash usulini kiritadilar. Lekin shuni qayd qilish kerakki, perforator bilan burg‘ilashda aslida zarbali burg'ilash usuli amalga oshiriladi.
    Aylanma-zarbali burg‘ilashda kesuvchi qism — koronka (qoplama) jinslarga zarbali kuchlanishni o 'q yo‘nalishidagi ta’siri natijasida botirib bir vaqtning o ‘zida burg‘i asbobining aylanishi natijasida jinslar uvalanib boradi. Burg‘ilashning bunday turi shpur yoki skvajina tubidagi jinslarga ko‘p miqdordagi energiyani yetkazadi, shu sababli aylanma-zarbalovchi burg‘ilash yuqori unumdorligi bilan ajralib turadi.
    Aylanma-zarbalash mashinalarida aylanish mexanizmining ta’sir etuvchi quvvati zarbali mexanizmning quvvatiga nisbatan anchagina yuqori. Bunday burg‘i turi uchun Nd > 10N nisbat o ‘rinli bo‘ladi. Aylanma-burg‘ilash usuli mahkamlik koeffitsiyenti f=6- 11 bo'lgan jinslarda qo'llaniladi.
    Bundan yuqori bo‘lgan qattiqlikdagi jinslarni burg'ilashda shpur yoki skvajina tubidagi jinslarni, asosan, zarbalovchi kuchlanish hisobiga ushalib parchalanishi yuzaga keladi. Bunda asbobni aylantirish uchun kam q uw at sarflab, o ‘qli kuchlanishni ham kamaytirishga to‘g‘ri keladi, chunki katta kuchlanish bunday jinslarda burg‘i asbobini botirilishiga imkoniyat yaratmaydi va asbobning ko‘proq yemirilishiga olib keladi. Shunday qilib, juda mahkam jinslarda zarbalab-aylanma va zarbalab burg‘ilash usullarini qo‘llanish maqsadga muvofiq bo‘ladi. Zarbalab-aylanma burg'ilashda, burg‘i asbobi aylanish energiyasining ta ’sir kuchi sababli shpur yoki skvajina tubining maydalangan jinslar bo'laklaridan va massivdan ajralmay qolgan bo‘lagini va ko‘p b o ‘lmagan miqdorda jinslarni kesish yo’li bilan massivdan ajratadi.
    Burg'ilash usullarining tasnifi sxemasida tog‘jinslarining fizikaviy-mexanikaviy xususiyatlariga bog‘liq holda burg'ilash usullarini qo‘llash doirasi keltirilgan. Qattiq, mustahkam tog’ jinslarida asosan zarbalovchi burg'ilash usuli qo'llaniladi. Yumshoq jinslarda esa ularni tig'li asbob bilan kesib burg'ilash usuli keng qo'llaniladi.
    Aylanma burg‘ilashda burg‘i kallagi aylanma harakati natijasida kesish yuzaga keladi, bularga parma va dastgohlar kiradi. Bu uskunalar elektr, pnevmatik va gidravlik yuritkichlar bilan harakatga keladi. Shulardan eng ko‘p tarqalgan dastgohlar elektr yuritkichli turidir. Elektr energiyasi pnevmatik energiyaga nisbatan 15—20 marta arzon. Lekin ko‘mir va gazlarni to‘satdan itqitib chiqaradigan ko‘mir qatlamlari mavjud bo‘lgan shaxtalarda pnevmatik yuritkichlar qo‘llanish zarurligi o‘z isbotini topgan. Juda xavfli joylarda, masalan, neft qatlamini yer osti usulida chiqarib olishda chuqur skvajina burg‘ilash zarurati yuzaga kelganida gidravlik yuritkichli dastgohlar qo‘llaniladi. Bunday dastgohga suv yuqori bosim bilan quvur orqali nasos yordamida uzatiladi. Bunday nasoslar xavfsizlik qoidasida belgilangan joylargagina o ‘rnatiladi. Elektr yuritkichdan aylanadigan burg‘i kallagi yumshoq, mahkam bo‘lmagan va o‘rtacha mahkamlikdagi (f < 4) jinslarni burg‘ilash uchun qo‘llaniladi. Bunday burg‘i mashinasini qattiq — mahkam jinslarni burg‘ilashda ham qo'llanish mumkinligini aniqlash bo‘yicha ilmiy tekshirish ishlari olib borilmoqda. Keskichi shtangaga aylanma (buralma) shaklida bog‘langan shpur burg‘ilovchi mashina «parma» deyiladi. Parmalar qo‘llaniladigan yuritkichlar turiga ko‘ra elektrli (elektr parma), pnevmatik va gidravlik turlarga bo‘linadi. Elektr parma qo‘lda ishlatadigan va kolonkali turlarga bo‘linadi. Kolonkali elektr parma mexanik va gidravlik uzatkichlarga ega. Barcha elektr parmalarni zavod portlashga xavfsiz shaklda ishlab chiqaradi. Konchilik sanoatida keng ko‘lamda tarqalgan elektr parm a ko‘m ir va yumshoq jinslarda ( f < 3, tosh tuzi, slaneslarda) shpurlar burg‘ilashda keng ko‘lam da qo‘llaniladi. Shpurlarni elektr parm a bilan 1,5—3 metrga qadar burg‘ilanadi. Shpurlar diametri esa 40—45 mm.
