Karyer - foydali qazilmalarni ochiq usulda qazib chiqaruvchi konchilik korxonasi. Razrez – ko’mir qazuvchi karer. Priysk




Download 0,86 Mb.
bet3/9
Sana07.02.2024
Hajmi0,86 Mb.
#152501
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
R.Rustam Course work
7-мактаб IKKINCHI TIL bo\'yicha ma\'lumot, Документ Microsoft Word (5), 432FSDF, Ameliy 4, YUZI, 3-mavzu Ijtimoiy pedagogika, 2-topshiriq, GAP BO\'LAKLARI, 15.Mehnat muhofazasi va texnika xavfsizligi hivWBz9, Mamayusupov E.8., Yonalishga kirish 5-tema, Mavzu-7 Bilish jarayonlari buzilishlari, Yuridik psixologiya 6-mavzu
Karyer - foydali qazilmalarni ochiq usulda qazib chiqaruvchi konchilik korxonasi. Razrez – ko’mir qazuvchi karer.
Priysk - qimmatbaho metallrga ega bo’lgan sochma konlarni qazib chiqaruvchi konchilik korxonasi.
Promisel - suyuq va gazsimon foydali qazilmalarni qazib chiqaruvchi konchilik korxonasi (neft promiseli).
Konni ochish, qazishga tayyorlash va bevosita foydali qazilmani qazib olish bilan bog’liq bo’lgan barcha ishlar majmuini konni qazib chiqarish deyiladi.
Bu ishlar konni qazib chiqarishning bo’g’inlari hisoblanadi. Masalan, dastlabki koni ochish ishlari, so’ng konni bir qismini qazishga tayyorlash ishlari va bevosita foydali qazilmani qazish ishlari birin-ketin bajariladi.
Konlarni yer osti usulida qazib chiqarish uchun yer osti kon lahimlari to’rini barpo etish talab etiladi (1 rasm).

1.1-rasm. Ko’mir shaxtasi sxemasi:
 1,2,12 - vertikal lahimlar; 3,4,5,10,11 - gorizontal lahimlar; 6,7,8,9 - qiya lahimlar; 13 - nasos kamerasi; 14 - qazish kavjoyi.
Kondan qazib olingan foydali qazilma ushbu lahimlar orqali tashilib yer yuziga chiqarib beriladi.
Qattiq foydali qazilmalarni qazib chiqarishda, dastlab uning bir qismini massivdan ajratib olish (buzish) lozimdir. Ko’mir konlarini qazib chiqarishda massivni buzish, asosan, mexanik usulda,ruda konlarida esa, portlatish usulida amalga oshiriladi.


