Qozon qurilmasining yordamchi uskunalari




Download 9,58 Mb.
bet5/13
Sana27.09.2024
Hajmi9,58 Mb.
#272658
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
Bog'liq
bug\' qozonini rostlash

1.3 Qozon qurilmasining yordamchi uskunalari.
Qozon agregatini bir me’yorda ishlashini ta’minlash maqsadida yoqilg‘i yonishi uchun zarur bo‘lgan havoni uzluksiz uzatib turish va yonish mahsulotlarini muttasil chiqarib turish kerak. O‘txonaga, chang tayyorlash tizimiga va qozon agregatining boshqa qismlariga havo va gaz berish uchun ishlatiladigan ventilyatorlarning barcha turlari puflash qurilmalari jumlasiga kiradi. Qozon agregatlarining rostlash surma klapanlari bor gaz yo‘llari, tutun mo‘risi va sun’iy ravishda tortadigan tutun tortgichlar tortish qurilmalari hisoblanadi. Tabiiy tortish mo‘ridagi qizigan tutun gazlarining zichligi sovuq atmosfera havosining zichligidan farq qilinishiga asoslangan.



Qozon qurilmasini bir tomoni qizigan gaz, ikkinchi tomoni esa sovuq havo bilan to‘lgan tutash idish sifatida qarash mumkin. Mo‘ri hosil qilayotgan maksimal tortish, bosim yo‘qotishlaridan 20 % katta bo‘lishi kerak.Ma’lumki, gazlarning gaz yo‘llari bo‘ylab harakatida ishqalanish va mahalliy qarshiliklar natijasida bosim yo‘qotishlari sodir bo‘ladi. Qozon agregatining bosim yo‘qotishlari aerodinamik qoidalar bo‘yicha aniqlanadi. Tutun mo‘rilari g‘ishtli, temir-betonli va po‘latli bo‘ladi. 80 metr balandlikkacha, asosan g‘ishtli mo‘rilar keng qo‘llaniladi, chunki ular arzon va betonli mo‘rilarga nisbatan temperatura o‘zgarishlariga chidamliroq va po‘latli mo‘rilarga


qaraganda oltingugurt gazlari zararli ta’sir etmaydi. Mo‘ri balandligi sanitariya texnikasi talablariga javob berishi kerak ya’ni tutun gazlari atmosferada ma’lum bir radiusda tarqalishi lozim. Tabiiy tortishni vujudga keltirish uchun mo‘ri balandligini uzaytirish yoki chiqib ketayotgan gazlar temperaturasini ko‘tarish lozim.
Lekin mo‘ri balandligi uning narxi va mustaxkamligi bilan, gazlarning temperaturasi esa qozon qurilmasining eng maqbul F.I.K. bilan chegaralangan. Shuning uchun hozirgi zamonaviy qozon qurilmalarida sun’iy tortish vujudga keltirilgan. Tutun mo‘risi oldiga tutun tortgich (tortish ventilyatori) o‘rnatiladi, u qozon agregatlari qizigan gazlarini so‘rib olib, mo‘ri orqali atmosferaga chiqarib yuboradi.
Qatlamli o‘txonalarda yoqilg‘i yongandan keyin hosil bo‘ladigan kulning
70–80 % i o‘txona cho‘g‘doni va shlak bunkerida qoladi, 20–30% esa tutun gazlari bian birga atmosferaga chiqib ketadi. Kamerali o‘txonalarda aksincha, kulning ko‘p qismi (90 % yaqini) mo‘ri orqali tutun gazlari bilan birga atmosferaga chiqib ketadi. Kulning qolgan qismi shlakka aylanadi va o‘txona tagida joylashgan bunkerlarga tushadi. Kul va shlak qozonxonadan muntazam ravishda chiqarilib turiladi. Tutun gazlari bilan atmosferaga chiqib ketuvchi kulni yo‘qotish ancha qiyin ish. Juda mayin uchuvchan kul atrof muhitni ifloslantiradi, tirik organizmlarga va o‘simliklarga zararli ta’sir etadi.
Sanitariya talablariga ko‘ra nafas olish sohasida kulning kunlik o‘rtacha kontsentratsiyasi 0,15 mg/m3 dan ortib ketmasligi kerak. Bundan tashqari, abraziv xususiyatlarga ega bo‘lgan kul tutun tortish yo‘llarini tez ishdan chiqaradi.
Har yili jaxonda organik yoqilg‘ilarning yoqilishidan atmosferaga o‘rtacha 100 mln. tonna kul va 150 mln. tonna karbonat angidrid gazi chiqariladi. Masalan, mayda antratsit yoqiladigan quvvati 950 t/soat bo‘lgan qozon mo‘risida bir kechayu kunduzda 60 tonnagacha azot oksidi atmosferaga chiqariladi. Shuning uchun qattiq yoqilg‘ini yoqishda qozon agregati gaz yo‘llarining boshidan oxirigacha kulni tutib qoluvchi qurilmalar o‘rnatiladi.
Hozirgi vaqtda tutun gazlarini kuldan tozalash uchun inertsion kul tutgichlar
(quruq va xo‘l), elektrofiltrlar va kombinatsiyalangan kul tutgichlar ishlatiladi.
Quruq inertsion kul tutgichlarda harakatlanayotgan kul zarrachalarining
markazdan qochuvchi kuchidan foydalaniladi.

