|
- rasm. Bug‘ о‘taqizdirgichlarning kompanovkasi
|
bet | 11/13 | Sana | 27.09.2024 | Hajmi | 9,58 Mb. | | #272658 |
Bog'liq bug\' qozonini rostlash3.1- rasm. Bug‘ о‘taqizdirgichlarning kompanovkasi:
a - P = 4 MPa, t= 440 0S; b -P = 10 MPa, t= 440 0S; c -P = 14 MPa, t= 545/545 0S;
d - P = 25,5 MPa, t= 545/545 0S
1 - konvektiv bug‘ о‘taqizdirgich; 2 - pardali о‘taqizdirgich; 3 - shipdagi radiatsion о‘taqizdirgich; 4 - oraliq о‘taqizdirgich; 5 - о‘txona ekrani; 6 - feston; 7 - ekran quvurlari .
Bug‘ qizdirgichlar bug‘ni quritish va uni berilgan temperaturagacha qizdirish uchun mo‘ljallangan. Qozon agregatida joylashuviga ko‘ra bug‘ qizdirgichlar radiatsion, konvektiv va aralash xillariga bo‘linadi. Bug‘ qizdirgich 30-40 mm li quvurlardan tayyorlanib, kollektorlarga payvandlangan parallel ishlaydigan bir qancha bukilgan quvurlardan iborat.
Ular gorizontal yoki ko‘pincha vertikal joylashtiriladi. Bug‘ va tutun gazlari
oqimlarining yo‘nalishiga qarab bug‘ qizdirgichlar qarshi oqimli, to‘g‘ri oqimli va kombinatsiyalashgan xillarga bo‘linadi (3.2-rasm). Qarshi oqimli bug‘ qizdirgichlarda bug‘ quvurlarining birinchi (bug‘ yo‘li bo‘ylab) o‘ramiga kirib qiziy boshlaydi. U ohirgi o‘ramlarda deyarli oxirgi qizish temperaturasigacha qiziydi. Bu vaqtda quvurlarning tashqi sirti tutun gazlarining eng qaynoq oqimlari bilan yuvilib turadi. Shunday qilib qarshi oqimli bug‘ qizdirgichning isish sirtidan eng ko‘p darajada foydalaniladi.
To‘g‘ri oqimli bug‘ qizdirgichlarda quvurlarning birinchi o‘ramlari (bug‘ning
yo‘li bo‘ylab) eng issiq tutun gazlari bilan yuviladi. Bunda tutun gazlarining
temperaturasi asta sekin pasayadi, bug‘ning temperaturasi esa ko‘tariladi.
Buning natijasida gaz bilan bug‘ning temperaturasi dastlab bir-biridan katta
farq qiladi. Oxirida esa bu farq juda kichik bo‘ladi.
3.2-rasm. Vertikal-konvektiv bug‘ qizdirgichlar sxemasi.
Agar bunda bug‘ qizdirgichga nam bug‘ kiradigan bo‘lsa, u holda namlik bug‘langanda bug‘ tarkibidagi tuzlar quvurlarning gazlar juda kuchli qizdiradigan qismlariga o‘tirib qoladi, bu bug‘ qizdirgich quvurlarining ortiqcha qizib ketishiga olib keladi . Kombinatsiyalashgan bug‘ qizdirgichlar hozir eng ko‘p qo‘llanilib kelinmoqda. Bunday bug‘ qizdirgichlarining bir qismi qozon agregatining radiatsion qismida, qolgan qismi konvektiv qismida joylashgan. Radiatsion qism o‘txonaning jadal yonish sohasining yuqori qismiga joylashtiriladi va issiqlikni nurlanish va konvektsiya tufayli o‘ziga oladi. Past va o‘rta bosimli qozon agregatlarida asosan konvektiv bug‘ qizdirgichlar qo‘llaniladi. Bug‘ qizdirgich quvurlari og‘ir issiqlik sharoitida ishlaydi.
|
| |