    1. Rasm. Konlarni ochiq, usulda qazish sxemasi:

1 -ekskovator; 2-avtoag’dargich; 3-buldozer; 4-burg’ulash stanogi;
5- gorizontlar; 6-porlatilgan massa; 7-foydali qazilma yotqizig’i; 8-skvajinalar; 9- tushish transheyasi; 10-qoplama jins ag’darmasi.Foydali qazilma konlarini ochiq usulda qazib chiqarish yer osti usuliga nisbatan qator afzallik va kamchiliklarga ega.
Asosiy afzalliklari:
- ishlab chiqarish jarayonlarini yuqori darajada mexanizasiyalash va avtomatlashtirish imkoniyati mavjudligi tufayli, mehnat unumdorligi yuqori va kon qazish ishlari xarajatlari kam bo’lishi ta'minlanadi;
- mehnat qilish sharoitlari qulay va nisbatan xavfsizroq bo’ladi;
- korxona qurilishi uchun sarflanadigan solishtirma kapital mablag’ (ishlab chiqarish quvvatining bir birligiga to’g’ri keladigan kapital mablag’) kichik bo’ladi;
- foydali qazilmani mumkin qadar to’laroq qazib olishga imkoniyat yaratiladi.
Asosiy kamchiliklari:
- ayrim xollarda ochiq kon ishlarining ob-havoga bog’liqligi;
- katta yer maydonlarini qishloq xo’jalik oborotidan vaqtincha chiqarilishi;
- yer qa'rida suv balansining buzilishi.
Foydali qazilmalarni geotexnologik usullarda qazib chiqarish yer yuzidan yoki kon lahimlaridan foydali qazilma yotqizig’igacha skvajina o’tib, u orqali foydali qazilmaga mexanik, fizik yoki kimyoviy ta'sir ko’rsatib, uni harakatlanuvchi holatga keltirish va skvajinalar orqali yer yuziga chiqarib olishga asoslangan.
Hozirgi vaqtda, konchilik amaliyotida oltingugurtni eritish, ko’mirni yer ostida yonuvchi gazga aylantirish va rangli metallarni yer ostida bakteriya -kimyoviy ta'sir etib, tanlab eritishga asoslangan geotexnologik qazish usullari qo’llanilmoqda. Biroq, ularni hajmi juda kichik bo’lsada, iqtisodiy va ekollogik nuqtai nazaridan istiqbolli usullar hisoblanadi.
Foydali qazilmalarni skvajina usulida qazib chiqarish, asosan, neft va gaz konlarida, shuningdek, yer osti suvlarini qazishda keng qo’llanadi. Tub jinslar asosan issiqlik, sovuqlik va suv oqimi ta'sirida yemiriladi. Tub jinslar yemirilishi natijasida hosil bo‘lgan jins zarrachalari o’z o’rnida qolgan yoki shamol va suv oqimi ta'sirida ma'lum masofaga ko’chgan bo’lishi mumkin.
Tub jinslar hosil bo’lishiga nisbatan magmatik, cho’kindi va metamorfik guruhlarga bo’linadi.Magmatik jinslar erib turgan magmaning sovushidan hosil bo’lgan bo’lib, ularga granit, sienit, diorit, gabbro, diobaz, bazalt va shu kabi boshqa qattiq kon jinslari kiradi.Cho’kindi jinslar asosan yog’ingarchilik natijasida suv tarkibidagi jins zarrachalarining cho’kishi, shuningdek, muzliklar harakati natijasida hosil bo’lgan jinslar bo’lib, ularga ko’mir, argellit, alevrolit, qumtosh, ohaktosh, gillar kabi jinslar kiradi.Metamorfik jinslar - magmatik va cho’kindi jinslarning yer ostida bosim va harorat ta'sirida o’zgargan ko’rinishi bo’lib, ularga asosan kvarsitlar va marmarlar misol bo’ladi. Yer qobig’ining o’rganilishi mumkin bo’lgan yuqori qismi (16-20 km chuqurlikgacha), asosan magmatik jinslardan tashkil topgan (95%), metamorfik jinslar 4 % ni, cho’kindi jinslar esa 1% ni tashkil qiladi.
Kon jinslari bitta yoki bir necha mineral zarrachalaridan tashkil topgan bo’ladi. Foydali qazilma konlarining shakllari va yotish elementlari qattiq foydali qazilma konlari yer qobig’ida joylashish bo’yicha to’g’ri va noto’g’ri shaklli konlarga ajratiladi.
To’g’ri shaklli konlarni qatlamli va qatlamsimon ko’rinishga ega bo’lgan konlar tashkil qiladi. Yer qobig’ida keng tarqalgan, plitasimon ko’rinishga ega bo’lgan, har ikki tomonidan bir-biriga deyarli parallel tekisliklar bilan chegaralangan foydali qazilma yotqizig’i "qatlam" deb ataladi. Ikki jins qatlamini bir-biri bilan ustma-ust tutashish tekisligi qatlamlanish tekisligi deyiladi.
Foydali qazilma qatlami tepasiga joylashgan jins qatlami qatlamning shifti yoki "osilma" yoni deyiladi.Qatlamlar oddiy (bir tarkibli) va murakkab (ko’p tarkibli) bo’lishi mumkin.Cho’kindi jinslar tarkibida hosil bo’lgan foydali qazilma konlari, asosan, to’g’ri shaklli konlar hisoblanadi (ko’mir, yonuvchi slaneslar, mineral tuzlar, gips, marganes va boshqa foydali qazilma konlari).
Bir necha qatlamlar yer qobig’ida o’zaro parallel va bir-biriga yaqin joylashgan bo’lsa, ularni qatlamlar dastasi (svitasi) deb ataladi.
Yer tomir, shtok, linza va shu kabi nogeometrik shaklga ega bo’lgan foydali qazilma konlari noto’g’ri shaklli konlar hisoblanadi. Odatda, ruda konlari noto’g’ri shaklli konlardir. Qatlam ostidagi jinslar esa qatlam asosi (zamini) yoki "yotish" yoni deyiladi.

