|
rasm. Qattiq yoqilg‘i ishlatadigan IES dagi bug‘ ishlab chiqarish
|
bet | 7/13 | Sana | 27.09.2024 | Hajmi | 9,58 Mb. | | #272658 |
Bog'liq bug\' qozonini rostlash2.2 rasm. Qattiq yoqilg‘i ishlatadigan IES dagi bug‘ ishlab chiqarish
qozonxonasining texnologik chizmasi:
1 – yoqilg‘i g‘arami; 2 – lentali transportyor; 3,4- yoqilg‘i bunkeri; 5 – yoqilg‘ili
vagon; 6 – yoqilg‘ini maydalaydigan blok; 7 – oraliq bunker; 8 – tegirmon; 9 – dastlabki havo; 10 – maydalangan yoqilg‘i; 11 – yondirgich; 12 – qozonning oldi tomoni; 13 – issiqni saqlaydigan qatlam; 14 – о‘txona kamerasi; 15 – takroriy havo; 16 – pastki radiatsion ekranlar; 17, 18 – о‘txona ekranlari; 19 – о‘ta qizigan bug‘; 20 – bug‘ о‘ta qizdirgich; 21, 22 – atmosfera havosi; 23 – sovuq havo uzatish quvuri; 24 – oraliq bug‘ о‘taqizdirgich; 25 – gorizontal gaz yо‘li; 26 – о‘tish zonasi; 27 – ekonomayzer; 28 – ta’minlash suvi; 29 – havo isitgich; 30 – ventilyator; 31 – kultutgich; 32 – tutun sо‘rgich; 33 – mо‘ri; 34 –kulni va shlakni tashuvchi qurilma.
Tabiiy sirkulyatsiyali qozonlarda K = 4÷30, majburiy sirkulyatsiyali
qozonlarda K = 3÷10 va tо‘g‘ri oqimli qozonlarda esa K = 1 bо‘ladi.
Bug‘ unumdorligi D, t/s (yoki kg/s) – bir soat mobaynida qozonda hosil
bо‘lgan bug‘ miqdori.
Zamonaviy IES larda soatiga 1000, 1650, 2650 va 3950 tonnagacha bug‘
ishlab chiqaradigan qozon agregatlari ishlatiladi
2.3- rasm. Barabanli bug‘ qozoninig chizmasi:
1 - о‘choq kamerasi; 2 - ekran quvurlari; 3 - yondirgich; 4 - tushuvchi quvurlar;
5 - baraban; 6 - radiatsion bug‘ о‘taqizdirgich; 7 - konvektiv bug‘ о‘taqizdirgich;
8 - oraliq bug‘ о‘taqizdirgich; 9 -ekonomayzer; 10 - о‘tish hududi; 11 - havo isitgich
О‘ta qizigan bug‘ kо‘rsatkichlari uning bosimiga va haroratiga bog‘liq. IES da о‘rnatiladigan qozonlar, bosimi bо‘yicha uch xilga bо‘linadi; bular о‘rta (10 MPa gacha), yuqori (14 MPa) va о‘ta yuqori (25 MPa) bosimli qozonlardirBug‘ qozoni va bug‘ turbinasi energetik blokni tashkil etadi. IES da quriladigan bloklarning quvvati 300, 500, 800 va 1200 MVt ga ega bо‘ladi.. Qozonlar markasida P belgisi kо‘rsatilsa, u tо‘g‘ri oqimli, Е - tabiiy sirkulyatsiyali, Pр - majburiy sirkulyatsiyali, Pт - tо‘g‘ri oqimli oraliq bug‘ о‘taqizdirgichli, Е - tabiiy sirkulyatsiyali oraliq bug‘ о‘taqizdirgichli qozon
bо‘ladi.
Masalan, P-950-255 markali qozon quyidagini bildiradi: tо‘g‘ri oqimli, bug‘ unumdorligi soatiga 950 tonna, о‘ta qizigan bug‘ bosimi 25 MPa (255 kgs/sm2 ), qattiq yoqilg‘i ishlatiladi.
Agar markadan keyin M belgisi kо‘rsatilsa - suyuq yoqilg‘i, G - gaz,
GM - gaz va mazut ishlatiladi. Katta bosimda suvdagi tuzlar, eritmaga aylanib, bug‘ni ifloslantiradi. Barabanli qozonlarda bug‘dagi zararli moddalarni tozalash uchun, bug‘ toza suv bilan yuviladi. Odatda toza suv sifatida ta’minlash suvi ishlatiladi. Bug‘ni
yuvish uchun barabanning bug‘ hajmiga teshik tog‘orali qalqon о‘rnatiladi. Qalqonga ta’minlash suvi beriladi va bug‘ suv qatlamidan о‘tib, zararli moddalardan tozalanadi va yuvilgan bug‘ separatsiyalanib о‘taqizdirgichga beriladi.
|
| |