    Qo‘lda ishlatadigan elektr parmaning og'irligi 12—24 kg, shpindelining aylanish chastotasi 5—20 s_l, elektr dvigatelining quwati 1,6 kW dan yuqori emas. Qo'lda ushlab burg'ilaydigan elektr parmaning parmalovchi asbobini kavjoyga ishlatish ishchilar tomonidan qo‘lda amalga oshiriladi, uzatishda sarflanadigan kuchlanish miqdori 200—250 N tashkil etadi. Burg'ilash tezligi 0,2—1 m/min. Mahkam va qattiq ko'm ir (antratsit) va jinslarda chuqurligi 10 m gacha bo‘lgan shpur va skvajinalar burg‘ilash uchun kolonkali elektr parmalar qo‘llaniladi. Bunday elektr parmalarning og‘irligi 28—148 kg (kolonka va burg‘i asbobisiz), elektr dvigatelining quwati 1,4—4,8 kW. Parm a shpindelining aylanish chastotasi, alm ashtiruvchi shesternasi mavjud bo‘lganida, keng diapazonda o‘zgarib, 1—17 s_1 ni tashkil etadi. Hozirgi davr parmalovchi burg'i mashinasining uzatuvchi qurilmasi parmani 16 kN kuchlanish bilan shpur yoki skvajina tubiga uzatadi. Zavodlar pnevmodvigatelli burg‘i mashinalari ham ishlab chiqaradi.
    Ularning og‘irligi 10—15 kg, shpindeldagi quwati 1,5—2 kW va aylantirish momenti 25—30 N • m. Bunday parmalarning qo‘lda ushlab parmalash va pnevmouzatkichli turlari ham ishlab chiqarilmoqda. M ahkam lilik koeffitsiyenti f< 8 bo‘lgan jinslarda skvajina burg‘ilash uchun aylanma harakatlanuvchi dastgoh qoMlaniladi. Bunday dastgohlar elektr yoki pnevmoyuritkichli bo‘lishi mumkin. Dastgoh ogMrligi 200—400 kg, shpindelning aylanish chastotasi 2,5—3 s_1. Dvigatelning quwati 3—8 kW, o‘q yo‘nalishidagi kuchlanishi 0,5—1,5 kN. Diametri 60—80 mm bo‘lgan skvajinalami burg‘ilash chuqurligi 60—70 m. Yumshoq jinslarni keskich bilan burg‘ilash uchun pitrali yoki olmosli har qanday dastgohni qo‘llash mumkin. Olmos bilan burg‘ilash uchun maxsus dastgoh qo‘llaniladi. Bunda yoppasiga yoki kerna olishga mo‘ljallangan va olmos bilan armirovkalangan koronka qo‘llaniladi. U aylanish vaqtida skvajina tubidagi jinslarni yemirib-kemirib ushatadi. Ularni skvajina tubidan yer yuzasiga bosimli suv yordamida olib chiqadi. Olmosli koronkani skvajina tubiga burg‘i shtangasi yordamida tushiriladi. Uni aylantirish va o ‘q yo‘nalishidagi joyini o‘zgartirish dastgohdan beriladi. Olmos bilan burg‘ilash dastgohi, o‘zining ixchamligi bilan farq qilib, katta chastotada aylanadi (7—50 s-1)- Dvigatelining quw ati 2,5—12kW. Dastgoh ogMrligi 50—300 kg. Bunday dastgoh bilan diametri 33—93 mm, chuqurligi 100 m gacha yetadigan skvajinalar burg‘ilanadi. 20 Ochiq tog'-kon ishlarida aylanma kesuvchi burg‘idan foydalanilganda kesuvchi koronkali shnekli burg‘i asbobi ishlatiladi.
    Skvajina diametri 115—160 mm. Diametri 115 mm bo'lgan, yengil odimlab harakatlanadigan turdagi dastgoh qo'llaniladi. Diametri 125— 1600 mm b o ‘lgan skvajinalarni b u rg 'ilash d a 2С Б Р -125.30, СБР-160А-24 dastgohlari ishlatiladi. Bu dastgohlarga o'rmalab harakatlantiruvchi moslama o'rnatilgan. Dastgoh og'irligi 121 gacha. Aylanish quvvati 40 kW, burg'i asbobining aylanish chastotasi 2—3 s_1 ga teng. Konchilik sanoatida keng tarqalgan burg'ilash usullaridan biri pitrali doloto o'rnatilgan burg'ilash dastgohi bo'lib, skvajina tubi siqilgan havo bosimi ostida tozalanadi. Ochiq usulda qazib olinadigan konlarda bunday dastgoh diametri 160—320 mm, chuqurligi 40 m gacha bo'lgan skvajinalarni burg'ilashda qo'llaniladi. Bunday turdagi dastgoh dolotosining aylanish chastotasi 1—3 s_1, dastgoh og'irligi (mas^asi) 20—130 t.
