|
Bitiruv malakaviy ishining dolzarbligi
|
bet | 2/13 | Sana | 27.09.2024 | Hajmi | 9,58 Mb. | | #272658 |
Bog'liq bug\' qozonini rostlashBitiruv malakaviy ishining dolzarbligi.
Bizga ma’lumki, respublikamizda bir qancha turli kо‘rinishdagi elektr
energiya ishlab chiqaruvchi stansiyalar mavjud. Bularning asosiy qismini esa
issiqlik elektr stansiyalari tashkil etadi. Issiqlik elektr stansiyalarida elektr
energiya ishlab chiqarish uchun turli jarayonli ishlar amalga oshiriladi. Bu
jarayonlar qurilma va uskunalarda kechib, ularni amalga oshishida qozon
qurilmalari asosiy о‘rinni egallaydi. Qozon qurilmasidagi jarayonlarning tо‘g‘ri va
oqilona kechishi energiyani tejalishiga olib keladi. Bu yerda nafaqat yoqilg‘i
energiyasi, balki issiqlik energiyasi ham tejaladi. Qozon qurilmasining tuzilishi va
tarkibiy qismlarini bilmay, chuqur о‘rganmay turib, bu ishni energiya isrofisiz
amalga oshirish qiyin.
Bitiruv malakaviy ishining maqsadi.
Issiqlik ta’minoti manbalarining rivojalanishi bilan bog‘liq holda ishlatiladigan qozonlarni modernizatsiyalash va yangi konstruksiyalarini yaratish, ishlayotgan qozonlarda yoqilg‘i-energetik manbalaridan oqilona foydalanishni ta’minlash, issiqlik energiyasini ishlab chiqarishning ishonchliligini va atrof-muhitni muhofaza qilish .
Bitiruv malakaviy ishining vazifalari:
1. Qozon qurilmasi, uning tuzilishi va ishlash tartibi bilan nazariy tanishish
2. Bug‘ qozonlarining texnologik chizmalari va asosiy tavsiflarini o’rganib chiqish
3. Qozon agregatning issiqlik balans tenglamasi mukammal o’zlashtirish
4. Bug‘ qozonini istish yuzalarining issiqlikni о‘ziga olishi nazariyasini o’rganish.
5. Asosiy issiqlik uzatish sirtlari vazifalari bilan tanishish.
6. Bug‘ о‘ta qizdirgichining parametrlarini aniqlash hamda issiqlik hisobini
bajarish
Bitiruv malakaviy ishining ilmiy – amaliy ahamiyati.
Issiqlik energetikasi rivojining hozirgi bosqichida issiqlik ta’minoti va
texnologik ehtiyojlarga yо‘naltirilgan issiqlik energiyasining asosiy miqdori bug‘li
va suvli qozon qurilmalarida ishlab chiqariladi. Energetik yoqilg‘i narxini keskin
о‘sish sharoitida qozon qurilmalarini loyihalash va ishlatishga, samaradorligiga va
ularning ishlashida ishonchliligiga yuqori talab quyilmoqda.
|
| |