|
II-BOB BUG‘ QOZONLARINING TASNIFI
|
bet | 6/13 | Sana | 27.09.2024 | Hajmi | 9,58 Mb. | | #272658 |
Bog'liq bug\' qozonini rostlashII-BOB BUG‘ QOZONLARINING TASNIFI
Bug‘ qozoni - yoqilg‘ini yoqqanda о‘choqda ajraladigan issiqlik hisobiga, atmosfera bosimidan yuqori bosimli bug‘ olinadigan qurilmadir. Qozon qurilmasining asosiy tashkil etuvchi uskunalariga о‘choq, qizdirish va bug‘lantirish yuzalari, bug‘ о‘taqizdirgichlar, suv ekonomayzeri va havoisitgich kiradi. Qozon agregatiga esa karkas, о‘tga chidamli qoplama, quvurlar, armaturalar, nazorat va avtomatika asboblari kiradi .
Bug‘ turbinali qurilmalarda ishchi jism sifatida suv ishlatiladi. Bug‘ qozoni о‘chog‘ida hosil bо‘lgan issiqlik suvga asosan, nurlanish (о‘choqni ichida) va konvektiv (shaxtani ichida) usullar orqali yetkaziladi. Konvektiv usulda issiqlik tashuvchi oqim sifatida yonish mahsulotlari, ya’ni, tutun ishlatiladi.
О‘choqda, yuqori darajada qizigan tutun gazlarini olish uchun, organik yoqilg‘i yoqiladi. Qattiq yoqilg‘i yoqiladigan о‘choq - qatlamli va kamerali (siklonli va uyurmali) bо‘ladi. Suyuq (mazut) va gazsimon yoqilg‘i faqat kamerali о‘choqda yoqiladi.
Qozonning qizish va bug‘lantirish yuzasi - qozonning issiqlik qabul qiluvchi yuzasidir.
Bug‘ о‘taqizdirgich - bug‘ni о‘ta qizigan holatga yetkazib beradigan maxsus yuzadir.
Suv ekonomayzeri - ta’minot suvini yonish mahsulotlari orqali qaynash holatiga keltiruvchi maxsus issiqlik almashgich yuzadir. Havo isitgich - о‘zidan о‘tayotgan havoni qizdiradigan almashinuv apparati. Havo isitgichdan chiqqan issiq havo о‘txonaga yuboriladi.
2.1 Bug‘ qozonlarining texnologik chizmalari va asosiy tavsiflari
IES dagi bug‘ ishlab chiqarish qozonxonasining texnologik chizmasi 2.1- rasmda tasvirlangan. Bu chizmada qattiq yoqilg‘ini changsimon holatda ishlatadigan tо‘g‘ri oqimli qozon kо‘rsatilgan.Temir yо‘l orqali elektr stansiyaga keltirilgan qattiq yoqilg‘i
vagonag‘daruvchi yordamida bunkerga tushiriladi. Bunkerdan keyin kо‘mir lentali konveyer yordamida maydalash korpusiga yuboriladi. Maydalash korpusida kо‘mir 25 mm о‘lchamgacha maydalanadi. Shundan sо‘ng maydalangan kо‘mir qozon bо‘limida о‘rnatilgan bunkerga kelib tushgan kо‘mirni kо‘mir maydalovchi tegirmonlarda 300-500 mkm gacha maydalab va quritib tayyor holga keltiriladi va yondirgichlar orqali qozonning о‘txonasiga purkaladi.
Yoqilg’ini quritish uchun gaz qizitilgan konvektiv havo isitgich yordamida 250 dan 4500S gacha qizdiruvchi birlamchi havo ishlatiladi. Ikkilamchi havo esa, yonish jarayonini amalgan oshirish uchun tо‘g’ridantо‘g’ri yondirgich orqali о‘txonaga yuboriladi.
Qozon agregati yuzalarida suv va bug‘ harakati asosan uch xil usulda tashkil qilingan: tabiiy, majburiy va tо‘g‘ri oqimli. Shularga asoslanib bug‘ qozonlari tabiiy, kо‘p karrali majburiy va tо‘g‘ri oqimli bо‘lishi mumkin (2.1- rasm).
a, b - tabiiy sirkulyatsiyali; v - majburiy sirkulyatsiyali; g - tо‘g‘ri oqimli; 1 - ta’minot
nasosi; 2 - ekonomayzer; 3 - baraban-separator; 4 - tushiruvchi quvurlar; 5 - pastki
kollektor; 6 - bug‘latish sirtlar; 7 - bug‘ о‘taqizdirgich; 8 - sirkulyatsiya nasosi.
Isitilmaydigan quvurlar 4 barabanli bosimda zichligi bо‘lgan suv bilan tо‘ldirilgan. Ekran quvurlarida esa zichligi bug‘-suv aralashmasi hosil bо‘ladi. Natijada quvurlar konturida H(-)g bosim farqi paydo bо‘ladi. Shu bosim tabiiy sirkulyatsiya bosimi deb ataladi.
S=H(-)g, (2.1)
Sirkulyatsiyadagi suv va hosil bо‘lgan bug‘ miqdorlari nisbati sirkulyatsiya karraligi deb ataladi:
bu yerda: G0 - sirkulyatsiya harakatida bо‘lgan suv sarfi, kg/c; D - hosil bо‘lgan bug‘ sarfi, kg/s
|
| |