    Bunday dastgoh mahkamlik koeffitsiyenti f = 6 - 18 bo'lgan portlatiladigan skvajinalarni burg'ilashda keng ko'lamda qo'llaniladi. Zarbalab burg'ilash usuli amaliyotda rudali foydali qazilma konlarini qazib olishda keng tarqalgan burg'ilash usuli bo'lib, bunda pnevmo-ushlab turuvchi moslama bilan jihozlangan perforatorlar va teleskopli perforatorlar qo'llaniladi.
    Qo'l perforatorlari bilan diametri 30—35 mm, chuqurligi 4 m gacha bo'lgan shpurlar burg'ilansa, teleskopli perforatorlarda diametri 40—85 mm, chuqurligi 25 m gacha bo'lgan skvajinalar burg'ilanadi. M ahkamlik koeffitsiyenti f - 6 - 2 0 bo'lgan jinslarda perforator bilan ham skvajinalar burg'ilanadi. Aylanmali-zarbali burg'ilash usuli. Bunday burg'ilashda jinslarni parchalovchi asbobi aylanma-zarbali ta’sir etadigan dastgohlar keyingi 20 yil davomida paydo bo'ldi va takomillashdi. Dastgoh o'q yo'nalishi bo'yicha yuqori kuchlanish hosil qilish zarurati vujudga kelganligi sababli yaratilgan bo'lib, og'irligi katta va narxi yuqoridir. Bunday dastgoh bilan burg'ilash g'ildirakli yoki o'rmalovchi qurilmada amalga oshiriladi. Bunda dastgohda skvajina diametri 40—63 mm, chuqurligi 4 m bo'lgan shpurlar burg'ilanadi. Burg'ilanadigan shpurlar chuqurligi burg'i uzatuvchining uzunligiga qarab belgilanadi, chunki burg'ilash ishi butun shtanga bilangina bajariladi.
    Amaliy tajriba shuni ko'rsatadiki, bu turdagi dastgoh-mashina mahkamlik koeffitsiyenti f = 6 - 12 bo'lgan jinslarni burg'ilashda maqsadga muvofiq bo'ladi. 21 Zarbali-aylanma burg‘ilash usuli. Bunday burg‘ilashda tog‘ jinslarini yemirib ushatuvchi asbobning zarbalab aylanma harakatidan shpur yoki skvajina tubidagi jinslar uvalanadi. Yer osti sharoitida rudalarni chuqur skvajina usuli bilan qo‘porib olishda chuqurligi 50 m gacha, diam etri 85—160 mm bo'lgan skvajinalar burg‘ilanadi. Bunday skvajinalarni burg‘ilovchi dastgohning botiruvchi-pnevm ozarba beruvchi asbobi bilan burg‘ilanadi. Dastgoh aylanm a harakatlanuvchi mexanizm va pnevm ozarbalovchi asbobdan iborat b o ‘lib, skvajinaga shtanga vositasida uzatiladi. Zarbalab burg‘ilash katta zarbali kuchlanish talab qilmasligi sababli, bunday dastgohlarning og‘irligi ham katta emas.
    Dastgohning tayyorlanishi oddiy, ishlatishga qulay. Bular diam etri 85—125 mm bo‘lgan skvajinalarni burg‘ilashda keng qo‘llaniladi. Foydali qazilma konlarini ochiq usulda qazib olishda keng qo‘llaniladigan dastgoh bo‘lib, zarbalab-aylanma harakati bilan jinslarga ta ’sir etadi, mahkamlik koeffitsiyenti f = 1 0 - 2 0 bo'lgan jinslarda diametri 105—160 mm, chuqurligi 40 m gacha bo‘lgan skvajina burg‘ilaydi. Dastgoh o‘zining botib boruvchi zarbalovchiaylanm a asbobi bilan g ‘ildirakli yoki o ‘rm alovchi qurilm aga o‘rnatiladi. Zarbalab-aylanma kuch ta’sirida ishlaydigan dastgoh-mashina qatoriga quwatli kolonkali perforatorlarning burg‘i asbobi mustaqil ishlashga moslangan turi kiradi. Bunday perforatorlar bilan chuqur, burg‘ilanib portlatiladigan skvajinalar burg'ilanadi. Skvajina diametri 46—85 mm, chuqurligi 30 m ga yetadi. Jinslarning mahkamlik koeffitsiyenti / '= 6 - 2 0 bo‘lganda ham yuqori unumdorlik bilan burg‘ilaydi. Kolonkali perforatorlar g‘ildirakli yoki harakatlanuvchi qurilmaga o‘rnatiladi.