Tutun gazlar oqimi uyurmalovchi naycha 1 lar orqali siklon 2 ga yo‘naladi, bu yerda gazlarning harakati uyurmali harakatga aylanadi. Kul zarralari markazdan qochuvchi kuch ta’sirida siklon qobig‘iga urilib to‘xtaydi va harakatlanayotgan gaz oqimida ajralib bunkerga tushadi. Bunday siklonda tutun gazlarining tozalanish darajasi 60 % ga yetadi. Hozirgi paytda bir nechta o‘nlab kichik siklonlardan iborat batareyali siklonlar keng qo‘llanilmoqda. Bunday siklonda gazlarning tozalanish darajasi 65 - 70 % yetadi . Ho‘l
inertsion kul tutgichlar ham inertsiya kuchidan foydalanish asosida ishlaydi. Forsunka orqali yuboriladigan suv qobiq devorlarida yupqa parda hosil qilib to‘xtovsiz oqib turadi va kulni yuvadi. Tutilgan kul va kir suv qurilmaning pastki qismidan, tozalangan gaz esa yuqori qismidan atmosferaga chiqib ketadi. Bunday turdagi kul tutgichlarda tutun gazlarining tozalanish darajasi 85 – 90 % yetadi. Elektr filtrlarda gazlarning yuqori kuchlanishli tok ta’sirida ionlashishidan hosil bo‘lgan zaryadlarni ajratish xususiyatidan foydalaniladi. Changli gaz po‘lat silindr (musbat qutb) va nixrom sim (manfiy qutb)
o‘rtasida hosil bo‘lgan elektr maydonidan o‘tadi. Yuqori kuchlanishli elektr maydon ta’sirida tutun gazlari ionlashadi. Kulning asosiy massasi manfiy zaryadlanib silindr devoriga tortiladi, kulning ozroq qismi musbat zaryadlanib simga tortiladi. Elektrofiltrni vaqti vaqti bilan silkitib(kuchlanish ajratib qo‘yilib) elektrofiltrlar kuldon tozalanadi.

