|
Mundarija Kirish. I-bob qozon qurilmasi, uning tuzilishi va ishlash tartibi
|
bet | 13/13 | Sana | 27.09.2024 | Hajmi | 9,58 Mb. | | #272658 |
Bog'liq bug\' qozonini rostlash3.4-rasm. Po‘latli ekonomayzer.
a – umumiy ko‘rinish; b,v - mos ravishda qaynamaydigan va qaynaydigan
ekonomayzerlarning ulash sxemasi; 1,7 – tushirish va berkitish jo‘mragi; 2 – kiritish
kollektori; 3 – ekonomayzer quvurlari; 4- isitilgan suvni kiritish kollektori; 5- gazlarni
kiritish; 6- qozon barabani; 8,9 – ta’minlash va saqlash klapanlari; 10 – suv bilan
ta’minlovchi aylanma quvur.
Bunday ko‘mirlar mash’ala usulida yondirilganda havo 523-573 K gacha isitiladi, gaz va mazut yoqilganda ham havo 523–573K atrofida isitiladi.
Havo isitgichlar rekuperativ va regenerativ bo‘ladi (3.5- rasm). Diametri 25-50 mm li po‘lat quvurlardan tayyorlangan quvurli rekuperativ havo isitgichlar keng tarqalgan havo isitgichlaridir.
Tutun gazlari havo isitgichning vertikal o‘rnatilgan quvurlari ichida yuqoridan pastga tomon harakat qiladi. Havo kirish qutisiga gorizontal yo‘nalishda kiradi va quvurlarning tashqi devorini yuvib o‘tib, isiydi; so‘ngra chiqish qutisidan o‘txonaga kiradi. Havo tezligini gaz tezligiga nisbati taxminan 0,5 ga teng qilib olinsa, eng yuqori issiqlik berish koeffitsientiga erishiladi (15 – 20 Vt/m2 K ). Regenerativ havo isitgichlari asosan yirik energetik qozon agregatlarida qo‘llaniladi.
3.5-rasm. Havo isitgichlari.
a – rekuperativ havo isitgich; b – regenerativ havo isitgich;
1 –rotor; 2 – po‘lat tunuka; 3 – g‘ilof; 4- havo qutisi; 5- gaz qutisi.
Aylanuvchan rotor alohida qismlarga bo‘linib, ular issiqlikni yig‘a oladigan metall tunukalar bilan to‘ldiriladi. Aylanish jarayonida nasadka dastlab, chiqib ketayotgan gazlar bilan, so‘ngra isitiladigan havo bilan yuvilib turiladi. Bunda issiqlik tutun gazlaridan sovuq havoga uzatiladi.
|
| |