    Burg‘i kallagi — doloto burg‘ilash dastgohining bir qismi bo‘lib, burg‘ilovchi asbobning birgalikda zarba uzatishiga mo'ljallangan. Burg‘i kallaklarini bir-biridan o‘zining harakatlanishiga qarab quyidagicha farq qilinadi: aylanma, aylanma-zarbalovchi, zarbalabaylanma yoki zarbalovchi turlari va yana universal burg‘i kallagi ham bo‘lib, u burg‘i asbobiga burilish momentini uzatadi yoki burilish momenti bilan birga zarba ham uzatadi. Burg‘i kallagi keltirilgan energiya manbayiga ko‘ra pnevmatik, gidravlik va elektrli bo‘lishi mumkin. Pnevmatik burg‘i kallagining zarbalab-aylanma va zarbalab-burilib harakatlanadigan turlarining asosiy namunasi perforatorda joylashgan. Perforatorlarda mustaqil aylanadigan burg‘isi zarba beruvchi mexanizm va burg‘ini aylantiradigan alohida mexanizmlardan tashkil topgan bo‘lib, umumiy korpusga joylashtirilgan. Bu turdagi mashinalar katta quwatga ega, og‘irligi ancha katta va o‘zi yuradigan kolonnali qurilma yordamida foydalaniladi.
    Zarbalab-burilma burg‘ilash pnevmatik qo‘lda olib yuriladigan va teleskopli perforatorlarning porshenning yurishiga bog‘liq holda aylanadigan turlari bilan amalga oshiradi. Bu turdagi perforatorlarda burish asbobi, porshenning orqaga qaytishida, gelikoidal mexanizm yordamida buriladi. Aylanma-zarbalovchi pnevmatik kallak mustaqil aylantirgichga ega. Uning aylantirgichining quwati zarba uzatuvchi mexanizmga nisbatan ancha yuqori. Shunday perforatorlar borki, ularning aylantirgichi zarba uzatuvchi mexanizmdan ajratilgan. Agar zarba uzatuvchi mexanizm skvajinada asbobdan keyin harakatga kelsa, uni botiriluvchipnevmatik zarba deyiladi. Siqilgan havo oqimi unga burg‘i shtangasida keltirilgan, shuning o‘zi aylanuvchidan lahimda turgan pnevmozarbalovchiga buriluvchi moment uzatadi. Burg‘ilovchi mashina (perforator)ning quwatini oshirish maqsadida pnevmatik energiya o‘rniga gidravlik energiya qo‘llanila boshladi. Shunday qilib, gidroperforatorlar yuzaga keldi va hozirda konchilik sanoatida qo'llanila boshladi. Elektr perforatorlar yaratish ustida ham ilmiy-tekshirish ishlari olib borilmoqda. Elektr energiyasi aylanma burg‘ilash ishlarida keng ko‘lamda qo‘llanilmoqda. Sanoatdagi aylanma harakatlanuvchi elektr burg‘i kallagini va elektr parm a ishlab chiqarishga moslab uskunalangan, portlashga xavfsiz etib yasalgan, qo‘lda ishlatadigan va kolonnali turlari mavjud. Ko‘mir sanoatida elektr parm a shpurlar va skvajinalar burg‘ilashda asosiy vosita bo‘lib xizmat qilmoqda. Bulardan tashqari, chang va gaz portlashi xavfi juda katta bo‘lgan ko‘m ir konlarida ishlatish uchun pnevm atik parm a ham ishlab chiqarilm oqda. Gidroaylantirgich yumshoq jinslarni (ko'pincha, tuz konida) burg‘ilashga m o‘ljallangan. Konchilik sanoatida keng qollaniladigan dastgohlar perforatorlar va elektr parmalardir.
    Birinchi rnarta perforator 1839-yili fransuz olimi Triger tomonidan chuqurligi 20 m bo'lgan shaxta stvolini o‘tishda qo'llangan. Birinchi rnarta siqiigan havo bilan ishlaydigan burg‘ilovchi bolg‘a 1844-yili Bruntan tomonidan taklif qilingan. Bu burg‘i bolg‘asi minutiga 200 zarba beradigan edi. 1857-yili muhandis Sommelve bug'da ishlaydigan mashinani siqiigan havo ta ’sirida burg'ilash ishlarini bajarishga moslashtirgan. Bu mashina shunday ko'rinishda Sawoi Alpining Moit-seni tonnelini o'tishda qo'llanilgan. Perforatorning avtomatik ravishda ishlaydigan zolotnikli ourilmasi va mustaqil aylantiradigan alohida dvigateli bo'lgan. Shpurga suv burg'i yonida o'rnatilgan quvur vositasida uzatilgan.