1.3-rasm.qatlam tuzilishi: a - sodda; b - murakkab.
Yer qobig’idagi darzlarni to’ldirgan mineral moddalar yertomir deyiladi. Yertomirlar oddiy va murakkab bўlishi mumkin. Yer qobig’idagi bo’shliqlar mineral moddalar Bilan to’lgan bo’lsa, ,bunday konlar, odatda, shtok, in va linza shakliga ega bo’ladilar. Bu shakldagi konlar bir-biridan shakl va o’lchamlari orqali farqlanadi va odatda, temir, miss, polimetall konlari shunday shakllarda uchraydi.
Qatlamlarning Yer qobig’ida joylashish holati ularning yotish elementlari orqali aniqlanadi.qatlamning cho’ziqligi, og’ishi, og’ish burchagi, qalinligi uning asosiy elementlari hisoblanadi. Qatlamning uzunligi (uzunlik bo’yicha o’lchami) qatlam cho’ziqli deyiladi. Qatlamning gorizontal tekislik bilan kesishish chizig’i – cho’ziqlik chizig’i deyiladi.Qatlam tekisligida cho’ziqlik chizig’iga tik yotgan chiziq og’ish chizig’i, ushbu chiziqning yo’nalishi esa qatlam og’ishi deyiladi.Og’ish chizig’i bilan gorizontal tekislik o’rtasida hosil bo’lgan burchak qatlam og’ish burchagi deb yuritiladi.
Foydali qazilma yotqizig’larining yotish elementlari o’ta o’zgaruvchan bo’lib, ko’mir konlarida ular ruda konlariga nisbatan sezilarli darajada kamroq o’zgaradi, ruda konlarida esa, yotish elementlari keng miqyosda o’zgaradi. Foydali qazilma qatlami (yotqizig’ining) qalinligi deganda, qatlamni chegaralovchi tekisliklar orasiga tik o’tkazilgan chiziq uzunligi tushuniladi. Bunday qalinlik (m) haqiqiy qalinlik deyiladi.
Qatlam shifti bilan asosi o’rtasidagi gorizontal chiziq bo’yicha masofa qatlamning gorizontal qalinligi (mg), vertikal chiziq bo’yicha masofasi esa, vertikal qalinlik (mv) deyiladi.





    1. -Rasm. Ruda tanalarining yotish shakllari: a-yertomir; b-shtok; v-linzalar;

g-insimon.
Qatlam qalinligi ko’pincha o’zgaruvchan bo’ladi, ya'ni bir joyda qalin bo’lsa, ikkinchi joyda yupqaroq, uchinchi joyda esa, yanada yupqaroq bo’lishi mumkin. Shu sababli konchilik amaliyotida o’rtacha qalinlik (mo’r) atamasidan foydalaniladi.
Foydali qazilmalarni ruda va norudaga bo’lish ham qabul qilingan.Ruda foydali qazilmalarining farq qiladigan asosiy belgisi bu ularga qayta ishlov berish natijasida tarkibidagi foydali birikmalarni ajratib,metal konsentrati olinishidir.
Kon atrofidagi yondosh tog’ jinslarini va ularnng oralariga kirib qolgan,tarkibida metal(foydali minerallar)bo’lmagan,qayta ishlash uchun yaroqsiz bo’lgan jinslarni rudasiz(puch)tog’jinslari deb atash qabul qilingan.
Foydali qazilmani qazib olishda rudadan tashqari puch jinslar ham qazib chiqariladi.Ularning bir qismi saralanib rudadan ajratib yer yuziga chiqariladi,yana boshqa bir qismi qazib olish jarayonida rudaga aralashib ketadi.Yer yuzasiga ruda bilan birga chiqarilayotgan aralashgan puch jinslarga ruda massasi deyiladi.Ruda va puch jinslarni alohida-alohida yer yuzasiga chiqarilgan qismiga ya’ni “ruda massasi”va”puch jinslar”ni birgalikda kon jinslari deyiladi.
Kon maydoni doirasida aniqlangan foydali qazilmalar zaxirasining hammasi geologik zaxira deyiladi.
Xalq xo’jaligi ahamiyatiga bog’liq holda geologik zaxiralar ikki guruhga bo’linadi:balansdagi va balansdan tashqari(balansga kiritilmagan),alohida hisob-kitob qilinadigan zaxiralar.

Download 0,86 Mb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Download 0,86 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Karyer - foydali qazilmalarni ochiq usulda qazib chiqaruvchi konchilik korxonasi. Razrez – ko’mir qazuvchi karer. Priysk

Download 0,86 Mb.