|
Mundarija Kirish. I-bob qozon qurilmasi, uning tuzilishi va ishlash tartibi
|
bet | 9/13 | Sana | 27.09.2024 | Hajmi | 9,58 Mb. | | #272658 |
Bog'liq bug\' qozonini rostlashGazli rostlash usullari.
Oraliq о‘taqizdirgichlarda baypas yordamida bug‘ haroratini rostlash.
Bu usulda bug‘ о‘taqizdirgich sirti ikki qismga bо‘linadi: Sovuq pog‘onada yonish maxsulotlarning harorati past va issiq pog‘onada esa katta bо‘ladi. Bu usulda baypas klapani katta о‘rinni egallaydi. Agar о‘rta bosimli silindrga (О‘BS) yuborilayotgan bug‘ harorati oshib ketsa, baypas klapan orqali yuqori bosimli silindrdan (YUBS) chiqqan bug‘ sovuq pog‘onaga yuboriladi. О‘BS ga ketadigan bug‘ harorati pasaysa klapan orqali bug‘ issiq pog‘onaga о‘tadi. Bu rostlash usulning qulayligi yuqori bosimli
qizdirgichning ishlashiga ta’sir etmasligi. Usulning kamchiligi esa oraliq qizdirgichning sovuq bosqichida metall sarfi oshishi, shu sababdan bu usul keng qо‘llanilmay.
II-BOB. BUG‘ QOZONI BUG‘ О‘TA QIZDIRGICHINING PARAMETRLARINI ANIQLASH HAMDA ISSIQLIK HISOBINI BAJARISH
Bug‘ qizdirgichlar bug‘ni quritish va uni berilgan temperaturagacha qizdirish
uchun mo‘ljallangan. Qozon agregatida joylashuviga ko‘ra bug‘ qizdirgichlar radiatsion, konvektiv va aralash xillariga bo‘linadi. Bug‘ qizdirgich 30-40 mm li quvurlardan tayyorlanib, kollektorlarga payvandlangan parallel ishlaydigan bir qancha bukilgan quvurlardan iborat. Ular gorizontal yoki ko‘pincha vertikal joylashtiriladi. Bug‘ va tutun gazlari oqimlarining yo‘nalishiga qarab bug‘ qizdirgichlar qarshi oqimli, to‘g‘ri oqimli va kombinatsiyalashgan xillarga bo‘linadi.
О‘ta qizitilgan bug‘ - tо‘yingan bug‘ bosimidagi va uning haroratidan yuqori
haroratga ega bо‘lgan bug‘. О‘ta qizigan va tо‘yingan bug‘ haroratlari о‘rtasidagi
farq о‘ta qizish darajasi deyiladi. О‘ta qizigan bug‘ xossalari о‘ta qizish darajasi
ortishi bilan ideal gaz xossalariga yaqinlashadi. О‘ta qizigan suv bug‘i - bug‘-kuch
qurilmasining ishchi jismidir. О‘ta qizish harorati oshirilganda qurilmalar tejamli
ishlaydi. О‘ta qizigan bug‘ maxsus bug‘ qizdirgichlarda hosil qilinadi.
Bug‘ о‘taqizdirgichi - qozon agregatining о‘ta qizigan bug‘ olish elementidir.
Bug‘ о‘taqizdirgich aylanma tarzda bukilgan, ichki diametri 20-60 mm bо‘lgan parallel quvurlar tizimidan iborat. Uning bir uchi kirish kollektoriga, ikkinchi uchi esa chiqish kollektoriga biriktirilgan. Konvektiv bug‘ о‘taqizdirgich qozonning gaz yо‘llariga, radiatsion bug‘ о‘taqizdirgich о‘txona shipi va devorlariga, yarim radiatsion (pardali) bug‘ о‘taqizdirgich esa, о‘txonadan chiqishda о‘rnatiladi.
|
| |