    Bu mashinaning qo'llanishi tonnelning qurilish muddatini 13 yilga qisqartirish imkonini yaratgan. Birinchi yaratilgan perforatorning tog' ishlarida qo'llanishda erishilgan yuqori samaradorlik sanoatchilarni bu mashinani mukammallashtinsh ustida jadal ishlashga majbur etdi. Shunday qilib, 28 yil (1849— 1877-y.) ichida bu mashinaning 80 ga yaqin konstruksiyasi ishlab chiqilib, patent oldi. 1851-yili porshenli perforator ishlab chiqarildi, uning koronkasi porshenga qattiq mahkamlangan edi. Gelikoidal juftlik perforatorda 1974-yilda Davidson tom onidan qo'llanilgan. 1873-yilgi angliyalik Darlington shunday qurilma yaratdiki, unda siqiigan havo taqsimlanishi porshendagi zolotnik orqali amalga oshirildi va bu haqda patent oldi. Xrapovikli mexanizmni gelikoidal steijeni bilan orqa kallagiga o'tkazish haqidagi taklif 1876-yili Terner tomonidan patentlanadi. Shundan buyon gelikoidal juftlik e’tibor bilan takomillashtirib, perforatorning porsheni va burg'isini aylantirish uchun keng ko'lamda qo'llanila boshladi. Erkin porshenli perforator 1884-yili Sergentom tom onidan patentlangan. 1871-yili Saymon Intersol yangi burg'ilash mashinasiga patent olgan. Uning burg'i mashinasi uch oyoqqa o'rnatilgan bo'lib, skvajinalarni har xil yo'nalishda burg'ilashga imkon yaratdi. Ichi kovak po'lat steijen burg'ilash uchun 1896-yili Georgom Leyker tomonidan qo'llanilgan, shu klapanlarning va odam tomonidan aylantirish mexanizmining bir necha konstruksiyasi taklif etilgan, bu portlashning zarbasini 200—400 dan minutiga 1800 zarbagacha yetkazishga imkon yaratdi. Bular og'irligi kam bo'lgan burg'ilash mashinalari konstruksiyasini yaratish imkonini berdi. 24 Rossiyada va Amerikadagi «Rend-po‘lat» zavodi ishlab chiqargan perforatorni birinchi bo‘lib 1878-yili Bogoslovsk mis konida, so‘ng 1907-yili perforatorlar Donbass ko‘mir konlarida ham ishlatila boshlagan. 1910-yilga kelib, sanoati rivojlanayotgan barcha mamlakatlarda perforatorlar ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yilgan. Hozirgi vaqtda Rossiya mavjud og‘ir sanoati tarmoqlari konchilik ishlariga zarur bo‘lgan mashina va uskunalarni ishlab chiqaradigan yirik sanoat tarmog‘i bo‘lgan davlatga aylangan. 0 ‘zbekistonda Navoiy shahrida kon-metallurgiya kombinati qoshida tashkil topgan kon-texnika uskunalarini ta’mirlovchi zavod konchilik uskunalarini mustaqil ishlab chiqaradigan zavodga aylandi.
    Shaxtani burg'ilash qurilmasi yer osti lahimlarida shpurlar burg'ilashga mo‘ljallangan bo'lib, lahim o'qi yo'nalishi bo'yicha oldiga, shiftga, yonlariga yoki lahim tagi yo'nalishida shpurlar burg'ilashi mumkin. Burg'ilovchi qurilmani tanlashning asosiy mezonlari konchilik ishlarining turi, lahim ko'ndalang kesim yuzasining o'lchami, jinslarning mahkamligi, burg'ilanishiga bog'liq holda tanlanadi. Kon lahimlarida shpurlar lahim o'qi yo'nalishida burg'ilanadi (burg'i qurilmasini frontal joylashtirish). Bu bilan shpurlaming parallelligi saqlanishi uchun avtouzatkichning parallelligini ta’minlash kerak. Keyingi talab lahim devoridan minimal masofada buig'ilashni boshlashdan iborat; hu asosan lahim devorlarini tekis, silliq qilib portlatilganida zarur. Burg'ilash mashinasi (burg'i kallagi va uzatkichi) shunday qo'yilishi kcrakki, shpur yo'nalishining lahim devoriga parallelligi ta’minlansin (devordan 120 mm qochiqlikda burg'ilash kerak).
    Lahim tagidan kichik burchak bilan shpur burg‘ilashda uning to‘g‘ri joylashtirilishi ham katta ahamiyatga ega. Shpurlarning lahim tagi tekis bo‘lmasa, o‘ziyurar mashinalarni ishlatishga teskari ta’sir etib uning shinalarining tez yemirilishiga sabab bo‘ladi. Ankerli m ustahkamlagichlar uchun va lahim devorida ham radial — frontal turdagi burg‘ilash qurilmasi bilan shpurlar burg‘ilanadi. Bunda shpurlar lahimning yo‘nalish o‘qiga perpendikular burg‘ilanadi. Shuning uchun avtouzatkichni gidrosilindr yordamida 90° aylan*irib buriladi. Ba’zan avtouzatkich lahim balandligi bo‘yicha sig‘maydi. Bunday holatda teleskopli uzatkichdan foydalaniladi.
    Shtanga uchun kalta burg‘i ishlatiladi. Bulardan tashqari, maxsus qurilma yordamida burg‘ilash va shtangalarni o'rnatish murnkin. Qurilma lahimlar o'tish kompleksi tarkibiga kiradi. 0 ‘ziyurar shaxta burg‘ilash qurilmasi rudalarni tozalab qazib olishda ham shpurlar burg'ilashda qollaniladi. Bunday mashinalar ustunli kamera usulida qazib olish va bo‘shliqni to‘ldirib qazib olish tizimlari qoMlanilganda ma’lum samaradorlik bilan ishlaydi. Kavjoy balandligi bunda 2—8 m bo‘lishi mumkin; chet mamlakatlarda amaliyotda minorali burg‘ilash qurilmasidan foydalaniladi, kavjoy balandligi esa 12 m ga qadar yetishi mumkin.
