• Qo’llaniladigan vositalar
  • §.2.3. Chiziqli tengsizliklar sistemasi mavzusini o’qitish metodikasi




    Download 36,01 Kb.
    bet7/8
    Sana07.01.2024
    Hajmi36,01 Kb.
    #131470
    1   2   3   4   5   6   7   8
    Bog'liq
    Mundarija kirish i-bob. Umumta’lim maktablarida tengsizlik tushu-fayllar.org

    §.2.3. Chiziqli tengsizliklar sistemasi mavzusini o’qitish metodikasi.
    Mavzuni o’qitishning maqsadi:
    1. O’qituvchilarning chiziqli tengsizliklar sistemasi to’grisidagi bilimlarini faollashtirish.
    2. Umumta’lim maktablarda chiziqli tengsizliklar sistemasi mavzusini o’qitishning o’rni, maqsadi va ahamiyati va vazifalarini aniqlash.
    3. « Chiziqli tengsizliklar sistemasi »ning bir qator fanlarni o’qitishda muhim vosita va omil ekanligini ko’rsatish.
    4. Chiziqli tengsizliklar sistemasi qo’llash usulining matematikani o’qitishdagi imkoniyatlarini qarab chiqish.
    Qo’llaniladigan vositalar: “Tengsizlik”, “Tengsizlikning yechimi”, “Yechimning son o’qidagi tasviri ”, “Chiziqli tengsizliklar sistemasi”ga oid kompyuter slaidlai;
    Foydalanilgan texnologiyalar: “Ko’rgazmali-illyustrativ”, “Muammoli ta’lim
    texnologiyalari”;
    Asosiy mazmuni
    Qo’yilgan maqsadga erishish uchun quyidagi metodik muammolarni hal etish
    lozim:
    1. « Chiziqli tengsizliklar sistemasi » metodining asosiy mazmunini aniqlash.
    2. “Chiziqli tengsizliklar sistemasi” mavzusini (metodini) umumta’lim maktablarida o’qitishning maqsad va vazifalarini aniqlash.
    3. Ushbu mavzuni o’qitish davomida o’quvchilar egallashlari lozim bo’lgan
    bilim, ko’nikma va malakalarni aniqlash.
    4. Ushbu mavzuni o’qitish davomida egallanadigan asosiy va qo’shimcha
    materiyallarning mazmunini va o’rganish darajasini aniqlashtirish.
    I. Umumta’lim maktablarida “Chiziqli tengsizliklar sistemasi”
    mavzusini o’qitish asosiy vazifasi o’quvchilarni matematik analizning shu mavzuga oid asosiy tushunchalari bilan tanishtirish va o’quvchilarda DTS talablari asosida boshqa amaliy-tadqiqot mazmunli masalalarni yechish ko’nikmalarini shakllantirishdan iborat.
    Matematik analizning ushbu metodlarini to’liq tushunib olmasdan turib, tabiiy fanlarda, texnikada va ilmiy-ommabop adabiyotlardagi materiyallarning mazmunini tushunib, anglab olishning imkoniyati yo’q.
    II. Chiziqli tengsizliklar sistemasi mohiyatini anglab olgandan keyin, etibor
    mavzuni o’qitishning ta’limiy, rivojlantiruvchi va tarbiyaviy maqsadlariga qaratilishi kerak bo’ldi:
    1. O’quvchilarning tengsizliklar haqidagi bilimlarini takrorlash, umumlashtirish va
    sistemalashtirish lozim.
    2. O’quvchilarni sonly oraliqlar bilan tanishtirish.
    3. Sonli oraliqlarni amaliy masalalar yechishga ko’llanilishini ko’rsatish.
    4. O’quvchilarga chiziqli tengsizliklar sistemasi – tabiat qonunlarini
    o’rganishda qudratli apparat, vosita ekanligini tushuntirish va uning amaliyotdagi
    tadbiqlarini ko’rsatish.
    5. Ushbu metodning o’quvchilar ilmiy dunyoqarashini shakllantirishdagi
    imkoniyatlarini aniqlash va ko’rsatish.
    Yuqorida keltirilgan maqsad va vazifalarga erishish mumkun, buning uchun
    pedagog matematikadan o’quv dasturining zarur bo’limlarini va DTS talablarini
    mustaqil tahlil qilib chiqishi kerak.
    III. Matematikadan umumta’lim maktablar darsliklari, o’quv qo’llanmalarini o’rganib tahlil qilish quyidagi savollarga to’liq va to’g’ri javob berishga imkon beradi.

    Download 36,01 Kb.
    1   2   3   4   5   6   7   8




    Download 36,01 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    §.2.3. Chiziqli tengsizliklar sistemasi mavzusini o’qitish metodikasi

    Download 36,01 Kb.