|
Barabanli qozonda pog‘onali bug‘lantirish
|
bet | 8/13 | Sana | 27.09.2024 | Hajmi | 9,58 Mb. | | #272658 |
Bog'liq bug\' qozonini rostlash2.2 Barabanli qozonda pog‘onali bug‘lantirish
Hozirgi vaqtda bug‘ va suvdagi zararli moddalarni kamaytirishning samarador usullaridan biri pog‘onali bug‘lantirishdir. Barabanli qozonda zararli aralashmaning konsentratsiyasi ST.S >SB, shu sababli mineral moddalar aylanish konturida tо‘planadi. Suvda yig‘ilgan aralashmalar qozon barabanidan va pastki kollektorlardan uzluksiz va vaqt-vaqti bilan (davriy) puflab tozalanadi. Barabandagi suv, 0,5-1,5% miqdorda uzluksiz puflanadi.
Pastki kollektorda yig‘ilgan quyqumlar esa qozon tо‘xtatilganda vaqti-vaqti
bilan chiqariladi.Barabanli qozonning bir pog‘onali bug‘lantirish suv rejimi chizmasi
2.4-rasmda kо‘rsatilgan.
Barabanli bug‘ qozonining tuz balansi quyidagi kо‘rinishga ega
Agar tenglamaning о‘ng va chap qismi bug‘ sarfi Д ga bо‘linsa va DB / D= r
(puflangan qism) bilan belgilansa, tuz balansi quyidagicha о‘zgaradi:
Lekin SB=SТS , shuning uchun tenglamadagi qozon suvining zararli moddalar konsentratsiyasi quyidagi formuladan aniqlanadi:
Bu formulada SB=0 ga teng va agar puflangan qism r = 0,01 ga (1%) teng deb qabul qilinsa
Bu tenglama qozon suvidagi tuzlar konsentratsiyasi ta’minlash suviga nisbatan 101 marta kо‘p bо‘lishini kо‘rsatadi.
2.4- rasm. Bir pog‘onali bug‘lantirish chizmasi:
1 - qozon barabani; 2 - pastki kollektor; 3 - tushuvchi quvur; 4 – bug‘lantirish sirtlari; 5 - ta’minlash suvining kelishi; 6 - sirkulyatsiya konturidan bir qism suvni chiqarish (puflash); 7 - tо‘yingan bug‘ning chiqishi; r - puflangan suv qismi; db - tо‘yingan bug‘ qismi.
Kо‘rib chiqilgan pog‘onali bug‘lanishga nisbatan kо‘p pog‘onali bug‘lantirish chizmalarining samaradorligi kо‘proqdir.
Ikki pog‘onali bug‘lantirish chizmasida baraban hajmi devorcha bilan
ikki qismga bо‘linadi.
2.5 - rasm. Ikki pog‘onali bug‘lantirish chizmasi
nI, nII - birinchi va ikkinchi bug‘lantirish pog‘onalarining bug‘ ishlab chiqarishi
Har bir bо‘linma о‘zining alohida aylanish suv konturiga ulangan. Ikki bо‘linmadagi suv hajmi bir-biri bilan faqat devorchaning teshigi orqali bog‘langan. Ta’minlash suvi birinchi (katta) bо‘linmaga beriladi, puflanish suvi esa, ikkinchi (kichik) bо‘linma orqali tashqariga chiqarib tashlanadi.
Agar birinchi pog‘onaning bug‘lanish quvvati 80% va ikkinchisiniki 20% ga teng bо‘lsa va puflanish qismini r=1% deb qabul qilinsa, birinchi va ikkinchi pog‘onadagi qozon suvining zararli moddalar konsentratsiyalarini aniqlash
mumkin:
birinchi bug‘lanish pog‘onada
Ushbu misoldan kо‘rinib turibdiki, 80% bug‘ kam tuzli suvdan hosil bо‘ladi, shuning uchun bir pog‘onali bug‘lantirish chizmasiga nisbatan, ikki pog‘onali bug‘lantirish chizmasiga hosil qilingan bug‘ning sifati yuqoriroq bо‘ladi. Shunday qilib, bug‘lantirish pog‘onalari qancha kо‘p bо‘lsa, shunchalik bug‘ samarali tozalanadi. Hozirgi vaqtda qozonlarda asosan ikki, uch pog‘onali bug‘lantirish chizmasi ishlatiladi.
Agar ta’minot suvi tarkibida mineral moddalar miqdori katta bо‘lsa, unda uch pog‘onali bug‘lantirish chizmasi ishlatiladi (2.5 rasm). Bu chizmada ifloslangan suv tashqarida о‘rnatilgan siklon orqali puflanadi. Siklonning diametri 250-400 mm, balandligi esa 3,5-4,5 m.
|
| |