    Ochiq usulda konlarni qazib olishda qoMlaniladigan aylanma burg‘ilash dastgohiga pitrali burg‘ilash dastgohi, aylanma burg‘ilash dastgohi kesuvchi doloto bilan kiradi. Sharoshkali burg‘ilash hozirgi davr koncnilik sanoatida keng tarqalgan usuldir. Qo‘rg‘oshin-rux sanoat tarm og'ining ilmiy-tekshirish instituti tom onidan ishlab chiqarilgan dolotoda frezerlangan tishlar o'rniga qattiq qotishmadan tayyorlangan BK-15 shtiri qo‘yilgan. 0 ‘q yo‘nalishida kuchlanishi 15—18 kN, shpindelning aylanish chastotasi 2,5—3 s_1, burg‘ilash tezligi pitrali burg‘ilashga nisbatan 3 barobar yuqori bo‘lgan. Qattiq qotishmadan tayyorlangan tishlar frezerlangan tishga nisbatan 40 marta seki i o‘tmaslashgan.
    Barcha itqituvchi va portlovchi moddalar ichida eng qadimgisi — tutunli qora poroxdir. Mahkam, qattiq tog* jinslarini parchalab maydalash ishlari dastlab 1548— 1572-yillari Neman daryosining farvaterlarini portlatib tozalashda qo'llanilgan. XVIII asrga kelib foydali qazilmalarni qazib olishda porox qo'llanila boshlaganligi ma’lum. XIX asrning ikkinchi yarmida konchilik sanoati tez o'sa boshla- 1 shi natijasida yangi portlovchi materiallar va portlatish vositalarini yaratish zarurati o'sib bordi. Portlatish texnikasini rivojlantirishda rus olimlari va muhandislarining roli kattadir.
    Poroxr.ing portlatilganda atrof-muhitni parchalab maydalash xususiyatini 1749-yilda М. V. Lomonosov o'ztning tabiatda selitraning tug'ilishi haqidagi ilmiy dissertatsiyasida birinchi bo'lib ilmiy asosda tushuntirib bergan edi. Portlovchi moddalar haqida yana 1799-yili A. I. Musin — Pushkina «Portlovchi moddalar texnologiyasi» degan maqolasida m a’lumotlar bergan. Nitrogiitserin 1847-yili italiyalik olim Sobrero tom onidan ixtiro qilingan. Nitroglitserinni sanoat miqyosida o'zlashtirilib tayyorlash ustida I. N. Zinin bilan Z. F. Petrushevskiy ko‘p mehnat qilganlar va natijada 1853-yili birinchi bo'lib sof nitroglitserinning birinchi guruhi sanoatda ishlab chiqarildi.
    Portlovchi moddalarni sanoat tarmoqlarida keng qo'llashda portlatish vositalarini ishlab chiqarish katta ahamiyatga ega bo'ldi. Keyingr 100-yillar davomida porox zaryadini portlatish uchun porox tayoqchasi (porox to'ldirilgan naycha) va porox y o ‘lakchasidan foydalanib kelingan. ! 812-yilda Rossiya Fanlar akademiyasining korrespondent-a’zosi P. L. Shilin dunyoda birinchi boiib elektr toki yordamida alangalatHieh moslama qo'lladi, so‘ng 1833-yili Bikford o‘t o‘tkazuvchi pilik (shnur) ixtiro etdi, A. Nobel 1867 -yili simob-qaldirog‘i asosida kapsul-detonator ishlab chiqarishga patent oldi (Nobel o‘t oldiruvchisi — zapal). 1867-yilda shved kimyogari I. Olsen va 1. Norbellar ammiak-selitrali portlovchi moddani ixtiro etib, ishlab chiqarish uchun patent olishgan.
    Bu portlovchi modda hozirgi davrda ishlab chiqarilayotgan ammiak-selitrali portlovchi moddalar tarkibiga yaqin bo‘lgan. XIX asrning ikkinchi yarmiga kelib, portlashning atrof-muhitga la’siri haqidagi nazariyaga asos solindi. Shu davrdagi ko'pgina olimlarning portlovchi materiailar haqidagi nazariyalari hozirgi vaqtda ham amaliyotda o ‘z ahamiyatini saqlab kelmoqda. D. I. Mendeleyev ixtiro etgan yangi portlovchi modda — «Pirokolladiya» tutunsiz porox asosida yaratilgan bo‘lib, keyinchalik butim dunyo harbiylari tomonidan o‘t ochuvchi qurollarda ishlatiladigan bo‘ldi. Portlatish ishlarini rivojlantirib, uning nazariy asoslari zamirida yangi portlovchi materiailar va portlatish vositalari ishlab chiqarish yo‘lga qo'yildi.
