|
Qozon agregatining issiqlik balansi
|
bet | 10/13 | Sana | 27.09.2024 | Hajmi | 9,58 Mb. | | #272658 |
Bog'liq bug\' qozonini rostlash3.1 Qozon agregatining issiqlik balansi
Qozon agregatiga issiqlik kelishi va uni sarflanishi muvozanatlashgan, ya’ni balanslashgan bo‘lish kerak. Issiqlik balansi asosida yoqilg‘ini sarfi aniqlanadi va qozon agregatining asosiy tavsifi bo‘lgan F.I.K. hisoblanadi. Issiqlik balansi tenglamasi 1 kg qattiq suyuq yoki 1 m3 gaz yoqilg‘isi uchun tuziladi:
Yuqori bosimli qozonlarda (10 MPa va yuqori) ekran quvurlarini radiatsiya orqali olgan issiqlik miqdori suvni tо‘la bug‘lantiradi va shuning uchun bu qozonlarda qaynamaydigan ekonomayzerlar ishlatiladi. О‘ta yuqori bosimli qozonlarda (14 MPa va yukori) о‘txonaning pastki qismida joylashgan ekranlar ekonomayzer rolini bajaradi. Bu ekonomayzer - radiatsion ekonomayzer deb ataladi. Uning yuqorisida radiatsion sirtlar
о‘rnatiladi. Bu sirtlarda suv holatidan bug‘ holatiga о‘tish, ya’ni faza о‘zgarishi sodir bо‘ladi va bug‘ hosil bо‘lishi va о‘ta qizishi boshlanadi.
О‘ta qizitilgan bug‘ - tо‘yingan bug‘ bosimidagi va uning haroratidan yuqori haroratga ega bо‘lgan bug‘. О‘ta qizigan va tо‘yingan bug‘ haroratlari о‘rtasidagi farq о‘ta qizish darajasi deyiladi. О‘ta qizigan bug‘ xossalari о‘ta qizish darajasi ortishi bilan ideal gaz xossalariga yaqinlashadi. О‘ta qizigan suv bug‘i - bug‘-kuch qurilmasining ishchi jismidir. О‘ta qizish harorati oshirilganda qurilmalar tejamli ishlaydi. О‘ta qizigan bug‘ maxsus bug‘ qizdirgichlarda hosil qilinadi.
Bug‘ о‘taqizdirgichi - qozon agregatining о‘ta qizigan bug‘ olish elementidir. Bug‘ о‘taqizdirgich aylanma tarzda bukilgan, ichki diametri 20- 60 mm bо‘lgan parallel quvurlar tizimidan iborat. Uning bir uchi kirish kollektoriga, ikkinchi uchi esa chiqish kollektoriga biriktirilgan. Konvektiv bug‘ о‘taqizdirgich qozonning gaz yо‘llariga, radiatsion bug‘ о‘taqizdirgich о‘txona shipi va devorlariga, yarim radiatsion (pardali) bug‘ о‘taqizdirgich esa, о‘txonadan chiqishda о‘rnatiladi (3.1– rasm). Bug‘ning yonish maxsulotlariga nisbatan harakat chizmasiga kо‘ra, bug‘о‘taqizdirgich tо‘g‘ri, teskari va aralash oqimli bо‘lishi mumkin. Bug‘ bosimi 14 MPa va undan yuqori bо‘lganda, asosiy bug‘ о‘taqizdirgichdan tashqari, turbinada qisman ishlatilgan bug‘ni qayta
о‘taqizdirish uchun oraliq (ikkilamchi) bug‘ о‘taqizdirgich ham о‘rnatiladi.
|
| |