|
-rasm Radiatsion - konvektiv bug‘ qizdirgich
|
bet | 12/13 | Sana | 27.09.2024 | Hajmi | 9,58 Mb. | | #272658 |
Bog'liq bug\' qozonini rostlash3.3-rasm Radiatsion - konvektiv bug‘ qizdirgich:
1-baraban; 2-devorga o‘rnatilgan radiatsion bug‘ qizdirgich; 3- pardasimon radiatsion
bug‘ qizdirgich; 4- shiftga o‘rnatilgan radiatsion bug‘ qizdirgich; 5- konvektiv bug‘
qizdirgich; 6- o‘ta qizigan bug‘ olib keladigan quvur.
Shuning uchun quvurlarni bug‘ bilan sovutib turish eng asosiy vazifa
hisoblanadi. Bug‘ qizdirgich quvurlarini sovutish ishonchliligini ko‘rsatuvchi
kattalik – bug‘ning massaviy tezligidir. Issiqlik jadal qabul qilinadigan sohada bug‘ning massaviy tezligi 700-1100 kg/(m2 .s), konvektiv bug‘ qizdirgichlarda = 250-600 kg/(m2 .s) bo‘lishi kerak. Bug‘ qizdirgich quvurlari legirlangan po‘latlardan tayyorlanadi. O‘ta qizigan bug‘ temperaturasi 500 S gacha bo‘lsa, 10 va 20 markali po‘latlar ishlatiladi; 500 dan 600 S gacha teperaturalarda 12X1MF markali po‘lat va 600 S dan yuqori temperaturalarda 12X2MSF R* markali po‘lat ishlatiladi. Bug‘ning
quvurlardagi o‘rtacha tezligi 20 – 25 m/s bo‘ladi. Tezlik ortgan sari gidravlik
qarshiliklar ham ortadi, kichik tezliklarda esa, sovitish yomonlashadi. Shuning uchun quvurlarni sovitish uchun eng maqbul tezliklar aniqlanadi. Suv ekonomayzerlari ta’minlash suvini qozon agregatining bug‘latgich qismiga kirgunga qadar isitish uchun mo‘ljallangan. Ekonomayzerlarda ta’minlash suvi o‘txonadanchi qayotgan tutun gazlari hisobiga isiydi.Ekonomayzerlar tayyorlangan material turiga qarab po‘latli va cho‘yanli, sirtning shakliga qarab qovurg‘asimon va silliq quvurli, suvni isitish darajasiga qarab qaynaydigan va qaynamaydigan ekonomayzerlarga bo‘linadi.
Cho‘yan ekonomayzerlar odatda, issiqlik uzatishni orttirish maqsadida
qovirg‘alangan quvurlardan tayyorlanadi. Bunday ekonomayzerlar bosimi 2,3 MPa bo‘lgan past va o‘rta quvvatli qozon agregatlarida qo‘llaniladi. Cho‘yanning mexanik mustahkamligi kichikligi tufayli bunday ekonomayzerlarni yana ham yuqori bosimlarda qo‘llash mumkin emas. Cho‘yan ekonomayzerlar qaynamaydigan ekonomayzerlar qatoriga kiradi. Bularda suv qaynash temperaturasidan 20 – 40 K past temperaturasigacha isiydi. Isitish paytidagi suvning quvurdagi tezligi 0,5 – 1 m/s bo‘ladi. Yuvib o‘tayotgan gazlarning tezligi qattiq yoqilg‘i yoqilganda 7 – 10 m/ s atrofida, gaz va mazut yoqilganda 6 – 8 m/s atrofida bo‘lishi mumkin. Bunday tezliklarda sirtning aerodinamik qarshiligi yo‘l qo‘yilishi mumkin bo‘lgan chegarada bo‘ladi. Po‘lat ekonomayzerlar bosimi 2,3 MPa dan yuqori bo‘lgan qozon agregatlarida ishlatiladi. Ular diametri 28 – 42 mm li quvurlardan gorizontal-bukilgan quvurlar tarzida tayyorlanadi .
Po‘lat ekonomayzerlarning qaynaydigan xili ham, qaynamaydigan xili ham bo‘ladi.Qaynamaydigan ekonomayzerlarda suv qaynash temperaturasidan 40–50 K past temperaturagacha isiydi. Quvurlarda suvning tezligi 0,3–0,5 m/s atrofida bo‘ladi. Unumdorligi yuqori bo‘lgan barabanli qozon agregatlarida asosan po‘latli qaynaydigan ekonomayzerlar ishlatiladi. Havo isitgichlar yoqilg‘ini yoqish uchun o‘txonaga yuboriladigan havoni isitishga mo‘ljallangan. Havo tutun gazlari hisobiga isiydi. O‘txonaga yuborilayotgan issiq havo yoqilg‘i yonish sharoitini yaxshilaydi, kimyoviy va mexanik to‘la yonmaslikdan kelib chiqadigan isroflarni kamaytiradi, yonish
temperaturasini orttiradi, issiqlik almashuvini jadallashtiradi, natijada qurilmaning F.I.K. ortadi. Chiqib ketayotgan gazlarning temperaturasi 20-25 K ga pasaysa, qurilmaning F.I.K. 1% ga ortadi. Havoni isitish temperaturasi yoqilg‘i turiga va yondirish usuliga qarab tanlanadi. Qattiq yoqilg‘ini qatlamli yoqishda bu temperatura namlikka va
uchuvchan moddalarni chiqishiga bog‘liq bo‘ladi. Namlik va uchuvchan moddalar chiqishi kamayishi bilan yonayotgan qatlam temperaturasi ortadi.
Shuning uchun suyuq shlakni hosil bo‘lishini oldini olish va o‘txonani
mo‘tadil ishlashini ta’minlash maqsadida qo‘ng‘ir va toshko‘mirlar
yoqilganda havo 520K gacha isitilishi kerak.
|
| |