    1885-yildan boshlab portlovchi modda (PM) sifatida pikrip kislotasi ishlata boshlangan bo‘lsa, 1887-yildan tetri L 1891- yildan esa trotil va yuqori quvvatli geksogen, ТЭН ixtiro etildi. XIX asr oxirlarida sintez qilingan geksogen portlovchi modda sifatida 1920-yildan ishlatila boshlandi. Portlovchi moddalar (PM) turlarining ko‘payishi ularni qo'llash doirasining kengayishiga olib keldi. 1930-yildan boshlab nitroglitserinli portlovchi moddalar (dinamitlar) xavfsizligi kamroq (bexatarroq) ammiak-selitrali portlovchi moddalar bilan almashtirildi. Shunday bo‘lsa ham, ular 12% li grizutli ko'mirni portlatishda va 29% li grizutli ko‘mir va yondosh jinslar aralashgan lahimlarni o‘tishda 1942- yilga qadar ishlatilib kelingan.
    Ko'mirsiz jinslardan iborat bo‘lgan kovlash joylarida ko‘p vaqtgacha 93%, 83% va 62% li yuqori foizli dinamit ishlatilgan. 62% li qattiq muzlaydigan dinamit esa 1965- yilga qadar ishlatilib kelindi. Ammonit va dinamitlar 1940-yilning oxiridan boshlab ochiq konlarni qazib olishda asosiy sanoat portlovchi moddasiga (PM) aylandi. Ammiak-selitiali poiiiovchi modda yer osti ishlarida qo‘llanishi uchun 1931 -yildan bosidab juxsat etildi. 1941 —1945-harbiy yillarda va urishdan keyingi yillar davom ida am m iak-selitrali 89 portlovchi moddalar (PM), shu jumladan, qisman nitroefir qo‘shilgan saqlagichli va saqlagichsiz ammonitlar ko‘mir va ruda konlarini qazib olishda keng ko‘lamda qoilanilmoqda.
    Konchilik sanoatida, geologiya-qidiruv ishlarida va qurilishlarda portlatish ishlarining keng qo'llanilishi murakkab gidrotexnik inshootlarni qurishda, sug'orish kanallarini qurishda portlovchi moddalarning qoMlanishiga keng imkoniyat yaratdi. 1952— 1953-yillari Oltin-Topgan ruda konini ochishda 1610 tonna portlovchi moddani 3 seriya bilan portlatib, katta hajmdagi konni ochish ishlari amalga oshirildi. 1966— 1968-yillari o‘tkazilgan Amu — Buxoro mashina kanalini ochish uning deyarli hamma qismida portlatish kanal trassasi (yo‘li)dagi jinslarni portlatib «itqitish» usuli asosida amalga oshirildi. Bu kanal trassasida yuz minglab tonna portlovchi moddalar ishlatildi. Chodak, Marjonbuloq, Zarmitan oltin konlarini dastlabki yillarda ochiq usulda qazib olingan karyer maydonida ham yalpi portlatish ishlaii amalga oshirilishi natijasida katta miqdordagi ruda zaxiralarini ochishga va qazib olishga imkoniyat yaratilgan edi. Ingichka volfram konining 1-sonli shaxtasida 1960-yilda yer osti maydonining miqdori yuqori bo‘lgan uchastkasini yalpisiga portlatish, konchilik korxonasi ruda boyitish fabrikasining deyarli 8 baravar yuqori samara bilan ishlash imkonini bergan edi. 1968-yili Vaxsh daryosidagi gidroelektrostansiya qurilishida portlatib itqitish y o ii bilan elektrostansiya tb ‘g‘onini qurishda 2000 tonna portlovchi moddani bir vaqtda portlatib boshlang‘ich to ‘g‘on hosil qilingan edi. Bu to‘g‘on o'zagiga portlatish yo‘li bilan 860 ming m 3 hajmdagi tog‘ jinslarini ko'chirib o‘tqazildi.
    Bu amaliy ishlar portlatib itqitish usulini kashf etgan ayrim olim larni yaratgan formulariga qo‘shimcha va o‘zgartirishlar kiritishga majbur etdi. 1960-yillardan boshlab xavfsiz, oddiy ammiak-selitra asosida tayyorlanadigan portlovchi modda — «Igdanit» va «Ifzanit»lar sanoatda ishlab chiqarilgan ammiak-selitrali portlovchi moddalar bilan bir qatordf\ yer osti ishlarida va ochiq usulda ishlatiladigan konlarda portlatish ishlari olib borishda keng qo‘llanila boshlandi. Portlashni boshqarish usullarini takomillashtirish karyer va shaxtalarda tog‘ jinslarini parchalab-maydalashda qisqa muddatli sekinlatib portlatish imkonini rivojlantirishga yordam berdi. Birinchi marta 1934—1935-yillarda qisqa muddatga sekinlatib portlatish usulini K. A. Berlin shaxta stvolini o‘tishda qo‘llagan, 1951- 90 yildan boshlab konlarni ochiq usulda va shaxtalardan qazib olishda qisqa muddatli sekinlatib portlatish usuli keng qo‘llanilib va rivojlanib bormoqda. Portlatish nazariyasi, portlatish ishlari o'lchamlarini hisoblash, portlashni boshqarish usulini rivojlantirish va yangi usullarini ishlab chiqish, portlatish haqidagi m urakkab m asalalar nazariyasini takomillashtirishda qilinadigan ishlar — bugungi kunning dolzarb masalalaridan biridir.
