Mundarija Kirish Asosiy qism




Download 0,86 Mb.
bet6/9
Sana07.02.2024
Hajmi0,86 Mb.
#152501
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
R.Rustam Course work
7-мактаб IKKINCHI TIL bo\'yicha ma\'lumot, Документ Microsoft Word (5), 432FSDF, Ameliy 4, YUZI, 3-mavzu Ijtimoiy pedagogika, 2-topshiriq, GAP BO\'LAKLARI, 15.Mehnat muhofazasi va texnika xavfsizligi hivWBz9, Mamayusupov E.8., Yonalishga kirish 5-tema, Mavzu-7 Bilish jarayonlari buzilishlari, Yuridik psixologiya 6-mavzu
Kvershlag - kon yotqiziqlari (qatlamlari) cho’ziqligiga perpendikulyar o’tkaziladigan, yer yuzi bilan bevosita tutashmaydigan gorizontal kon lahimi. Kvershlaglar odatda, ochuvchi kon lahimlari sirasiga kiradi va qazib olingan foydali qazilmalarni, materiallarni, ishchilarni, uskunalarni tashish bilan bir qatorda shaxtani shamollatish ishlariga xizmat qiladi.
Shtrek - yer yuzi bilan bevosita tutashmaydigan gorizontal kon lahimi bo’lib, shaxta maydonidagi foydali qazilma zaxirasining bir qismini qazishga tayyorlash uchun barpoetiladi.Shtreklar kon yotqizig’i qiya joylashgan bo’lsa, u holda faqat yotqiziq (qatlam) cho’ziqligi bo’yicha, gorizontal joylashgan bo’lsa, istalgan yo’nalishda o’tilishi mumkin. Shtreklar bajaradigan vazifalariga nisbatan bosh, oraliq, tashish, shamollatish, konveyer va boshqa nomlar bilan yuritiladi.
Prosek - yer yuzi bilan bevosita tutashmaydigan, shtreka parallel o’tiladigan gorizontal kon lahimi.
Prosek shtrekni o’tish davrida uni shamollatishva kesma ishlarini bajarish maqsadida o’tiladi.
Ort - qalin ko’mir qatlamlari yoki ruda yotqiziqlarining gorizontal qalinligi bo’yicha o’tiladigan gorizontal kon lahimi.
Tutashtirma - bir -biriga yaqin joylashgan qiya lahimlarini o’zaro tutashtiruvchi gorizontal kon lahimi.
Gorizontal kon lahimlari ko’ndalang kesim yuzi to’g’ri to’rtburchak, trapetsiyasimon, gumbazsimon, aylana va boshqa shakllarda bo’lishi mumkin.
To'g'ri to'rtburchakli shakl kon bosimi faqat ship tomondan ta’sir qilib yon tomonlarda bo‘lmagan, ramali yoki aralash mustahkamlagichlar o‘rnatilganda qabul qilinadi. Kon lahimlari turg‘un tog‘ jinslaridan o'tilganda to‘g‘riburchakli shakl eng qulayi hisoblanadi.
Trapetsiyasimon shakl kon bosimi asosan ship tomondan bo‘lib yon tomonlardan unchalik kuchli ta’sir qilmagan hollarda tanlanadi.(3-rasm)
To'g'ri burchakli-svod shakli kon lahimlari monolit beton, sochratmabeton, ankerlar, kombinatsiyalashgan mustahkamlagichlar mustahkamlanganda va mustahkam turg‘un tog‘ jinslardan mustahkamlagichsiz o‘tilganda qo‘llaniladi.
Gumbazsimon shakl ship va zamin tomondan kon bosimi ta’siri katta, yon tomonlardan unchalik katta bo‘lmagan, lahim tosh-blokli, barcha tomonlari yopiq arkali mustahkamlagichlar bilan mustahkamlanganda qo’llash maqsadga muvofiq.
Aylana shakl lahim yumshoq va noturg‘un tog’ jinslaridan o‘tilib, kon bosimi barcha tomondan ta’sir qilib, lahim barcha tomonlari yopiq mustahkamlagichlar bilan mustahkamlangan hollarda qo‘llaniladi.


Download 0,86 Mb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Download 0,86 Mb.