Elektr energiyasining sarfi katta emas (1000 m3 gazga 0,15 kvt) , lekin yuqori kuchlanish (90 ming V gacha) elektrofiltrlar bilan ishlashda nixoyatda extiyot bo‘lishni talab etadi. Kombinatsiyalangan kul tutgichlar ikki bosqichli bo‘lib, ko‘p hollarda batareyali siklondan ( birinchi bosqich) va elektrofiltrdan (ikkinchi bosqich) tashkil topgan bo‘ladi. Kul tutgichlarning samaradorligi tozalik koeffitsienti orqali baxolanadi:
 = Sk/S0100%
Bu yerda Sk, S0 – mos ravishda kul tutgichdan keyingi va kul tutgichdan
oldingi gazlardagi kul miqdori.
Qozonlarga suv tayyorlab berishdan asosiy maqsad qozonga uzatiladigan
suvni qayta ishlash yo‘li bilan uning fizik xossalarini yaxshilash, qozon agregatining ish unumini va samaradorligini oshirishni ta’minlashdan iborat. Ma’lumki , tabiatdagi suvda turli-tuman kimyoviy elementlar va ularning tuzlari erigan holda uchraydi.Bularga erigan gazlar (kislorod va karbonat angidrid ), mineral tuzlar, organik moddalar, qattiq (qum) zarralar kiradi. Suvda erigan gazlar metallni tezda zanglatadi, qattiq zarralar issiqlik o‘tkazuvchanlikni pasaytiradi, erigan kalptsiy va magniy tuzlari suvning qaynash jarayonida qozon devorlarida qasmoq hosil qiladi.
Qozon agregatlarida ishlab chiqarilgan bug‘ iste’molchidan kondensat xolida qaytadi, lekin kondensat miqdori odatda, ishlab chiqarilgan bug‘ miqdorlaridan oz bo‘ladi. Kondensat isrofi mashinasozlik korxonalarida 20 % ni, kimyo sanoatida 40 % ni, neftni qayta ishlash zavodlarida 50% ni tashkil qiladi. Isitish qozonlarida kondensatni iste’molchidan qaytmasligi bir necha foizdan 100% gacha o‘zgarishi mumkin. Bundan tashqari suvning ma’lum bir qismi (5-7%) barabandan puflab chiqariladi. Kondensat va suv isroflari qo‘shimcha suv bilan to‘ldiriladi. Bu suv qozon agregatiga yuborilishdan oldin tegishli tarzda tayyorlanadi. Dastlabki tayyorgarlikdan o‘tgan suvni qo‘shimcha suv, kondensat va qo‘shimcha suv aralashmasini ta’minlash suvi, qozon konturida aylanayotgan suvni qozon suvi deyiladi.
Qozon agregatining mo‘’tadil ishlashi ta’minlash suvining sifatiga bog‘liqdir.
Suvning sifatini quyidagi asosiy ko‘rsatkichlar tavsiflaydi: tiniqlik, muallaq zarralar miqdori, quruq qoldiq, tuz miqdori, oksidlanuvchanlik, qattiqlik, ishqorlilik, erigan gazlar (CO2 va O2) miqdori. Tiniqlilik suv tarkibidagi muallaq mexanik zarralar va kolloid aralashmalar bilan tavsiflanadi, muallaq zarralar miqdori esa suvni qattiq erimaydigan aralashmalar bilan ifloslanish darajasini belgilaydi. Muallaq zarralar miqdori mg/l da belgilanadi. Quruq qoldiq – bu suvni qaynatib bug‘lantirib va 110 –
120S da quritilgandan so‘ng qolgan qoldiq. Qoldiq tarkibida suvda erigan mineral va organik moddalar bo‘ladi. Suvdagi kation va anionlarning umumiy miqdori suvdagi tuz miqdorini belgilaydi. Oksidlanuvchanlik suvdagi organik aralashmalarning kontsentratsiyasini belgilaydi. Suvning qattiq yoki yumshoqligi uning tarkibidagi kalptsiy va magniy tuzlari (Ca(HSO3)2, Mg(HSO3)2, Ca SO4, Mg SO4, Ca Cl2,Mg Cl2 va x.k.) miqdori bilan belgilanadi.
Qozon agregatining ishlashida qozon suvida muntazam ravishda zararli aralashmalar to‘planib boradi. Suvda erigan aralashmalar (tuzlar) bug‘ hosil bo‘lish jarayonida cho‘kmaga tushadi va qozonning ichki yuzasiga quyqa va shlak tarzida o‘tirib, issiqlik o‘tkazuvchanlikni pasaytiradi, bu esa devorning o‘ta qizib ketishiga sabab bo‘ladi. Suvning qattiqligini pasaytirish (yumshatish) uchun qozonlarga suvni uzatishdan avval, unga soda, natriiy fosfat, ayrim hollarda boshqa tuzlar qo‘shiladi.
Suvdagi kalptsiy va magniy kationlari fosfatlarning ionlari bilan bog‘lanadi va kam eriydigan tuzlar hosil qilib qozon tubiga cho‘kadi va suv yumshaydi. Qattiq mexanik aralashmalardan suvni tozalashda tindirish, filtrlash usullaridan keng foydalaniladi. Qozon barabanida suvning aralashmalar bilan ifloslanishi natijasida ko‘pik hosil bo‘ladi. Ko‘pik parchalari suv yuzasiga qalqib chiqib, o‘zi bilan birga zararli araashmalarning ko‘p qismini ilashtirib chiqadi. Shunday qilib, tuzlarning maksimal kontsentratsiyasi qozon suvining yuqori qatlamlarida hosil bo‘ladi. Suvning yuqori qatlamlarini yo‘qotish
uchun barabanga qator teshiklar bor quvur joylashtiriladi va shu quvur orqali yuqori qatlamdagi suv olinadi (puflanadi). Barabandan puflab chiqarilagan suv separatorga yuboriladi. Separatorda suv qaynaydi va uning bir qismi bug‘ga aylanadi, bug‘ esa qurilmaning umumiy tizimiga o‘tadi. Tozalash suvining qolgan qismi texnik kanalizatsiyaga tushirib yuboriladi.



Download 9,58 Mb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




Download 9,58 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Qozon qurilmasining yordamchi uskunalari

Download 9,58 Mb.