    Portlovchi moddalarning portlashidan hosil bo‘lgan energiyadan ko'mir, ruda konlaridagi shaxtalar, rudniklar va karyerlar qurilishida ko'mir, ruda, yonuvchi slaneslar, tog‘-kon kimyoviy xomashyolari, qurilish materiallari va boshqa foydali qazilmalarni qazib olishda; tonnellar, kanallar, gidrotexnik inshootlar to‘g‘onini bunyod etishda, temir yo‘l, avtomobil yo‘llarini qurishda, eski bino va inshootlarni portlatib buzishda keng qo'llanilmoqda.
    Portlash — moddalar fizikaviy, kimyoviy holatining bir zumda o'zgarish jarayoni bo‘lib, bunda kuchli energiya ajralib ish bajariladi. Portlashning asosiy xarakterli belgilari: atrof-muhitga kuchli bosim ko‘rsatishi va yuqori temperaturaning keskin o'sishi, zarbali to‘lqin tarqatib, yuqori tovush hosil qilishidir. Portlash fizikaviy va kimyoviy hodisalar sababli vujudga kelishi mumkin, shuning uchun bunday portlashni fizikaviy yoki kimyoviy portlash deyiladi. Fizikaviy portlashda moddaning faqat fizikaviy holati o‘zgaradi. Bunday portlashga siqiigan havo, gaz ballonlari va bug‘ qozonlarining portlashi misol bo‘ladi. Portlashning yemirib parchalash kuchi (ta’siri) siqiigan havo, gaz va bug‘ rezervuarlaridagi bosim kattaligiga bogiiq. Fizikaviy portlash — kuchli momaqaldiroq uchquni, qisqa muddatli kuchli elektr razryadi tufayli potensial energiya tenglashishi natijasidir. Bunda have bosimi tez ko‘tarilib — o‘sib, atrof-muhitga zarbali to‘lqin tarqalishig; olib kelishi mumkin.
    Fizikaviy portlashga «Kordoks» patronining portlashini ham miso qilib keltirish mumkin. Sanoatda, tog‘-kon ishlari olib borishda, asosan, kimyoviy port lashdan foydalaniladi, bunda kimyoviy tarkibi tez o‘zgarib, o‘zida yuqori temperaturali issiqlik, gazsimon mahsulot va bug1 ajrali chiqadigan moddalar qo‘llaniladi. Kimyoviy portlash deb, ba’zi bir kimyoviy moddalarning yoki uk aralashmasining bir zumda juda tez tarqalib, issiq gazsimon mahsi lot ajratib chiqarishiga aytiladi. Boshlang'ich portlashni qo‘zg‘atuvchi (uyg'otuvchi) ta’sirida por lab kimyoviy tarkibini o'zgartirish va yuqori temperaturali issiqlik gazsimon mahsulotlar ajratib chiqarish xususiyatiga ega bo'lgan maxs moddalar yoki ularning aralashmasi portlovchi moddalar deyiladi. 93 Kimyoviy portlashning ekzotermikligi portlashdan hosil bo‘lgan gaz yoki bug‘ni yuqori temperatura bilan ta’minlaydi. Portlash reaksiyasi tarqalishining zaruriy sharti — uning tarkibida kuchli qizdiruvchi va siqilgan gazning mavjudligi bo‘lib, uning katta tezlik bilan kengayishi natijasida potensial kimyoviy energiya issiqlik va mexanik energiyaga aylanib, issiqlik va mexanik ish bajarishidir.
    Portlashning eng muhim belgisi — bosimning keskin va juda yuqori oMchamgacha kengayishidir. Portlovchi modda reaksiya natijasiga katta tezlikda gazsimon mahsulotga aylanib, nihoyatda katta tezlikda hosil bo‘lgan gazlar yemirilib, portlovchi kuchga aylanadi. Katta miqdorda issiqlik va katta hajmdagi gaz ajraladigan portlashga aylanish tezligi kam bo‘lganida o‘z-o‘zidan tarqaluvchi portlash deb qarash mumkin emas. Bunday holatda moddaning portlashga aylanishi sekin amalga oshgani uchun, oldiga qo‘yilgan yemirib-parchalab ish bajarishdek vazifani bajara olmaydi. Portlashga aylanishning tarqalish tezligi va xarakteri bo‘yicha barcha portlash jarayonini oddiyyonish, portlash va detonatsiyaltiniSh jarayonlariga ajratish mumkin.

    Download 0,86 Mb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9




    Download 0,86 Mb.